O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar


Download 206.48 Kb.
bet29/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
-Ertakning nomi nima ekan?
- «Bo’g’irsoq kimlarni uchratibdi?
-Quyon, ayiq, bo’rilar bo’g’irsoqni ko’rganda nima dedilar?
- Ayyor tulki-chi u bo’g’irsoqni ko’rganda nima dedi?
- Bo’g’irsoqning sayohati qanday tugadi?
-»So’zlar» o’yinini takrorlaymiz: uy-uycha, mushuk-mushukcha, kuchuk-kuchukcha, kitob-kitobcha.
27-mashg’ulot
Mavzu: «I» tovushini to’g’ri talaffuz etish
Maqsad: Bolalarni tarbiyachi bilan birgalikda o’yinchoq haqida kichik hikoya (2-3 ta gap) tuzishga o’rgatish.
Vazifalar:

  • Hayvonlarning bolalari nomini to’g’ri aytishga o’rgatish.

  • «cha» qo’shimchasi yordamida yasalgan so’zlarning ma’nosini tushuntirish.

  • Hayvonlarning bolalari nomini to’g’ri aytishga o’rgatish.

  • Qarama-qarshi ma’noli so’zlarni farqlashga o’rgatish.

  • «I» tovushini (so’zlarda, so’z birikmalarida) to’g’ri talaffuz qilishni aniqlash va mustahkamlash.

Kutilayotgan natijalar:
«I» tovushini (so’zlarda, so’z birikmalarida) to’g’ri talaffuz qilishga o’rganadilar.
Kerakli jihozlar: «I» tovushi bor suratlar, shirma uycha, o’yinchoqlar, ot-toychoq, sichqon-sichqoncha, mushuk-mushukcha.
Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga kubik ko’rsatadi. Kubikning yon tomonlarida g’oz, parovoz, tovuq, jo’ja, rasmlari bor. Tarbiyachi: «Kubik aylan, aylan, yon tomonlaringni menga ko’rsat» deb kubikni dumalatadi. Tarbiyachi kubikning yon tomonidagi rasmni ko’rsatadi. Masalan: parovoz. Paravoz qanday ovoz chiqaradi? (uuu) Tarbiyachi bolalarga tovuq, g’oz, jo’jalarning rasmlarini ko’rsatadi va ularning tovushlarini taqlid qilib ifodalab berishlarini so’raydi.
Tarbiyachi: «Bolalar, qaranglar: bizning oldimizga nima sakrab keldi? (ot) («i» tovushini cho’zib talaffuz qiladi). Ot o’zining toychog’ini «iii» deb chiqaradi. Ot toychog’ini qanday chaqirar ekan? (umumiy va yakka-yakka javoblar). Otning bolasi nima? (o’yinchoqning ko’rsatadi). Toychoq , ya’ni kichkina otcha.
Qaranglar: ona ot katta, uning bolasi toychoq esa... (kichkina) u ingichka ovozda kishnaydi. Toychoq qanday kishnaydi? (umumiy va yakka-yakka javoblar). Sichqon paydo bo’ladi. Ingichka ovozda «chiy-chiy» ovozi eshitiladi. Bu sakrab kelgan nima? (sichqon). Sichqon qanday chiyillaydi? (umumiy va yakka-yakka javoblar). Sichqon «chiy-chiy» deb o’z bolasini chaqiryapti. Uning bolasi nima? (sichqoncha). Tarbiyachi o’yinchoqlarni ko’rsatadi: Ona sichqon katta, sichqoncha esa qanday? To’g’ri, sichqoncha kichkina. Sichqoncha qanday chiyillaydi? (ingichka «chiy-chiy» ovozda) (umumiy va yakka-yakka ovozlar). Nimaning bolasi «miyov-miyov» deydi? (So’z birikmasi yuqori ovozda talaffuz qilinadi). Uning onasi nima? (o’yinchoqni ko’rsatadi?) (mushuk). Ona mushuk katta. U qanday miyovlaydi? (tarbiyachi «miyov-miyov» so’z birikmasini past ovozda talaffuz qiladi).
Mushukcha qanday miyovlaydi? To’g’ri, ingichka ovozda «miyov-miyov» (umumiy va yakka-yakka javoblar).

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling