O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar


Download 206.48 Kb.
bet24/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Qanday ertak eshitdingiz?
Quyon nima deb maqtanibdi?
Quyon qanday ekan?

22-mashg’ulot




Mavzu: «Soman toychoq» she’rini o’qib berish.
Maqsad: Bolalarda she’rni eshitish hohishini va ko’nikmasini tarbiyalash. She’rdagi ayrim so’zlarni takrorlash, uni eslab qolib, mustaqil aytishga o’rgatishga undash.
Vazifalar: Bog’langan nutqni rivojlantirish.So’zlarni aniq va burro aytish. So’zlayotganda to’g’ri nafas olishni rivojlantirish. «I» tovushiini aniq talaffuz etishga o’rgatish.
Kutilayotgan natijalar: Bolalarda she’rni eshitish hohishini va ko’nikmasini tarbiyalanadi. She’rdagi ayrim so’zlarni takrorlashlari, uni eslab qolishlari, mustaqil aytish xohishlari uyg’onadi.
Kerakli jihozlar: She’r mazmuni asosida rasm
Mashg’ulotning borishi.
Tarbiyachi: bolalarga toychoq o’yinchog’ini ko’rsatadi. Bu saman toychoq. Toychoq qanday kishnaydi? (Iiii). Tarbiyachi bolalarga toychoq o’yinchog’ini o’ynashga beradi. Bolalar toychoqni qo’llariga olib silaydilar, o’ynaydilar. So’ngra tarbiyachi bolalardan she’rni eshitishni taklif qiladi. Tarbiyachi she’rni sekin shoshilmay o’qib beradi.
Soman toychoq
Somon toychoq
O’yna har choq
Peshonasi qorday oppoq
Somon toychoq

Tarbiyachi: bolalardan she’rdagi so’zlarni somon toychoq, peshonasi oppoq so’zlarini takrorlashni so’raydi. She’r bolalarning qiziqishiga qarab bir necha bor takrorlanadi. She’r o’qib bo’lingach bolalarga toychoq o’yinchog’i o’ynash uchun beriladi.


O’yin «Toychoq yo’qoldi»
Maqsad: «I» tovushiini aniq talaffuz etishga o’rgatish.
O’yinning borishi.
Bolalar stulchalarda o’tirishadi. Tarbiyachi bolalarga toychoq tasvirlangan rasmni ko’rsatadi. So’ngra shunday deydi: «Kichkina toychoq sayr qilgani dalaga chiqdi va adashib qoldi. U xayron bo’lib, onasini chaqira boshladi: «iii-iii-iii». -Hammamiz birga toychoq onasini qanday chaqirganini bajaramiz, -deydi tarbiyachi.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling