O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi farg`ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi furqat tumani xalq ta’limi bo`limi
Mavzu: Ergashgan qo`shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi Darsning maqsadi
Download 77 Kb.
|
dars ishlanma Ergashgan qo`shma gaplarning sodda gap bilan ma\'nodoshligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi
- I. Tashkiliy qism.
- III. Yangi mavzuni o`rganish.
Mavzu: Ergashgan qo`shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi
Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: o`quvchilarga ergashgan qo`shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi haqida bilim berish, o`zlashtirilgan sintaktik birliklarni gap tarkibida to`gri va o`rinli qo`llay olishga o`rgatish; b) tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo`lish ruhida tarbiyalash; d) rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan , qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirish. Dars turi: yangi bilim berish Dars metodi: “Aqliy hujum”, ”Guruhlarda ishlash”, tushuntirish-namoyish etish,”Klaster” metodi, “Kim bilimdon va chaqqon?”o`yini. Dars jihozi: “Ergashgan qo`shma gaplar” nomli ko`rgazma, mavzuga oid slaydlar, badiiy asarlardan namunalar, 9-sinf ona tili darsligi, tarqatmalar. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. a) salomlashish; b) davomatni aniqlash; c) ma’naviyat daqiqasi: “5 ta muhim tashabbus – 5 imkoniyat” mavzusida suhbat o`tkazish. II. O`tilgan mavzuni so`rash. 1. Uy vazifasi nazorati 2. Mavzu asosida tayyorlangan tarqatma materiallarni tarqatish. 1. Qanday gaplar ergashgan qo`shma gaplar deb yuritiladi? 2. Ergashgan qo`shma gaplar tarkibi qanday gaplardan iborat? 3. Qanday gapni bosh gap, qanday gapni ergash gap deb yuritamiz? 4. Ergash gapni bosh gapga bog`lovchi vositalar qaysilar? 5. Dangasa bahona izlaydi, chunki mehnat unga yoqmaydi. Ushbu gapdagi bosh va ergash gaplarni, ularni bog`lovchi vositani va ifodalangan mazmunning ma’nosini aniqlang. 6. Yuqoridagi gapning chizmasini ko`rsating. III. Yangi mavzuni o`rganish. Dastlab darslikdagi 1-, 2- topshiriqlar asosida tayyorlangan slaydlar namoyish etiladi. O`quvchilarga “Aqliy hujum” sifatida mazkur gaplarni qiyoslash, ular o`rtasidagi o`xshash va farqli jihatlarni aniqlash topshiriladi. Shuni sezdimki, oila a’zolari bir-biri bilan juda ittifoq ekan. // Oila a’zolari bir- biri bilan juda ittifoq ekanini sezdim. Kim oldin musht ko`tarsa, u ojiz bo`ladi. // Oldin musht ko`targan ojiz bo`ladi. Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o`shaniki bo`ladi.// Yutuq chaqqon va tez harakat qilganniki bo`ladi. Yaxshi odatingiz shuki, barvaqt turasiz.// Yaxshi odatingiz barvaqt turishingizdir. Shundan so`ng mavzu haqidagi ma’lumot videoproyektor orqali namoyish etiladi. Tarkibida ko`rsatish olmoshi mavjud bo`lgan ergashgan qo`shma gaplar tegishli sodda gaplar bilan ma’nodosh bo`la oladi. Kimki samimiy va pokdil bo`lsa, uning ishlari o`ngidan kelaveradi. // Samimiy va pokdil kishining ishlari o`ngidan kelaveradi. Qayerda ahillik bo`lsa, o`sha yerda yutuq bor. // Ahillik bor yerda yutuq bor. Shunday ish qilingki, pushaymonlik keltirmasin. // Pushaymonlik keltirmaydigan ish qiling. Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo`tabar bo`lsin.(Oybek) // Biz butun el qoshida manzur va mo`tabar bo`ladigan kutubxona bino qilaylik. Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko`rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo`lagi o`rniga qo`yish orqali sodda gapga aylantirish mumkin. Masalan: Download 77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling