O’zbekistоn Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Namangan shahar xalq ta`limi bo’limiga qarashli 22-umumiy


Download 0.55 Mb.
bet1/4
Sana22.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1287105
  1   2   3   4
Bog'liq
4-sinf. Ona tili.egalik shakli dars ishlanmadoc



O’zbekistоn Respublikasi
Xalq ta`limi vazirligi


Namangan shahar xalq ta`limi
bo’limiga qarashli 22-umumiy
o’rta ta`lim maktabi bоshlang’ich
sinf o’qituvchisi
Abdullayeva Ozodaning
4-sinfda ona tili fanidan ochiq





Namangan shahri
Sinf: 4- sinf.
Dars mavzusi: Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi.
( 187-190- mashqlar)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Otlarning gapda kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, uning nomlari, so‘roqlari va gapdagi vazifasi yuzasidan amaliy bilim berish, gap tuzishda qo‘shimchalardan foydalanish, so‘zlarni ma’no jihatdan bog‘lanishlarini anglashga o‘rgatish; FK1: otning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishini bilish,
Tarbiyaviy: o`quvchilarni tabiat in’om etgan narsalarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga o‘rgatish, komil inson qilib tarbiyalash:
TK5 : o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarda imloviy va husnixat ko`nikmalarini rivojlantirish. FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay oladi.
TK 2: darsda kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish
Dars turi: o`quvchilarning bilim, ko`nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, kichik guruhlar bilan ishlash, “Blits so‘rov”,„Tahlil qolipi“ta’limiy o‘yini, “Lisoniy qolip” metodi .
Dars jihozi: darslik, ko`rgazma, tarqatma materiallar, rasmlar, didaktik materiallar, slaydlar, multimedia.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.

  • Salomlashish.

  • Navbatchi axborotini tinglash.

  • O‘quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish.

  • Diqqatni jamlash mashqlarini bajarish.

Ona tilim, jonu dilim,
Sensan o`zing jon dilim.
Yuragimning qo`rida
Sayrab turgan bulbulim.

  • O‘quvchilarni guruhlarga ajratish va guruh sardorlarini saylash.

  • O‘quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do‘stona kelishuv” qoidalarini eslatib o‘tish.

  • Dars davomida har bir to‘g‘ri javob uchun “Barakalla” deb yozilgan rag‘batlantiruvchi kartochkalar berib boriladi. Dars davomida ko‘p rag‘bat kartochkasi to‘plagan juftlik e’lon qilinadi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling