O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi farg`ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi furqat tumani xalq ta’limi bo`limi


Mavzu: Ergashgan qo`shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi Darsning maqsadi


Download 77 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi77 Kb.
#1061427
1   2   3   4
Bog'liq
dars ishlanma Ergashgan qo`shma gaplarning sodda gap bilan ma\'nodoshligi

Mavzu: Ergashgan qo`shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o`quvchilarga ergashgan qo`shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi haqida bilim berish, o`zlashtirilgan sintaktik birliklarni gap tarkibida to`gri va o`rinli qo`llay olishga o`rgatish;
b) tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo`lish ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan , qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirish.
Dars turi: yangi bilim berish
Dars metodi: “Aqliy hujum”, ”Guruhlarda ishlash”, tushuntirish-namoyish etish,”Klaster” metodi, “Kim bilimdon va chaqqon?”o`yini.
Dars jihozi: “Ergashgan qo`shma gaplar” nomli ko`rgazma, mavzuga oid slaydlar, badiiy asarlardan namunalar, 9-sinf ona tili darsligi, tarqatmalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
c) ma’naviyat daqiqasi: “5 ta muhim tashabbus – 5 imkoniyat” mavzusida suhbat o`tkazish.
II. O`tilgan mavzuni so`rash.
1. Uy vazifasi nazorati
2. Mavzu asosida tayyorlangan tarqatma materiallarni tarqatish.
1. Qanday gaplar ergashgan qo`shma gaplar deb yuritiladi?
2. Ergashgan qo`shma gaplar tarkibi qanday gaplardan iborat?
3. Qanday gapni bosh gap, qanday gapni ergash gap deb yuritamiz?
4. Ergash gapni bosh gapga bog`lovchi vositalar qaysilar?
5. Dangasa bahona izlaydi, chunki mehnat unga yoqmaydi. Ushbu gapdagi bosh va ergash gaplarni, ularni bog`lovchi vositani va ifodalangan mazmunning ma’nosini aniqlang.
6. Yuqoridagi gapning chizmasini ko`rsating.
III. Yangi mavzuni o`rganish.
Dastlab darslikdagi 1-, 2- topshiriqlar asosida tayyorlangan slaydlar namoyish etiladi. O`quvchilarga “Aqliy hujum” sifatida mazkur gaplarni qiyoslash, ular o`rtasidagi o`xshash va farqli jihatlarni aniqlash topshiriladi.

  1. Shuni sezdimki, oila a’zolari bir-biri bilan juda ittifoq ekan. // Oila a’zolari bir- biri bilan juda ittifoq ekanini sezdim.

  2. Kim oldin musht ko`tarsa, u ojiz bo`ladi. // Oldin musht ko`targan ojiz bo`ladi.

  3. Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o`shaniki bo`ladi.// Yutuq chaqqon va tez harakat qilganniki bo`ladi.

  4. Yaxshi odatingiz shuki, barvaqt turasiz.// Yaxshi odatingiz barvaqt turishingizdir.

Shundan so`ng mavzu haqidagi ma’lumot videoproyektor orqali namoyish etiladi.
Tarkibida ko`rsatish olmoshi mavjud bo`lgan ergashgan qo`shma gaplar tegishli sodda gaplar bilan ma’nodosh bo`la oladi.

  1. Kimki samimiy va pokdil bo`lsa, uning ishlari o`ngidan kelaveradi. // Samimiy va pokdil kishining ishlari o`ngidan kelaveradi.

  2. Qayerda ahillik bo`lsa, o`sha yerda yutuq bor. // Ahillik bor yerda yutuq bor.

  3. Shunday ish qilingki, pushaymonlik keltirmasin. // Pushaymonlik keltirmaydigan ish qiling.

  4. Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo`tabar bo`lsin.(Oybek) // Biz butun el qoshida manzur va mo`tabar bo`ladigan kutubxona bino qilaylik.

Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko`rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo`lagi o`rniga qo`yish orqali sodda gapga aylantirish mumkin. Masalan:

Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling