O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Vazifa: Bolalarni narsalar va ularning holatlarini tasvirlab berishga o’rgatish. Kutilayotgan natija


Download 206.48 Kb.
bet12/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Vazifa: Bolalarni narsalar va ularning holatlarini tasvirlab berishga o’rgatish.
Kutilayotgan natija: Suratda tasvirlangan narsalarga fikr bildira oladilar, suratdagi harakatlarni o’zlari bajarib ko’rsata oladilar.
Mashg’ulotning borishi: Tarbiyachining stolida mazmunli suratlar qo’yilgan. Masalan: bola doira chalyapti, ayiqcha asal yalayapti, qizcha yuzini sochiq bilan artyapti, bola gulga suv quyyapti, qizcha qo’g’irchoq sochini tarayapti. Boshqa stolda rasmda tasvirlangan buyumlar, o’yinchoqlar(doira, asal idish, sochiq, taroq, koptokcha,) turibdi. Tarbiyachi bir bolani chaqiradi. Bola suratdan birini olib, surat haqida gapiradi. Va bolalarga suratni ko’rsatadi. So’ngra stoldagi buyumdan birini olib, (masalan suv quygichni olib) suratda tasvirlangan harakatni bajaradi (masalan gulga suv quyish) va bajarayotgan ishini so’z bilan ifodalaydi. Masalan: Men gulga suv quydim.
Shu tariqa chaqirilgan bolalar surat haqida gapiradilar, so’ngra suratda tasvirlangan harakatni bajaradilar.
Tetiklashtiruvchi mashq:

Oyog’imiz taq– taq – taq,
Qo’limiz chapak – chapak.
Boshimiz sarak – sarak
Qo’limizni ko’tardik,
Sekingina tushirdik.
Endi ehtiyot bo’lib
Joyimizda aylandik

O’yin yakunida tarbiyachi o’yinchoqlar bilan mustaqil o’ynashga taklif etiladi. O’yinchoqlar bolalar soniga yetarli bo’lish kerak.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimlarini bilish uchun savollar
Kim nima qildi?
Qanday rasm ko’rdingiz?
Suratda tasvirlangan harakatni bajarib bering.


11- mashg’ulot
Mavzu: «Bo’ri bilan echki» o’zbek xalq ertagini tarbiyachi bilan birgalikda qayta hikoya qilishga o’rgatish.
Maqsad: Bolalarni tanish adabiy asar («Bo’ri bilan echki» o’zbek xalq ertagi)ni tarbiyachi bilan birgalikda qayta hikoya qilishga o’rgatish.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling