O’zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi namangan viloyati xalq ta'limi boshqarmasi


HAYVONLAR OYOQ VA BOSHLARI SONINI ANIQLASH HAQIDA MASALALAR


Download 1.86 Mb.
bet6/12
Sana30.04.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1404767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1675150243 XOMIDOVA SHOHIDA OMMALASHTIRISH UCHUN

HAYVONLAR OYOQ VA BOSHLARI SONINI ANIQLASH HAQIDA MASALALAR

  1. Fermer xo`jaligida qo`y va tovuqlar boqilmoqda. Ularning boshlari soni 100 ta, oyoqlari soni 320 ta bo`lsa, fermada nechta qo`y va nechta tovuq parvarish qilinmoqda?

  1. 50 va 50

  2. 60 va 40

  3. 30 va 70

Yechish:


  1. Usuli:

Bunday masalalarni faraz qilish yo`li bilan yechsa bo`ladi. Faraz qilamiz fermada hammasi bo`lib 100 ta tovuq bor deb. Agar tovuqlar 100 ta bo`lsa, oyoqlari soni 200 ta bo`ladi. 100x2=200 Masala shartida oyoqlar soni 320 ta edi. Shuning uchun 320 dan 200 ni ayiramiz. 320-200=120 120 ni 2 (o`zgarmas son) ga bo`lamiz. 120:2=60 (qo`ylar) Bu 60 qo`ylar soni bo`ladi. Agar qo`ylar 60 ta bo`lsa, tovuqlar sonini toppish uchun 100 dan ayiramiz. 100-60=40 (tovuq)
) JAVOB: 60 ta qo`y va 40 ta tovuq bor

TEKSHIRAMIZ:


60x4=240 (ta oyoq)
40x2=80 (ta oyoq)
240+80=320 ( ta oyoq hammasi)
60+40=100 (bosh jonivor)

  1. usuli:

Faraz qilamiz hammasi qo`y deb. 100 ta qo`yda 4 tadan oyoq bo`lganda 400 ta oyoq bo`ladi. 100x4=400 (ta oyoq). 400 dan berilgan oyoqlar sonini ayiramiz. 400-320=80 80 ni har doim 2 (ozgarmas son) ga bo`lamiz. 80:2=40 ( ta tovuq) Qo`ylarni topish uchun 100 dan 40 ni ayiramiz. 100-40=60 ( ta qo`y) JAVOB: 60 ta qo`y va 40 ta tovuq bor
TEKSHIRAMIZ:
40x2=80 (ta oyoq)
60x4=240 (ta oyoq)
240+80=320 ( ta oyoq hammasi)
60+40=100 (bosh jonivor)
ESLATMA: HAR DOIM NIMANI FARAZ QILSANGIZ 2 GA BO`LGANINGIZDAGI SON FARAZ
QILMAGANINGIZDAGI SONI BO`LADI. YA`NI, QO`YNI FARAZ QILSANGIZ 2 GA
BO`LGANINGIZDA CHIQQAN SON TOVUQLAR SONI BO`LADI. YOKI AKSINCHA.

  1. Sobirning dadasi tadbirkor. Dadasi quyon va tustovuqlar parvarishi bilan shug`ullanadi . Jonivorlarning boshlari soni 35 ta, oyoqlari soni 94 ta bo`lsa, fermada nechta quyon parvarish qilinmoqda?

  1. 22

  2. 12

  3. 23

  4. 13

Yechish:
Faraz qilamiz fermada hammasi bo`lib 35 ta tustovuq bor deb. Agar tustovuqlar 35 ta bo`lsa, oyoqlari soni 70 ta bo`ladi. 35x2=70 Masala shartida oyoqlar soni 94 ta edi. Shuning uchun 95 dan 70 ni ayiramiz. 94-70=24 24 ni 2 (o`zgarmas son) ga bo`lamiz. 24:2=12 (quyonlar) Bu 12 quyonlar soni bo`ladi.
Agar quyonlar 12 ta bo`lsa, tovuqlar sonini topish uchun 35 dan ayiramiz. 35-12=23 ta (tustovuq)
JAVOB: 12 ta quyon va 23 ta tustovuq bor
TEKSHIRISH:
12+23=35 (ta bosh)
12x4=48 (ta quyon oyoqlari)
23x2=46 (ta tustovuq oyoqlari)
48+46=94 (ta oyoq)

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling