O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet26/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Kerakli jihozlar: «Bolalar baliqni ovqatlantiryaptilar» surati
Mashg’ulotning borishi.
Tarbiyachi bolalarga baliqni kuzatishni taklif etadi. Tarbiyachi bolalarga kuzatish vaqtida akvariumga yaqin bormaslik, devorlariga qo’l tekkizmaslik yoki devorlarini taqillatmaslikni ta’kidlaydi. Bolalarga bunday harakatlar baliqlarni cho’chitib yuborish mumkinligini tushuntiradi.
Tarbiyachi bolalarga baliqni kuzatib, ularning nima qilayotganlari xaqida sekin, past ovozda gapirib berishlarini so’raydi. Tarbiyachi bolalarning javoblarini to’ldiradi va umumlashtiradi. Bolalar nutqini quyidagi so’zlar bilan faollashtirish: oynasi, akvarium, suzyapti, oziqni og’zi bilan yutyapti, baliqning dumi ularga suzishga yordam beradi.
Tarbiyachi baliqlarga oziqa beradi. Bolalar baliqlarning qanday oziqlanishini kuzatadilar. So’ngra bolalar akvariumga orqa o’girib oladilar. Tarbiyachi ularga «Bolalar baliqlarni ovqatlantiryaptilar» nomli suratini ko’rsatadilar va surat asosida so’zlab beradi. So’ngra surat asosida savol javob o’tkazadi.
Bolalar nima qilayapti? (baliqni ovqatlantiryaptilar)
Baliqlar qayerda yashaydilar?
Ular qancha (ko’p)
Baliq qanday ovqatlanyapti?
Tarbiyachi bolalarni javoblarini umumlashtirib suhbatni yakunlaydi. Bolalarga baliqni ovqatlantirishni unutmaslik kerakligi uqtirgan holda suhbatni yakunlaydi.
Tetiklashtiruvchi mashq. «Baliqlar suzyaptilar»
Bolalar doira bo’lib turadilar.
Tarbiyachi: Kelinglar bolalar, hammamiz birgalikda «Baliqlar suvda suzyaptilar» harakatini qo’limiz bilan ko’rsatib beramiz. «Baliqlar suvning ustida suzyaptilar», «Baliqlar suvning tagida suzyaptilar». Bolalar tarbiyachining qo’l harakatini taqlid qiladilar.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
- Akvariumdagi baliqlar haqida kim gapiradi?
-Surat qanday nomlangan?
-Bolalar nima qilayaptilar?
- Baliq qanday ovqatlanyapti?

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling