O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet38/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

35-Mashg’ulot
Mavzu: «S» tovushining to’g’ri talaffuz qilish

  • Maqsad: «S» tovushining to’g’ri talaffuz qilish, so’z va jumlalarda «S» tovushini to’g’ri talaffuz qilish.

Vazifalar:

  • Idishlarning nomlarini to’g’ri aytishga va ularning vazifalarini tushunishga o’rgatish, shakar, konfet va boshqa so’zlardan hosil bo’lgan so’zlar bilan tanishtirish.

Kutilayotgan natijalar:

  • «S» tovushining to’g’ri talaffuz qilish, so’z va jumlalarda «S» tovushini to’g’ri talaffuz qilishga o’rganadilar.

Kerakli jihozlar:
Qo’g’irchoqlar (katta va kichkina), koptoklar (katta va kichkina), turli rangdagi ikkita chelakcha (turli kattalikda va rangda), surnaycha, qo’g’irchoq, ikkita piyola, ikkita mayda taqsimcha. Choy qoshiqlar, choynak, shakardon, konfetdon, tuzdon, ikkita katta qo’g’irchoq (o’g’il va qiz bola).
Mashg’ulotning borishi.
Tarbiyachi qiz qo’g’irchoqlarni ko’rsatadi. «Qaranglar, bu kim?» Bu qo’g’irchoq-Saida. Saida o’rtog’i Sanjarni kutyapti. Sanjar mehmon bo’lib kelmoqchi. Ular choy ichishadi. Saidaga xontaxta tuzashda yordam beramiz. Mana, xontaxta (ko’rsatadi), mana bu esa dasturxon, choy ichish uchun xontaxtaga nimalar qo’yish kerak?
(Bolalar: choynak, piyola, qoshiqlar va boshqa idishlarning nomlarini aytadilar).
Choy ichish uchun idishlar kerak. Tarbiyachi alohida idishga solib qo’yilgan idishlarni navbat bilan olib ko’rsatadi. Ularning nomlarini so’raydi, aytishda qiynalgan bolalarga yordam beradi: «piyola, choynak, kosa, mayda likopchalar, taqsimchalar, choy qoshiqlar».
Mayda likopchalar nimaga kerak? (ularga somsa, pechenye soladilar). Choy qoshiqlar nima uchun kerak? (shakarni aralashtirish uchun). Shakarni nimaga solamiz? (shakardonga). Konfetlarni nimaga solamiz? (konfetdonga).
Saida xontaxtani tuzaydi. Sanjar keldi va ko’rpachaga o’tirdi. Saida va Sanjar choy icha boshladilar. Ular choyni ichib bo’ldilar va xontaxtadan choyni, idishlarni yig’ishtira boshladilar.
Kelinglar ularga yordam beramiz. Aziza, piyolalarni yig’ishtir. Oqil, sen ham yordamlash (bolalar idishlarni yig’ishtiradilar va alohida buyumlarning nomini aytadilar).
Kelinglar bolalar, Sanjar Saidaning uyida qanday mehmon bo’lgani haqida so’zlab beramiz.
Sanjar.... Saidaning uyiga mehmonga keldi. Bolalar birgalashib choy ichdilar. Choy ... shirin edi. Bolalar choy ichib bo’lgach birga o’ynadilar.
Kim Saida haqida Sanjarga so’zlab beradi?
Sanjar Saidaga rasmlar ko’rsatadi. Saida «S» tovushini alohida urg’u bilan talaffuz qilib, rasmlarni nomlaydi.
-Bu nima?
Bu stol.
Bu sochiq.
Shu tariqa bolalar qolgan rasmlarni ham nomlaydilar.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling