O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar


Download 206.48 Kb.
bet35/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Ertakning nomi nima ekan?
2.Echki o’rmonga nima uchun ketar ekan?
3. Echki bolalari – echkichalar nima qilishar ekan?
4. Echki uyiga qaytib kelganda qanday qo’shiq aytar ekan?
5. Echkining qo’shig’ini kim eshitib qoldi?
6. U qo’shiqni qanday ovoz bilan aytdi?
7. Echkichalar bo’rini uylariga kiritishdimi?
8. Ona echki uyiga qaytib kelganda nima dedi?
9. Ertak qanday yakunlandi?
32-mashg’ulot
Mavzu: Ta’limiy o’yin «Qo’g’irchoq Lolani cho’miltiramiz»
Maqsad: Bolalarga predmetlar nomini, holatlarini, sifatlarini xotirada saqlab qolishga o’rgatish.
Vazifa Bolalar lug’atiga tog’ora, sovun, sovun soladigan idish, sochiq, ko’pirtirmok, sovunni yuvib tashlamok, artmok, issiq, sovuq, iliq kabi so’zlarni kiritish.
Kerakli jihoz: Qo’g’irchoqni cho’miltirish uchun barcha jihozlar.
Kutilayotgan natija: Bolalar qo’g’irchokni to’g’ri cho’miltirishni o’rganib oladilar.
Mashg’ulotning borishi: Tarbiyachi stol ustida suv va tog’ora qo’yadi. Yon tomoniga 2 ta chelak turadi.
"Bugun bolalar, qo’g’irchoq Lolani cho’miltiramiz. Qo’g’irchoqni tog’orada cho’miltiramiz. Cho’miltirish uchun suv qanday bo’lishi kerak. (iliq). Bolalardan bir nechtasini suvni ushlab ko’rishga taklif qiladi. Tarbiyachi suvni, qo’g’irchokni olib keladi. Uning kuylagini yechadi va tog’oraga o’tkazadi. Bolalardan biriga sovunni olib kelishni buyuradi. (narsalar boshqa stulda joylashtirilgan). Bola sovundonni olib keladi.
Bolalar sovundon so’zini bir necha bor takrorlashadi. Tarbiyachi bolalardan biriga ishqalagichni olib kelishni aytadi. Tarbiyachi bolalardan ishqalagichni nima uchun ishlatilishini so’raydi. Lolani ishqalagich bilan ishqalaydi. Qo’g’irchoqning sochini sovun bilan ko’pirtiradi va "Sovun boshda ko’piradi" degan jumlani takrorlashni so’raydi.
Tarbiyachi "Mana bu chelaqda issiq suv, mana bu chelaqda sovuq suv. Men issiq suvni sovuq suv bilan aralashtiraman. Qanday suv hosil bo’ladi? (Iliq). Mana shu iliq suv bilan Lolaning boshini sovunini ketkazaman. Iliq suvni cho’michda olib quyaman. Lolaning kirini ketkazaman" deydi. Bu jumlalarni bolalar bilan birgalikda aytishadi.
Tarbiyachi bolalardan biriga sochiqni olib kelishni tayinlaydi. Sochiq nima uchun ishlatilishini so’raydi. Tarbiyachi qo’g’irchoqni sochiq bilan artadi. Qo’g’irchoqning tungi kuylagini kiydirishadi va uxlashga yotqizishadi. Qo’g’irchoqni belanchakka yotkazib alla aytishadi.
Alla desam uxlaydi,
Allayo-alla.
Uxla qo’zim, do’ndig’im,
Allayo-alla.
Muncha shirinsan o’zing,
Allayo-alla.

Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda qo’g’irchoqni uxlatib bo’lgach, tog’oradagi suv ifloslanganligini, uni to’kib yuborish lozimligini aytadi. Sovundonni ham o’z o’rniga joylashtiradi. Sochiqni quritishga qo’yadi.


Tarbiyachi bolalarni rag’batlantirib, mashg’ulotni yakunlaydi



Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling