Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Kim mehmonga keldi?
Bolalar stolga qanday idishlarni qo’ydilar?
3.Bolalar likopchalarga nimalar soldilar?
4. Kim Saida haqida so’zlab beradi?
5. Kim Sanjar haqida so’zlab beradi?
36-mashg’ulot
Mavzu: Ko’rgazmasiz hikoya tuzishga o’rgatish.
Maqsad: Tarbiyachi bilan birgalikda qisqa hikoya tuzish malakasini rivojlantirish.
Vazifalar:
Hikoya mazmunini ko’rgazmasiz tushunish qobiliyatini rivojlantirish.
Hikoyani eshitish malakasini tarbiyalash.
«S» tovushini to’g’ri talaffuz etish.
Ko’rgazmali jihozlar: Quyoncha o’yinchoq, sabzi.
Mashg’ulotning borishi
Tarbiyachi bolalarga qisqa hikoya qiladi. Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Bir quyoncha bor ekan. Bir kuni quyonchani qorni ochib yeyish uchun sabzi qidiribdi. Quyoncha sabzini uzoq qidiribdi. Quyoncha sabzi topolmabdi. Oxiri bolalar oldiga boribdi. Bolalar quyonchaga sabzi berishibdi. Quyoncha sabzini olib bolalarga raxmat aytibdi va mazza qilib sabzini yebdi. Quyoncha sabzini yeb bo’lgach bolalarga sakrab beribdi. Bolalar ham quyonchaga o’xshab sakrashni o’rganib olishibdi. Bolalar qanday sakrabdilar, qani ko’rsatib beringlar-chi. Bolalar sakrayotganda tarbiyachi quyon haqida she’r aytishi mumkin.
Quyoncha
|
H. Rahmat
|
Bola quyon
Chopdi, chopdi,
Bitta joydan
Sabzi topdi.
Voh-yey, voh-yey.
|
O’lja sabzi
–Qizil, asl.
Yesa bormi,
Tanga huzur.
Oh-yey, oh-yey.
|
Bolalar quyonchaga o’xshab sakrayotganlarida tarbiyachi bolalarga «Sekin-sekin»o’yini taklif etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |