O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar


Download 206.48 Kb.
bet34/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Bolajonlar, bugun biz nimalar haqida gaplashdik?
Sabzi qanday rangda?
Sizga qaysi sabzavot yoqadi?
Tarbiyachi mashg’ulot davomida va yakunida bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.


31-mashg’ulot
Mavzu: Tarbiyachi bilan birgalikda «Bo’ri va echki bolalari» ertagini qayta hikoya qilish.
Maqsad: Bolalarni ertakni (tarbiyachining savollari va kitobdagi rasmlar yordamida, keyinchalik mustaqil) qayta hikoya qilishga o’rgatish .
«S» tovushini (alohida va so’zda) to’g’ri va aniq talaffuz etishga o’rgatish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar ertakni qayta hikoya qilishga o’rganadilar.
Kerakli jihozlar: «Bo’ri va echki bolalari» ertagiga doir stol teatri. Suratlar: sandiq, kosa, somsa, soat, atlas.
Mashg’ulotning borishi
Tarbiyachi bolalarga «Bo’ri va echki bolalari» ertagini so’zlab beradi. Keyin so’raydi: «Echki o’rmonga nima uchun ketar ekan? (Barra o’tlarni yemoq, tiniq suvlarni ichmoq uchun). Bolalari – echkichalar nima qilishar ekan? (uyning eshigini mahkam yopib olishar, o’zlari hyech qayoqqa chiqishmas ekan). Echki uyiga qaytib kelganda qanday qo’shiq aytar ekan? (tarbiyachi echki qo’shig’ini yana bir marta eslatadi).
Echkining qo’shig’ini kim eshitib qoldi? (bo’ri). U qo’shiqni qanday ovoz bilan aytdi? (yo’g’on, juda yo’g’on ovozda). Echkichalar bo’rini uylariga kiritishdimi? (yo’q). Ona echki uyiga qaytib kelganda nima dedi? (birov yo’g’on ovoz bilan qo’shiq aytsa eshikni ochmanglar, uyga kiritmanglar).
Tarbiyachi ertakni yana bir marta hikoya qilib beradi. Stol teatridan foydalanib, bolalarga bu ertakni o’ynashni tavsiya etadi.
«Echkilarni boq» o’yini. Tarbiyachi cho’pon bo’ladi. Bolalar esa echkilar. Bolalar o’tloqda sayr qilib yurishadi. Echkilar o’tloqdan «molxonaga» kelishganda «meye-meye»deb me’raydilar. Ular ovqat so’rashadi. Tarbiyachi bolalarga bittadan olma yoki sabzi beradi.
Tarbiyachi quyidagi so’z o’yinlarini aytadi, bolalar esa birgalikda va yakka-yakka takrorlaydilar: «sa-sa-sa», «ariqdan sakra», «sa-sa-sa» «men yedim somsa».
Tarbiyachi bolalarga suratlarni navbat bilan ko’rsatadi va «kosa, sandiq, savat» so’zlarida «S» tovushini ajratib, ikki martadan talaffuz qiladi. «Bu so’zlardagi «S» tovushini ajratib aytishni so’raydi. Bolalardan «kosa, sandiq, savat» so’zlari so’zlarini yana bir bor takrorlashni taklif qiladi (3-4 bola takrorlaydi).
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling