O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet10/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Barmoqlar gimnastikasi:



Tarbiyachi so’zlari

Barmoq harakatlari

Qog’-qog’ qog’lab yuraman,
Hovlidan don teraman.
Ertaga ham bolalar,
Tuxum qo’yib beraman.

Har bir taktga barmoqlar galma-gal bosh barmoq bilan birlashadi.
-Barmoqlar to’lqinsimon harakatlanadi
-Ikki qo’l kaftlari bir- biri bilan salomlashadi
- Chapak chalish

Suhbat yakunida tarbiyachi bolalarga jo’jalar xaqida she’r aytishi mumkin.
Chip-chip jo’jalarim,
Meni jajji jo’jalarim.
Keling sizga don berayin
Keling sizga suv berayin
Oh, mening jo’jalarim,
Mening popuk jo’jalarim,
Chip-chip jo’jalarim.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimini tekshirish uchun savollar
- Suratda nima tasvirlangan?
-Tovuq bolalarini qanday chaqiradi?
-Jo’jalar qanday ovoz chiqaradi?
-Qizcha don sepayotganda jo’jalarni qanday chaqiradi? (chip-chip-chip)
- O’g’il bola jo’jalarga nima dedi?
-Jo’jalar haqida kim she’r aytadi?


9 -mashg’ulot
Mavzu: "Alla" she’rini o’qib berish
Maqsad: Bolalarda alla eshitishga nisbatan qiziqish uyg’otish. Bolalarni allaning mazmunini tushunishga yordam berish, bu allani yana eshitishga ishtiyoq uyg’otish va tarbiyachi bilan birga aytish istagini uyg’otish, allani ifodali talaffuz kilishga o’rgatish. Uyqudan turganidan so’ng yuz-qo’lini yuvish lozimligini anglatish.
Vazifa: Bolalarni allani birgalikda eshitib uni aytishga o’rgatish.
Kerakli jihozlar. Qo’g’irchoq, beshik, belanchak.
Kutilayotgan natija: Bolalar allani tarbiyachi bilan birga aytishga o’rganadilar.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling