O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet18/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Barmoqlar gimnastikasi

O’ng qo’limda besh barmoq,
Chap qo’limda besh barmoq.
Ikkalasi o’n barmoq,
Ikkalasi do’st barmoq.



Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimlarini bilish uchun savollar
Kim nima qildi?
Qanday rasm ko’rdingiz?
Suratda tasvirlangan qanday harakatni bajardingiz?
16- mashg’ulot
Mavzu: «Mushuk» she’rini o’qib berish.
Maqsad: Bolalarda she’rni eshitish hohishini va ko’nikmasini tarbiyalash. She’rdagi ayrim so’zlarni takrorlash, uni eslab qolib, mustaqil aytishga o’rgatishga undash.
Vazifalar: So’zlarni aniq va burro aytish. So’zlayotganda to’g’ri nafas olishni rivojlantirish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarda she’rni eshitish hohishini va ko’nikmasini tarbiyalanadi. She’rdagi ayrim so’zlarni takrorlashlari, uni eslab qolishlari, mustaqil aytishlari mumkin.
Kerakli jihozlar:
She’rdagi mazmun asosida rasm
Mashg’ulotning borishi.
Tarbiyachi: bolalarga mushukcha o’yinchog’ini ko’rsatadi. Bu mushukcha Olamosh. Mushukcha nima deydi? (Miyov-miyov). Tarbiyachi bolalarga mushukcha o’yinchog’ini o’ynashga beradi. Bolalar mushukchani qo’llariga olib silaydilar, o’ynaydilar. So’ngra tarbiyachi bolalardan she’rni eshitishni taklif qiladi. Tarbiyachi she’rni sekin shoshilmay o’qib beradi.
Mushukcha
Mushugim deydi miyov
Sichqon menga yov
Shuning uchun qo’ymayman,
Qancha yesam to’ymayman.
Tarbiyachi: bolalardan she’rdagi so’zlarni mushukcham, miyov, sichqon, qo’ymayman so’zlarini takrorlashni so’raydi. She’r bolalarning qiziqishiga qarab bir necha bor takrorlanadi. She’r o’qib bo’lingach bolalarga mushukcha o’yinchog’i o’ynash uchun beriladi.



Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling