O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi davlat umumta’lim maktablarida 2021/2022-o‘quv yilining dastlabki kunida o‘tkaziladigan “Mustaqillik darsi”dan o‘rin olgan mavzularni o‘qitishda foydalanish tavsiya etilayotgan tezislar


Download 48.97 Kb.
bet1/3
Sana19.07.2023
Hajmi48.97 Kb.
#1661063
  1   2   3
Bog'liq
2 5285192686360333827




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

Davlat umumta’lim maktablarida 2021/2022-o‘quv yilining dastlabki kunida o‘tkaziladigan “Mustaqillik darsi”dan o‘rin olgan mavzularni o‘qitishda foydalanish
tavsiya etilayotgan
TEZISLAR


(davlat umumta’lim maktablarining pedagoglariga mo‘ljallangan)


1-mavzu
Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar
va imkoniyatlar
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu nomli xalqaro konferensiyadagi nutqi asosida)

- Qadimdan bir-biri bilan ilm-fan, savdo-sotiq va madaniyat borasida do‘stona munosabatda bo‘lib kelgan Markaziy va Janubiy Osiyo xalqlari bugungi kunda Buyuk ipak yo‘li va boshqa yo‘llar orqali do‘stona va yaqin qo‘shnichilik aloqalarini qaytadan tiklamoqda.


So‘nggi besh yilda O‘zbekiston hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida barcha darajalardagi aloqalar jadallashgani tufayli o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlashning yangi siyosiy muhiti shakllandi. Bu esa, avvalo savdo, sanoat, investitsiya, energetika, transport va tranzit, suvdan foydalanish, ta’lim, xavfsizlik, ekologiya, mintaqa aholisining ijtimoiy muhiti va turmush sharoiti sifatini yaxshilash borasida umumhududiy rivojlanishning dolzarb masalalarini samarali, birgalikda hal etish imkonini bermoqda.
- Markaziy Osiyo mintaqasida – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston
va Turkmaniston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yutug‘idir.
- O‘zbekiston Janubiy Osiyo mintaqasida joylashgan Hindiston va Pokiston kabi qator davlatlar bilan faol tashqi siyosat olib bormoqda. O‘zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari o‘sib, 2020-yil yakunlari bo‘yicha tashqi savdo hajmi 1,38 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasi yillik o‘rtacha
50 foizdan ko‘proqqa o‘sib, global pandemiya sharoitiga qaramay 5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.
- O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlarni teng huquqli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, davlatimizning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish borasidagi tashabbuslari nafaqat O‘zbekistonning savdo va iqtisodiy salohiyati oshishiga balki butun bir mintaqa davlatlari rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
- 2021 yilning 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Anjumanda Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarining tashqi ishlar vazirlari, jami 44 ta mamlakat va 30 ga yaqin xalqaro tashkilot delegatsiyalari, nufuzli xorijiy ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlari rahbarlari ishtirok etgan xalqaro konferensiyada mamlakatimiz tomonidan o‘ndan ortiq Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport, gumanitar, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi.
Konferesiyada mintaqaviy bog‘liqlikni yanada mustahkamlash doirasida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama etildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev konferensiyada so‘zlagan nutqida:
savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va o‘zaro sarmoyalarni ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaxshilash;
Markaziy va Janubiy Osiyoda zamonaviy, samarador va xavfsiz transport-logistika infratuzilmasini yaratish. Bunda “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘l tarmog‘i mintaqalarimiz o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik arxitekturasining asosiy bo‘g‘iniga aylanishi lozimligi;
2 milliarddan ziyod odam yashayotgan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi faol va ochiq muloqot madaniy-sivilizatsion salohiyatimizni to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun beqiyos imkoniyatlar yaratishi;
Markaziy va Janubiy Osiyoning turizm salohiyatidan keng foydalanish maqsadida turoperatorlarning yagona platformasini shakllantirish, Jahon sayyohlik tashkiloti ishtirokida mintaqada turizmni yanada rivojlantirish;
ilm-fan, texnologiya va innovatsiya sohalaridagi hamkorlikda qo‘shma tadqiqot va tajriba almashish dasturlarini rag‘batlantirish, olim va tadqiqotchilar uchun yengillashtirilgan viza tartibini joriy qilish;
Ilmiy va madaniy-gumanitar almashinuvlarni ko‘paytirish yo‘nalishida YuNESKO shafeligida Termiz shahrida Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazish;
Afg‘on zaminida ko‘pdan buyon kutilayotgan tinchlikka erishish uchun mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal etish va bu jarayon xalqaro hamjamiyat tomonidan har taraflama qo‘llab-quvvatlanishi prinsipial muhim ahamiyatga ega ekanligi;
mintaqada joylashgan davlatlar terrorizm, ekstremizm, transmilliy, xususan, kibermakondagi jinoyatchilikka qarshi faqat birgalikda samarali kurash olib borishi mumkinligi;
istiqbolli raqamli platformalarni joriy etishni Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarini iqtisodiy rivojlantirishning lokomotiviga aylantirish;
ikki mintaqa hududida hamkorlikda “Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishni rag‘batlantirish va ekologiya masalalarga alohida e’tibor qaratish;
butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi ham dolzarb masala bo‘lib borayotganligi bois, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti shafeligida mintaqa mamlakatlari qishloq xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvini o‘tkazib, qo‘shma dastur ishlab chiqish kabi muhim tashabbuslarga to‘xtalib o‘tdi.

Download 48.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling