O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar


Download 206.48 Kb.
bet21/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Kim ovutmachoqni o’rganib oldi?
Kim ovutmachoqni aytib beradi?
Bubinni qattiq urganimda, bayroqchani yuqoriga ko’tardingizmi?
Bubinni sekin urganimda, qo’llaringizni qayerga qo’ydingiz?


19-mashg’ulot
Mavzu: Bolalarni «Kurk tovuq» ertagini tarbiyachi bilan birgalikda qayta hikoya qilish.
Maqsad: Bolalarga ertakni tarbiyachi bilan birgalikda qayta hikoya qilishga o’rgatish. Kitobdagi rasmlarga qarab badiiy asarning mazmunini gapirib berishga o’rgatish.
Vazifalar: Rasmga qarab, so’z birikmalari, 2-3ta so’zdan iborat gap tuza olishga o’rgatish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarni «Kurk tovuq» ertagini tarbiyachi bilan birgalikda qayta hikoya qilishga o’rganadilar. Kitobdagi rasmlarga qarab badiiy asarning mazmunini gapirib bera oladilar.
Kerakli jihozlar:
«Kurk tovuq» stol teatri, o’yinchoqlar: mushuk, mushukcha, kuchuk-kuchukcha, kitob-kitobcha, mashina....
Mashg’ulotning borishi
Tarbiyachi: bolalar, qanday tovuqlarni ko’rgansiz? Tovuqlar qanday rangda bo’ladilar? (oq, qora...) Tarbiyachi bolalarga oq, qora tovuqlarni rasmini ko’rsatadi. Bugun men sizga bir tovuq haqida ertak aytib beraman. Ertagimning nomi «Kurk tovuq». Diqqat bilan eshiting. Tarbiyachi ertakni stol teatri orqali sahnalashtirib bolalar bilan birgalikda ikki marta hikoya qiladi. Keyin tarbiyachi stol teatri personajlarini tarqatadi va ertakni yana bir marta hikoya qilishni taklif etadi. Uni o’zi boshlaydi. Davomini bolalar mustaqil hikoya qiladilar.
Bir bor ekan, bir yo’q ekan.....(Chol bilan kampir bor ekan)
Ularning chipor .....(tovug’i bor ekan)
Kunlardan bir kun tovuq... (tilla tuxum qilibdi)
Chol urib-urib... (sindira olmabdi)
Kampir ham.... (urib-urib sindira olmabdi)
Sichqoncha qochaman deb, dumi bilan ...(urib yuborgan ekan, tuxum yerga tushub sinibdi)
Bundan xafa bo’lib chol yig’labdi....(kampir yig’labdi)
Tovuq esa qaqalabdi: yig’lamang, bobojon....( yig’lamang, buvijon. Men sizga boshqacha, tilla tuxum emas, oddiy tuxum qilib beraman)
Tarbiyachi o’yinchoq tovuqni ko’rsatadi. Ertak qanday tugadi?-degan savolni beradi.
Tarbiyachi «Yig’lamang, bobojon, yig’lamang, buvijon. Men sizga boshqacha, tilla tuxum emas, oddiy tuxum qilib beraman» degan matnni 4-5 ta bolaga takrorlatib, mashg’ulotni yakunlaydi.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling