O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet30/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Tetiklashtiruvchi mashq
«Avtomobil» o’yini o’tkaziladi. Bolalar haydovchilar bo’lib xona bo’ylab tarqalib yuradilar, hayolan rulni buradilar va «biiib-biiib» deb signal beradilar. Bunda «i» tovushini ovoz bilan ajratib talaffuz etadilar. Keyin stulchalarga o’tirilar va mashg’ulot davom etadi.
Tarbiyachi boshqa o’yinni o’ynashni taklif qiladi. Stol ustida shirma-uycha bo’lib, unga hamma hayvonlar yashirinib olishgan.
Men ularni sizlarga ko’rsataman, sizlar esa nomlarini aytasizlar (hamma o’yinchoqlarni ko’rsatadi). Hamma hayvonlar uychaga yashirinib olganlar. Hozir ular qichqiradi, sizlar masalan, nima qichqirayotganini topasizlar. Onasimi? Bolasimi? Tarbiyachi ingichka ovoz bilan «chiy-chiy» deb chiyillaydi va «Bu nima?» deb so’raydi (sichqoncha). To’g’ri, bu sichqoncha. Endi nima kishnayapti? (iii-iii), to’g’ri bu toychoq, otning bolasi.
O’yinning oxirida tarbiyachi bolalarga hamma hayvon bolalarini ko’rsatadi va «Mana bizga ko’p hayvon bolalari kelishdi. Bu sichqonning bolasi. Uning nomi nima? (Sichqoncha). Bu otning bolasi. Nomi nima? (Toychoq). Bu esa mushukning bolasi... mushukcha. Uning ... (ko’zlari ko’k). Mushukcha sutni yaxshi ko’radi. U «miyov-miyov» deb miyovlaydi. Kim mushukcha haqida hikoya qilib berishni hohlaydi. (Toycha haqida, sichqoncha haqida). Bolalarning istaklari bo’yicha javoblari.
Tarbiyachi bolalarga «I» tovushi ko’p uchraydigan so’zli she’rni o’qib berish bilan mashg’ulotni yakunlash mumkin.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
- Bugun qaysi hayvonlarning ovozlarini mashq qildik?
-Ot toychog’ini qanday chaqirar ekan?
-Sichqon qanday chiyillaydi?
-Mushukcha qanday miyovlaydi?
-Avtomobil burilganda qanday signal berar ekan?


28- mashg’ulot
Mavzu: "Oftob chiqdi olamga" she’rini o’qib berish
Maqsad: Bolalarni sher bilan tanishtirish. Bolalarni sherdagi jumlalarni diqqat bilan eshitishga o’rgatish.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling