O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet16/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Tarbiyachi so’zlari

Bolalar harakatlari

Baland - baland
Uchamiz - uchamiz,
Charchash nima
Bilmaymiz - bilmaymiz.
O’tirib dam olamiz,
Yana uchib ketamiz.



Qo’llarni «qanot» qilib harakatlantirish;
qo’llarni oldinga uzatib, «qaychi» harakatini bajarish;
bir tizzaga cho’kkalab o’tiribturish.
Qo’llarni «qanot» qilib harakatlantirish



Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
-Daraxt to’nkasiga o’rnatilgan donxo’rakka nimalar uchib keldi?
- Biz donxo’rakka nima sepgan edik?
- Qushlar nima qilishdi?
-Qushlar qanday chirqillaydi? (Chirq – chirq - chirq)
14- mashg’ulot


Mavzu: «Ikki echki» o’zbek xalq ertagi asosida qayta hikoya qilishni mashq qilish
Maqsad: Asarni qayta hikoya qilib berishga o’rgatishni davom etish.
Vazifalar: Bog’langan nutqni rivojlantirish. So’zlarni aniq va burro aytish. «X»tovushini to’g’ri va aniq talaffuz etishga erishish.
Kutilayotgan natijalar: Bolalarning bog’langan nutqi va tovush madaniyati rivojlanadi. Bolalar tarbiyachi yordamida ertakni hikoya qilib bera oladilar.
Kerakli jihozlar: Ertak asosida qahramon persanajlari.
Mashg’ulotning borishi.
Tarbiyachi: «Bugun bolalar, men sizga ikkita o’jar echki haqidagi ertakni o’qib beraman. (Tarbiyachi ertakni o’qib beradi). So’ngra bolalar bilan savol-javob o’tkazadi.
Ertak bo’yicha savollar:
1. Kunlardan bir kuni qanday voqyea yuz beribdi?
2. Echkilar nima qilishibdi?
3. Echki qanday qilib do’q qilibdi? Ohangini keltirib
aytib bering.
4. Ikkinchi echki qanday do’q bilan javob beribdi?
Ohangini keltirib aytib bering.
5. Echkilar uchrashuvi nima bilan tugabdi?
Endi kim ertakni boshidan qayta hikoya qilib beradi?
(3-4 bola javoblari).

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling