O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet36/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

33-mashg’ulot
Mavzu: "Qo’ng’iz nima deydi" sherini o’qib berish.
Maqsad: Bolalarda she’rni eshitib quvonish hissini uyg’otish, she’rni yana bir bor eshitish hohishini uyg’otish. Bolalarni sher so’zlarini aniq aytashga o’rgatish.
Vazifa: Bolalarning so’z lug’atiga: qo’ng’iz, tig’iz, birovga ozor berma, bekorchidan el bezor kabi so’zlarni kiritish.
Kutiladigan natija: Bolalar sherni tarbiyachi bilan birgalikda aytishga o’rganadilar.
Kerakli jihozlar.Qo’ng’iz rasmi
Mashg’ulotning borishi: Tarbiyachi: bolalar qaranglar, bizga qo’ng’iz mehmon bo’lib kelibdi. Tilla qo’ng’izni ko’rganmisiz? Qaranglar, u qanday chiroyli? (Tarbiyachi shu zahotiyoq she’rni o’qishni boshlaydi.)


Qo’ng’iz nima deydi?
O.Abdurahmonov
Tilla qo’ng’iz, Birovga sen
Deydi «g’iz-g’iz» Berma ozor,
– Qo’yvor meni, Bekorchidan
Ishim tig’iz. El ham bezor.
Tarbiyachi she’r o’qish bilan birga bir vaqtning o’zida she’r mazmuniga mos tegishli harakatlar qiladi. Qo’ng’izning ustini silaydi. Qo’ng’iz nima der ekan? («g’iz-g’iz»). Yana nima der ekan? (Qo’yvor meni der ekan) Qo’ng’izni qo’yib yuboramizmi? E’zoza, kel, qo’ng’izni silab qo’y. Yana kim silaydi? Tarbiyachi she’rni yana bir bor o’qiydi. Endi qo’ng’izni uchirib yuboramiz. Tarbiyachi she’rdagi jumlalarni aytishga yordam beradi.
Tetiklashtiruvchi mashq.
«Qo’ng’izlar» o’yini. Tarbiyachi bolalarga «Hozir gulzorga sayrga chiqamiz. U yerda chiroyli gullar juda ko’p ekan. Gulzorda qo’ng’izlar «jjj» deb g’o’ng’illashib uchib yurishadi. Bolalar, siz qo’ng’izlar bo’lasizlar. Qachon men «Qo’ng’izlar uchib kelishdi» desam, qo’ng’izlar xona bo’ylab uchib yurishadi. «Qo’ng’izlar uyga» desam, qo’ng’izlar joylariga borib o’tirishadi.
O’yin shu tariqa davom etadi.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimini aniqlovchi savollar:
U nima haqida ekan?
Qo’ng’iz qanday ovoz bilan uchadi?
Qo’ng’iz nima der ekan?
Qanday o’yin o’ynadik?



Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling