O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet17/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Barmoqlar mashqi.
Tarbiyachi bolalar bilan barmoqlar mashqini o’tkazadi. Buning uchun bolalar ikki guruhga bo’linib turadilar, tarbiyachi she’rni o’qib turadi va bolalar harakatni bajaradilar.


Shoxdor echki
Shohdor echki kelmoqda,
Bolalarni ko’rmoqchi.
Kim ichmasa sutini,
Kim yemasa oshini,
Suzib oladi uni.
Qo’lning ko’rsatkich barmog’i va jimjilog’idan boshqalari bukilgan. Bu -"echki". "Suzib oladi uni" qatori aytilganda, bolalar bir- birlariga qarab barmoqlarini qimirlatadilar.
Ertakni sahnalashtirish. ( barmoq, soya, paxmoq, qo’g’irchoq teatri bo’lishi mumkin)
Tarbiyachi mashg’ulot yakunida barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Kunlardan bir kuni qanday voqyea yuz beribdi?
2. Echkilar nima qilishibdi?
3. Echki qanday qilib do’q qilibdi?
4. Ikkinchi echki qanday do’q bilan javob beribdi?
5. Echkilar uchrashuvi nima bilan tugabdi?
6.Endi kim ertakni boshidan qayta hikoya qilib beradi?


15- mashg’ulot
Mavzu: Ta’limiy o’yin. "Kim nima qilyapti?"
Maqsad: Suratni tomosha kilar ekan, unda tasvirlangan narsalarga fikr bildirishga, suratdagi harakatlarni o’zlari bajarib ko’rsatishlariga undash. Bolalarning surat bo’yicha ayrim harakatlarni ifadalovchi fe’llar bilan taqlid qilayotgan so’zlarni to’g’ri talaffuz etishlariga erishish.
Vazifa: Bolalarni narsalar va ularning holatlarini tasvirlab berishga o’rgatish
Kutilayotgan natija: Suratda tasvirlangan narsalarga fikr bildira oladilar, suratdagi harakatlarni o’zlari bajarib ko’rsata oladilar.
Mashg’ulotning borishi: Tarbiyachining stolida mazmunli suratlar qo’yilgan.
Mushuk sut ichyapti, qizcha jo’jaga don beryapti, bobo sholg’om tortyapti, bola koptok o’ynayapti, mushuk sut ichyapti, qush uchyapti. Boshqa stolda rasmda tasvirlangan buyumlar, o’yinchoqlar(mushuk, jo’ja, don, qush, sholg’om, sut idish, koptokcha,) turibdi. Tarbiyachi bir bolani chaqiradi. Bola suratdan birini olib, surat haqida gapiradi. Va bolalarga suratni ko’rsatadi. So’ngra stoldagi buyumdan birini olib, (masalan jo’jaga don berish) suratda tasvirlangan harakatni bajaradi. (masalan don sepish) Bolalar suratlar haqida gapirib bo’lgach, o’yinchoqlar bilan mustaqil o’ynashga taklif etiladi. O’yinchoqlar bolalar soniga yetarli bo’lish kerak.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling