O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet11/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Mashg’ulotning borishi: Tarbiyachi bolalarga qo’g’irchoq Lolaxonni ko’rsatadi va o’ynashga qo’llariga beradi Bolalar qo’g’irchoqni qo’llariga olib, silaydilar. So’ngra qo’g’irchoqni uxlashga yotqizadilar. Tarbiyachi bolalarga alla aytib beradi.
Kichkinasan Lolasan
Alla, bolam, allayo-alla
Qachon katta bo’lasan
Alla, bolam, allayo-alla
Alla, alla orastasan
Alla, bolam, allayo-alla
Allani bir necha marta bolalar bilan birga aytishadi. Alla aytish vaqtida tarbiyachi alla so’zlarini takrorlashga undaydi. So’ngra ixtiyoriy bolalardan allani mustaqil aytib berishni taklif kiladi. (ixtiyoriy). Bolalar aytib bera olmasalar tarbiyachi boshlab beradi bolalar esa davom ettiradilar.
O’yin: «Shovqin solmay o’tiramiz»
Metodik ko’rsatma: Bolalar gavdalarini to’g’ri tutib tinch o’tirishadi. Tarbiyachi esa bolalarning lablarini qanday birlashtirganlarini ko’rib chiqadi. Bolalar lablarni oldinga cho’zish ham, kuch bilan birlashtirish ham mumkin emas.
O’yinning borishi: Bolalar tarbiyachiga qarab stulchalarida o’tirishadi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: —Qo’g’ir-choq — Malika uxlayapti (stol ustiga karavotda uxlayotgan qo’g’irchoqni qo’yadi). Biz qo’g’irchoq — Malika uyqudan turguncha shovqin qilmasdan tinchgina o’tiramiz. Lablaringizni bir-biriga jipslashtiring, men sizlar og’zingizni qanday yuma olishingiz va qanchalik tinch o’tira olishingizni bir sinab ko’raman.
Tarbiyachi: Barakalla, bolalar lablaringizni bir-biriga jipslashtirib, og’zingizni qanday yuma olishingizni ko’rib oldim.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimlarini bilish uchun savollar
-Qo’g’irchoq Lolaxon qayerda uxladi?
-Biz qo’g’irchoqqa qanday alla aytdik?
10- mashg’ulot
Mavzu: Ta’limiy o’yin. "Kim nima qilayapti"
Maqsad: Bolalarni suratda tasvirlangan narsalarga fikr bildirishga, suratdagi harakatlarni o’zlari bajarib ko’rsatishlariga undash. Bolalarning surat bo’yicha ayrim harakatlarni ifadalovchi fe’llar bilan taqlid qilayotgan so’zlarni to’g’ri talaffuz etishlariga erishish.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling