O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Vazifa. Bolalarni she’rdagi notanish so’zlar: olamga, xonaga kabi so’zlar bilan tanishtirish. Kutiladigan natija


Download 206.48 Kb.
bet31/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Vazifa. Bolalarni she’rdagi notanish so’zlar: olamga, xonaga kabi so’zlar bilan tanishtirish.
Kutiladigan natija: Bolalarni she’rni tinglab birga kayta aytib berishga o’rganadilar.
Kerakli jihozlar: oyna, quyosh rasmi.
Mashg’ulotdan oldin qilinadigan ishlar: Tarbiyachi bolalar diqqatini nonushta vaqtida bir necha bor quyoshning xonaga nurini sochayotgan daqiqalariga e’tiborini qaratadi.
Mashg’ulotning borishi. Tarbiyachi bolalar diqqatini quyoshning xonaga nur taratayotganiga qaratadi yoki quyoshning rasmini ko’rsatadi. Bolalar, bu nima? (Quyosh) Hozir men sizga quyosh xaqida she’r o’qib beraman. Tarbiyachi sherni ifodali qilib o’qib beradi.
Oftob chiqdi olamga,
Derazadan kirdi xonamga.
Silab isitdi yuzimni
Qizdirib ochdi ko’zimni.
O’rnimdan turg’azdi o’zimni.
She’r sizga yoqdimi?
Oftob chiqqanda nima qilar ekan?(isitar ekan, o’rnimizdan turg’azar ekan)
Quyosh haqida kim she’r aytib beradi?
O’yin «Quyosh quyonchalari»
Maqsad: Bolalarda tabiat hodisalarga nisbatan quvnoq kayfiyat uyg’otish.
O’yinning borishi: Tarbiyachi bolalarni stulchalarga o’tkazadi. Bolalar e’tiborini xona derazasidan nur sochayotgan quyoshga qaratadi va bolalarga «Kelinglar bolalar quyoshni chaqiramiz» deb aytadi. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda «Quyoshjon, quyoshjon derazadan qarayqol» deyishadi.
Tarbiyachi oldindan tayyorlab qo’ygan oynani olib quyosh nurini tutishga harakat qiladi. Tarbiyachi quyosh nurini devorga bolaning bo’yiga mos balandlikda yo’naltiradi. Bolalar devordagi quyosh quyonchalarini ko’rgach, tarbiyachi bolalarga uni tutishni taklif etadi. Bolalar quyosh quyonchalarini tutishga harakat qilishganda tarbiyachi quyosh quyonchalarini tepaga-pastga yo’naltiradi. Tarbiyachi bolalarning quyosh quyonchalarini tutishlariga imkon yaratishi kerak. O’yin bolalarning hoxishlariga ko’ra 2-3marta takrorlanishi mumkin.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling