O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet15/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Tetiklashtiruvchi mashq
«Otlar» o’yini. Bolalar otlar bo’lib, «otxonada» turishadi(guruh xonasining bir chekkasida stulchalar bilan to’silib «otxona» quriladi) Tarbiyachi shunday deydi: «Tong otdi, hamma otlar sayrga chiqishdi». Bolalar ketma-ket bo’lib, bir-birlarining orqasidan oyoqlarini baland ko’tarib, xuddi otlardek qadam tashlab, xona bo’ylab yuradilar. Tarbiyachining «Otlar uyga» signalini eshitib, bolalar «i-i-i» deb bir-birlarining orqalaridan «otxonaga» tez yuguradilar.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
- Ot toychog’ini qanday chaqirar ekan?
-Sichqon qanday chiyillaydi?
-Mushukcha qanday miyovlaydi?
13- mashg’ulot
Mavzu: «Biz qushlarni qanday ovqatlantiramiz» jamoa tajribasida hikoya tuzish.
Maqsad: Kuzatish xotirasini rivojlantirish. Tarbiyachining hikoyasini diqqat bilan eshitib, hikoyaga qo’shilish: so’z, jumlarni qo’shimcha qilish, tarbiyachi boshlangan jumlalarni tugatish.
Vazifalar: «A» tovushini aniq talaffuz qilishni mashq qilish.
Kerakli jihozlar: Mavzu bo’yicha rasmlar.
Mashg’ulotning borishi
Hozir bolalar qish fasli. Hamma yoqni qor qoplagan. Biz kecha maydonchaga chiqib qordan nimalar qildik? Belkurak bilan qordan yo’laklarni tozaladik. Qordan nimalar yasadik? (qorbobo, qushcha, koptokchalar). Daraxt to’nkasiga o’rnatilgan donxo’rakka qanday qushlar uchib keldilar? (chumchuq, musicha) Biz donxo’rakka nima sepgan edik?(don, non, uvoqlarini) Qushlar nima qilishdi? (cho’qiladi). Qushlar don cho’qilab bo’lgach, bizga qanday raxmat aytishadi? (Chirq – chirq - chirq) deb aytishadi.
Tarbiyachi savol-javobdan so’ng bolalar bilan tetiklashtiruvchi mashq o’tkazadi.
Tetiklashtiruvchi mashq.




Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling