O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet22/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Tetiklashtiruvchi mashq. «Tovuq va jo’jalar» o’yini.
O’yinda qatnashayotgan bolalar jo’jalarni, tarbiyachi esa tovuqni ifoda etadi. Kurk tovuq va jo’jalar uyda bo’lishadi.
Bir chekkada mushuk yashaydi. Kurk tovuq arqonchaning tagidan engashib o’tadi va bolalarga don qidirib ketadi. Keyin «qo-qo-qo-qo» deb jo’jalarini chaqiradi. Uning ovozini eshitib, jo’jalar ham arqoncha tagidan o’rmalab o’tishadi va yugurib tovuqning oldiga borishadi. Hammalari birga o’ynaydilar, engashadilar, cho’nqayib o’tiradilar, don-dun qidiradilar. Tarbiyachining: «Mushuk», degan so’zini eshitgach, hamma jo’jalar tez qochib ketadi va uylariga yashirinadi. O’yin 3—4 marta takrorlanadi.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
-Ertakning nomi nima ekan?
-Tovuq qanday tuxum qildi?
- Chol urib-urib tuxumni sindira oldimi?
- Kampir urib-urib tuxumni sindira oldimi?
-Tuxum qanday qilib sinib qoldi?
- Chol va kampir nega xafa bo’lishdi?
Tovuq chol va kampirga nima dedi?
20-mashg’ulot
Mavzu: «Bolalar ovqatlanyaptilar» nomli surat ustida tarbiyachi bilan birgalikda hikoya qilishga o’rgatish.
Maqsad: Bolalarga surat ustida tarbiyachi bilan birgalikda hikoya qilishga o’rgatish.
Vazifalar: Rasmga qarab, so’z birikmalari, 2-3ta so’zdan iborat gap tuza olishga o’rgatish.
Kutilayotgan natijalar: Bolalar surat ustida tarbiyachi bilan birgalikda hikoya qilishga o’rganadilar.
Kerakli jihozlar: «Bolalar ovqatlanyaptilar» surati
Mashg’ulotning borishi: Tarbiyachi bolalarga suratni ko’rsatadi. Suratda bolalar stol atrofida xotirjom ovqatlanib o’tirishgan bolalar tasvirlangan.
Tarbiyachi: Bolalar qaranglar, mana bu bola likobchadan bo’tqa yeyapti. E’zoza. likobchani ko’rsat. Bu nima? Bu katta qoshiq. Mana bu qizcha bo’tqani yeb bo’ldi. U piyoladan choy ichyapti. Piyola qani? Mana bu bola choy ichib o’tiribdi. Mana bu bola sochiq bilan og’zini artyapti. Bolalar toza va ozoda ovqatlanyaptilar. Bolalarning kuylaklari toza. So’ngra tarbiyachi bolalardan alohida chaqirib so’raydi.
Qizcha nima qilyapti?
O’g’il bola nima qilyapti?
Ularning qo’llarida nima bor?
Bolalar nima yeyishyapti?
Tarbiyachi bolalar bilan savol-javob qilgach surat bo’yicha tasviriy hikoya qilib beradi.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling