O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar


Download 206.48 Kb.
bet39/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

  1. Kim mehmonga keldi?

  2. Bolalar stolga qanday idishlarni qo’ydilar?

3.Bolalar likopchalarga nimalar soldilar?
4. Kim Saida haqida so’zlab beradi?
5. Kim Sanjar haqida so’zlab beradi?


36-mashg’ulot
Mavzu: Ko’rgazmasiz hikoya tuzishga o’rgatish.
Maqsad: Tarbiyachi bilan birgalikda qisqa hikoya tuzish malakasini rivojlantirish.
Vazifalar:

  • Hikoya mazmunini ko’rgazmasiz tushunish qobiliyatini rivojlantirish.

  • Hikoyani eshitish malakasini tarbiyalash.

  • «S» tovushini to’g’ri talaffuz etish.

Ko’rgazmali jihozlar: Quyoncha o’yinchoq, sabzi.
Mashg’ulotning borishi
Tarbiyachi bolalarga qisqa hikoya qiladi. Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Bir quyoncha bor ekan. Bir kuni quyonchani qorni ochib yeyish uchun sabzi qidiribdi. Quyoncha sabzini uzoq qidiribdi. Quyoncha sabzi topolmabdi. Oxiri bolalar oldiga boribdi. Bolalar quyonchaga sabzi berishibdi. Quyoncha sabzini olib bolalarga raxmat aytibdi va mazza qilib sabzini yebdi. Quyoncha sabzini yeb bo’lgach bolalarga sakrab beribdi. Bolalar ham quyonchaga o’xshab sakrashni o’rganib olishibdi. Bolalar qanday sakrabdilar, qani ko’rsatib beringlar-chi. Bolalar sakrayotganda tarbiyachi quyon haqida she’r aytishi mumkin.



Quyoncha

H. Rahmat

Bola quyon
Chopdi, chopdi,
Bitta joydan
Sabzi topdi.
Voh-yey, voh-yey.

O’lja sabzi
–Qizil, asl.
Yesa bormi,
Tanga huzur.
Oh-yey, oh-yey.



Bolalar quyonchaga o’xshab sakrayotganlarida tarbiyachi bolalarga «Sekin-sekin»o’yini taklif etishi mumkin.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling