O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet27/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

25-mashg’ulot
Mavzu: O’yinchoq "Avtobus" bilan tanishtirish
Maqsad: Bolalarga o’yinchok avtobus hakida tushuncha berish va ularning nutkiga "avtobus" so’zini kiritish, tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish.
Kutilayotgan natija: Bolalarda avtobus haqida tushuncha hosil qilinadi.
Kerakli jihoz: Avtobus surati. O’yinchoq avtobus.
Mashg’ulotning borishi. Tarbiyachi: bolajonlar, mana bu suratda nimani ko’ryapsizlar? Bolalarning javobi.
Tarbiyachi: To’g’ri, bu avtobus. Avtobus ichida kimlar bor? Bolalarning javobi.
Tarbiyachi: To’g’ri, avtobus ichida odamlar bor, ularni biz yo’lovchilar deymiz. Avtobusni kim boshqarib ketayapti? (Bolalarning javobi)
Tarbiyachi: Avtobusni haydovchi boshqarayapti. Haydovchilar odamlarning uzog’ini yaqin qilib manzillariga olib borib ko’yadi. Hamma yo’lovchilar haydovchilarga rahmat aytadi. Avtobusning rangi kanday? Bolalarning javobi.
Tarbiyachi: to’g’ri, avtobusning rangi ko’k. Avtobusning katta-katta g’ildiraklari bor. (Bolalarning javobi)
Tarbiyachi: Odamlar qayerda o’tirib ketishyapti? To’g’ri, odamlar o’rindiqda o’tirib ketyaptilar.
Tarbiyachi bolalarga o’yinchoq avtobusni ko’rsatadi va so’raydi: "Bolajonlar, bu nima?" (Bolalarning javobi)
Keyin tarbiyachi har xil o’yinchoq mashinalarni stol ustiga terib qo’yadi va ular ichidan avtobusni topib berishni so’raydi.
Tarbiyachi bolalarga o’yinchoq avtobusni yaxshilab ko’rib chiqishni taklif qiladi.
Bolalar avtobusni ko’rib bo’lganlaridan so’ng yana ularga savollar beradi.
Avtobusning eshiklari qani?
Avtobusning g’ildiraklarini ko’rsating.
Avtobusning haydovchisi o’tiradigan joyni ko’rsating.
Avtobusning oynalarini ko’rsating.
Avtobus qanday rangda?
Tarbiyachi: Bolajonlar, avtobusga chiqqanmisiz? (Bolalarning javobi)
Keyin tarbiyachi bolalarga "Avtobusda sayrga chiqamiz" o’yinini o’ynashni taklif qiladi (tarbiyachi bolalarga avtobus va boshqa mashinalar bilan o’yinlar o’ynashni taklif qilishi ham mumkin).
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling