O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet20/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

«Qorbobo sovg’alari»o’yini
Tarbiyachi bolalarga sandiqni ko’rsatib, shunday deydi: «Bu ajoyib sandiqcha»ning ichida ko’p o’yinchoqlar bor. Bu qorboboning sovg’alari. Bu o’yinchoqlardan birini olib nomini aytasiz.
Mashg’ulot yakunida bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantirish.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustaxkamlash uchun savollar:
1.Bolajonlar, bugun biz nimalar haqida suhbatlashdik?
2.Qish bayramiga kimlar keladi?
3.Bayramda sizlarga kim sovg’a berdi?
4.Siz qorbobo va qorkizga she’r aytib berdingizmi?
5.Sandiqchada qanday o’yinchoqlar bor ekan?


18-mashg’ulot
Mavzu: «Chapak-chapak» ovutmochog’ini o’qib berish.
Maqsad: Bolalarda ovutmachoqni eshitish hohishini va ko’nikmasini tarbiyalash. Ovutmachoq mazmuniga monan harakat qilishga o’rgatish. Ovutmachoqdagi ayrim so’zlarni takrorlash, uni eslab qolib, mustaqil aytishga o’rgatishga undash. Eshituv diqqatini rivojlantirish.
Vazifalar: Bog’langan nutqni rivojlantirish. So’zlarni aniq va burro aytish. So’zlayotganda to’g’ri nafas olishni rivojlantirish. Bolalarning harakatlarni to’g’ri bajarishlariga e’tibor berish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarda ovutmachoqni eshitish hohishini va ko’nikmasini tarbiyalanadi. Ovutmachoqdagi ayrim so’zlarni takrorlashlari, uni eslab qolishlari, mustaqil aytishlari mumkin.
Kerakli jihozlar: She’rdagi mazmun asosida rasm.
Mashg’ulotning borishi.
Tarbiyachi bolalarga ovutmachoq mazmuniga monan harakatlar bajarish bilan ovutmachoq aytib beradi.
Chapak- chapak,
Chapak- chapak.
Pishirdim chalpak,
Derazaga qo’yamiz,
Sovushini kutamiz.
Tarbiyachi bolalar bilan ovutmachoqni 3-4 marta birgalikda harakatlarni bajartirib takrorlaydi. Bolalar tarbiyachining harakatlarini bajaradilar.
«Nima qilish kerak, top?»o’yini.
Bolalar yarim doira shaklida o’tiradilar. Har bir bolaning qo’lida ikkitadan bayroqcha bo’ladi. Agar tarbiyachi bubinni qattiq ursa, bolalar bayroqchani yuqoriga ko’tarib silkitadilar, agar bubenni sekin ursa, qo’llarini tizzaga qo’yadilar.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling