O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi farg`ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi furqat tumani xalq ta’limi bo`limi


Download 77 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi77 Kb.
#1061427
1   2   3   4
Bog'liq
dars ishlanma Ergashgan qo`shma gaplarning sodda gap bilan ma\'nodoshligi

Kim ko`p o`qisa, u ko`p biladi –ergashgan qo`shma gap tarkibida
Kim ko`p o`qisa – ergash gap, U ko`p biladi – bosh gap. Ergash gapni bosh gap tarkibidagi ega vazifasida qo`llanayotgan tegishli ko`rsatish olmoshi (u) ning o`rnida ega sifatida qo`llaganimda, Ko`p o`qigan ko`p biladitarzidagi sodda gap hosil bo`ladi. Shuningdek, Shuni bilingki, torga tor dunyo, kengga keng dunyo. // Dunyoning torga tor, kengga keng ekanligini biling. Ushbu gap tarkibida ko`rsatish olmoshi (shuni) to`ldiruvchi vazifasida kelayotganligi uchun ergash gapni shu vazifada qo`llab, sodda gap holida qo`llay olamiz. Ajablablanarli yeri shundaki, tor ko`ngil daladan panoh izlamoqda edi. (T. Malik) // Ajablanarli yeri tor ko`ngilning daladan panoh izlashidadir. Bu gapda kesim vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshi o`rniga ergash gap kesim vazifasida shakllantirildi va natijada qo`shma gap sodda gapga aylandi.
Demak, havola bo`lakli qo`shma gaplarni sodda gapga aylantirish mumkin, chunki qo`shma gapning ergash gap qismi bosh gap tarkibidagi ko`rsatish olmoshining umumiy mavhum ma’nosini konkretlashtirish, izohlash vazifasini bajaradi. Shuning uchun ergash gapni bosh gap tarkibidagi ko`rsatish olmoshi o`rniga qo`yish mumkin bo`ladi. Natijada ergash gap bosh gap tarkibidagi ko`rsatish olmoshi bajargan gap bo`lagi vazifasini bajaradi. Qo`shma gap esa sodda gapga aylanadi.






So`ngra o`quvchilar guruhlarga bo`linadilar:


1-guruh – “Donolar” ” guruhi;
2- guruh – “Zukkolar” guruhi.
Bunda 1- guruh tomonidan keltirilgan ergashgan qo`shma gaplarni 2- guruh o`quvchilari yuqoridagi usul orqali sodda gapga aylantiradilar.

  • “Donolar” – Kim ezgulikka intilsa, u maqsadiga yetadi.

“Zukkolar” – Ezgulikka intilgan maqsadiga yetadi.

“Zukkolar” – Testni bir daqiqada yechgan 5 ball oladi.

  • “Donolar” – Shunisi ayonki, kitobsiz inson hayoti bo`m-bo`sh.

“Zukkolar” – Kitobsiz inson hayoti bo`m-bo`sh ekanligi ayon.
O`yin shu tariqa davom etishi va guruhlar ishlari almashtirilishi mumkin.

Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling