O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet19/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Tetiklashtiruvchi mashq.

Tarbiyachi so’zlari

Bolalar harakatlari

Ko’kimtir mushugim bor
Derazada o’tirar
Dumini likillatar
Bolalarin kutar
Qani bolakaylar
Uxlang erkatoylar
«Myau»

-qo’l ushlashib doira bo’ylab aylanadilar;
- mushukcha qanday uxlashini ko’rsatadilar
- «Myau» so’zidan so’ng bolalar «Myau» deb uyg’onadilar.
-



Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimlarini bilish uchun savollar
Mushukcha nima deydi?
«Mushukcham» she’rini kim aytadi?
Qutichada nima bor ekan?
17-mashg’ulot
Mavzu: Qish bayrami
Maqsad: Suratda tasvirlangan voqyealarni tushunishga o’rgatish.
Vazifalar: Bolalarning so’zlashuv nutqini rivojlantirish. So’zlayotganda to’g’ri nafas olishni rivojlantirish. Mavzu bo’yicha berilgan savollarga javob berish malakasini rivojlantirish.
Kutilayotgan natijalar: Bolalarning so’zlashuv nutqi rivojlanadi. Bolalarda qish bayrami hakida tushuncha mustahkamlanadi.
Kerakli jihozlar. «Qish bayrami» surati
Mashg’ulotning borishi
Tarbiyachi: Bizning bog’chamizda bo’lib o’tgan archa bayrami juda qiziqarli bo’ldi. Yangi yil bayramiga Qorbobo, Qorqiz ishtirok etishib, bayramimizni juda qiziqarli qilib o’tkazib berishdi.
Qani bir eslang-chi?
Archa qanday bezatilgan edi?
Qish bayramida nimalar bo’ldi?
Qanday sovg’alar oldingiz?
Qorboboga sovg’alar uchun raxmat aytdikmi?
Qanday ashula va she’rlar aytdingiz?
Savol-javobdan so’ng tarbiyachi bolalarga surat ko’rsatadi. Qarang qanday chiroyli archa. E’zoza, archani ko’rsatgin. Archada har xil o’yinchoqlar osilgan. Mana bu quyoncha. Shahzoda, quyonchani ko’rsat. Mana bu ayiqcha. Zuxriddin, sen ayiqni ko’rsat. Archa atrofida o’ynayotgan bolalarga qarang. Qorbobo bolalarga sovg’alar beryapti. Mana bu bolaga qorbobo mashina sovg’a qildi. Mashina qanday bibillaydi? «Bib-bib» Suratga qarang, Bobur mashinani Zuxriddinga ko’rsatyapti. Ular mashinani birga o’ynaydilar.
Tarbiyachi bolalarga she’r aytib beradi.
Qorbobojon keling tez,
Qo’shiq aytar o’g’il-qiz.
Sovg’alar bering bizga,
Rahmat aytamiz sizga.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling