O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi farg`ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi furqat tumani xalq ta’limi bo`limi


Download 77 Kb.
bet4/4
Sana24.12.2022
Hajmi77 Kb.
#1061427
1   2   3   4
Bog'liq
dars ishlanma Ergashgan qo`shma gaplarning sodda gap bilan ma\'nodoshligi

IV. Mustahkamlash
Mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan birgalikda darslikda berilgan mashqlar bajariladi.
123- mashq o`quvchilar tomonidan “Kim tez va to`g`ri bajaradi?” o`yini asosida bajariladi. Bunda o`quvchilar mustaqil tarzda mashqlar daftarlariga gaplarni ko`chirib, ergash gapni bosh gap tarkibidagi ko`rsatish olmoshi o`rniga qo`yib, qo`shma gapni sodda gapga aylantiradilar.
Masalan: Kim ko`p bilsa, u kamgap bo`ladi. (Shuhrat) // Ko`p bilgan kamgap bo`ladi.
125-126- mashqlar shartiga ko`ra o`quvchilar berilgan ergashgan qo`shma gaplarni o`qib, sodda gapga aylantiradilar, shu asnoda qanday o`zgarishlar qilganini aytadilar.
Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi. (Abdulla Qahhor) // Haqiqat pardoz uning husnini buzadigan jondir.
Guruhlararo “Kim bilimdon? “ musobaqasi o`tkaziladi. Bunda o`quvchilar berilgan savollarga tez va to`g`ri javob berishlari kerak bo`ladi.

  1. Qanday ergashgan qo`shma gaplar sodda gap bilan ma’nodosh bo`lishi mumkin?

  2. Ergash gapli qo`shma gap qanday qilib sodda gapga aylantiriladi?

  3. Kim mehnatni sevsa, uning qadri baland bo`ladi – gapini sodda gapga aylantiring.

  4. Sen bu ishni uddalashingga ishonaman – gapini ergashgan qo`shma gap tarzida ifodalang.

V. O`quvchilar bilimini baholash.
Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlanriladi va baholanadi.
VI.Uyga vazifa.
1. Mavzuni o`qib, o`rganib kelish.
2. 127- mashqni shartiga ko`ra bajarib kelish.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov. Ona tili (umumiy o`rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik) –Toshkent: “Tasvir” nashriyot uyi 2019, 58-59-b.

  2. M. Hamrayev. “Ona tili fanidan yaxlit o`quv-didaktik majmua”. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati.Toshkent- 2014. 242-b.

  3. N. Erkaboyeva. “O`zbek tilidan ma’ruzalar to`plami”. “Yosh kuch”. Toshkent-2019. 385-386-b.

Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling