O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar


Download 206.48 Kb.
bet33/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
-Bolalar bizning guruhimizda qanday chiroyli qushlar yashaydi ?
-Qushlarimiz qanday harakatlar qilishni bilishadi?
- Daraxtga donxo’rak nima uchun o’rnatiladi?
-Qanday o’yin o’ynadik?
30-mashg’ulot
Mavzu: Ajoyib xaltacha
(ta’limiy o’yin)
Maqsad: Bolalarni ajoyib xaltachada nima borligini qo’li bilan paypaslab topishga o’rgatish, bolalarni sabzavotlar-piyoz, sabzi, kartoshka bilan tanishtirish.
Kutilayotgan natija:
Bolalarning teri-tuyush sezgilari rivojlanadi, sabzavotlar-piyoz,sabzi, kartoshka haqida tushunchaga ega bo’ladilar.
Kerakli jihozlar:
Ajoyib xaltacha, sabzavotlar: piyoz, kartoshka, sabzi.
Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, bugun sizlarga "Ajoyib xaltacha" olib keldim. Qarang, xaltacha juda chiroyli bezatilgan. Xaltachada turli sabzavotlar bor. Hozir men sabzavotlarni sizlarga ko’rsataman, sizlar ularning nomini aytasizlar.
Tarbiyachi har bir sabzavotni bolalarga ko’rsatib nomini aytadi va bolalar birgalikda 3 marta takrorlaydilar. Har bir sabzavotning rangini tushuntiradi.
Tarbiyachi: Bu - kartoshka. Bu - piyoz, uning rangi sariq. Bu -sabzi, u sariq rangda.
Endi sabzavotlarni xaltachaga solamiz, sizlar xaltachaga qo’lingizni solib, sabzavotni ushlab ko’rib qaysi sabzavotni ushlaganligingizni aytasiz va olib ko’rsatasiz. Agar to’g’ri topsangiz sizni chapak chalib olqishlaymiz. Kelinglar, bolajonlar, har bir sabzavotning nomini birgalikda 3 marta aytamiz.
Keyin tarbiyachi sabzavotlarni ajoyib xaltachaga soladi va navbat bilan bolalarni chaqiradi.
Tarbiyachi: Qani, bolajonlar, kim birinchi bo’lib, sabzavotni ushlab ko’rib qaysi sabzavot ekanligini aytmoqchi?
1-bola xaltaga qo’lini solib, sabzavotni ushlab ko’rib javobini aytadi: Bu kartoshka
Tarbiyachi: Qani ushlagan narsangizni oling-chi. To’g’ri, barakalla. Qanday bildingiz? (Bolaning javobi)
Endi Diyora siz chiqing. Siz olgan narsa nima?
Diyora: Sabzi.
Tarbiyachi: To’g’ri, barakalla. Sabzi qanday rangda? To’g’ri, bolajonlar, sabzi sariq rangda. Sabzini pishirib yesa ham bo’ladi. Qani endi kim chiqadi? O’yin shunday davom etadi.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling