O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet37/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

34- mashg’ulot
Mavzu: "Ona bolasini cho’miltiryapti" surati ustida suhbat
Maqsad: Bolalarga suratda tasvirlangan hayotiy voqyealarni tushunishga o’rgatish. Surat bo’yicha so’zlab berishga, tarbiyachining tushuntirishlarini anglab borishga o’rgatish.
Vazifa: Bolalarning so’z lug’atlarini yangi so’zlar: "tog’ora",
"cho’milmoq", "sochiq" kabi so’zlar bilan boyitib borish.
Kutiladigan natija. Bolalar hayotiy tanish manzaralarni so’z bilan ifodalashga o’rganadilar.
Kerakli jihozlar: "Ona bolasini cho’miltirayapti"rasmi
Mashg’ulotning borishi: Tarbiyachi: Bolalar sizni oyingiz cho’miltiradilarmi? Cho’milishni yaxshi ko’rasizmi? Oyingiz sizni nimada cho’miltiradilar?
Bu rasmga qarang. Bola cho’milyapti.
Kim bolani cho’miltiryapti?
Bola nimada cho’milyapti?
To’g’ri, rasmda tog’ora va uning ichida o’g’il bola o’tiribdi. Onasi ishqalag’ich bilan bolani orqasini ishqalayapti. O’g’il bola esa suvda suzayotgan o’rdakka qo’lini cho’zyapti. Bola kulib cho’milyapti. Tog’oraning yonida stulda katta sochiq osilgan. Tarbiyachi rasmni ko’rsatadi va bolalarga uni yaxshilab ko’rib chiqish imkoniyatini beradi. So’ngra: Bu ona. U o’z o’g’li Nodirni cho’miltiryapti. Nodir cho’milishni yaxshi ko’radi. U "chap-chap-chap" deb suvni o’ynayapti. Nodir nima deyapti? Bolalar "chap-chap-chap" deb jumlani takrorlaydilar. Zamira tog’orani ko’rsat. Tog’orada suv iliq. Onasi ishkalag’ich bilan Nodirning orqasini ishqalayapti. Suvda nima suzib yuribdi? (o’rdak). Nodir nima qilmoqchi? (tutib olmoqchi). Ona Nodirni cho’miltirib, toza suvni ustidan quyyapti. So’ngra uni sochiq bilan artadi. Sochiq qani? Sochiq stulda osilib turibdi. Mana, Nodir top-toza bo’ldi.
Tetiklashtiruvchi mashq. (ixtiyoriy)
Tarbiyachi bolalarga qandaydir holatni ko’rsatadi. Qo’llarni orqaga yashirish, keyin ularni ko’rsatish va aylantirish. Oyoqlarni yashirish keyin ularni tapillatish.
Bolalar bilimlarini aniqlovchi savollar.
Bolalar rasmda nima tasvirlangan?
Bolaning ismi nima?
Ona bolani nima qilayapti?
Bola nima qilyapti?
U nima olmoqchi?
Bola suvni nima qilyapti?



Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling