O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar


Download 206.48 Kb.
bet28/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
O’yinchoq mashinalar ichidan avtobusni topib ko’rsating.
O’yinchoq avtobus qanday rangda?
Avtobusning g’ildiraklarini ko’rsating.
Avtobusning oynalarini ko’rsating.
Tarbiyachi mashg’ulot davomida va yakunida bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.


26-mashg’ulot
Mavzu: Bolalarni «Bo’g’irsoq» ertagini tarbiyachi bilan birgalikda qayta hikoya qilishga o’rgatish.
Maqsad: Bolalarga ertakni tarbiyachi bilan birgalikda qayta hikoya qilishga o’rgatish.
Vazifalar: «cha» qo’shimchasi yordamida yasalgan so’zlarning ma’nosini tushuntirish. Predmetlarning nomini to’g’ri aytishga o’rgatish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarni «Bo’g’irsoq» ertagini tarbiyachi bilan birgalikda qayta hikoya qilishga o’rganadilar.
Kerakli jihozlar: «Bo’g’irsoq» stol teatri, o’yinchoqlar: mushuk, mushukcha, kuchuk-kuchukcha, kitob-kitobcha, mashina....
Mashg’ulotning borishi
Tarbiyachi ertakni stol teatri orqali sahnalashtirib bolalar bilan birgalikda 2 marta hikoya qiladi. Keyin tarbiyachi stol teatri personajlarini tarqatadi va ertakni yana bir marta hikoya qilishni taklif etadi. Uni o’zi boshlaydi. Davomini bolalar mustaqil hikoya qiladilar, (birinchi bola «Bo’g’irsoq quyonchani uchratibdi» so’zigacha, ikkinchisi «Bo’g’irsoq men seni yeyman»- debdi quyon deb aytadi va h.k.).
Tarbiyachi: bolalar. quyon, ayiq, bo’rilar bo’g’irsoqni ko’rganda nima dedilar? «Bo’g’irsoq, bo’g’irsoq! Men seni yeyman»
Ayyor tulki-chi u bo’g’irsoqni ko’rganda nima dedi? «Salom bo’g’irsoq! Qanday yumaloq, chiroyli, qip-qizilsan-a!» Tulki bo’g’irsoqni maqtab aldadi. Bo’g’irsoq uni aldayotganini payqamadi. Bo’g’irsoqning sayohati achinarli tugadi. Qanday tugadi? (Tulki uni «xap» etib yeb qo’yibdi.)
«So’zlar o’yini»
Tarbiyachi: Bolalar hozir «So’zlar» o’yinini o’ynaymiz. Men bir so’z aytaman, siz kichraytirib aytasiz. (uy-uycha, mushuk-mushukcha, kuchuk-kuchukcha, kitob-kitobcha....
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling