O’zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi namangan viloyati xalq ta'limi boshqarmasi
Download 1.86 Mb.
|
1675150243 XOMIDOVA SHOHIDA OMMALASHTIRISH UCHUN
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAJM VA SIRTINI TOPISH HAQIDA
PERIMETRNI TOPISH
Shaklning perimetrini toping 13 m 26 m 42 m Yechish: Bu zinaga o`xshagan shakldir. Bunday shakllarni eni va bo`yini topib perimetrni topish formulasiga qo`yiladi. P=(a+b)x2 2+2+2=6 (m) P=(7+6)x2=13x2=26 (m) Shaklning perimetrini toping Yechish: P=(a+b)x2 O`lchamlariga e`tibor berish kerak. ? qo`yilgan tomonini uzunligini topish kerak. Zinaga o`xshagan tomonini o`lchami berilmagan tomonini o`lchamini aniqlash shart emas, chunki qarshisidagi tomon uzunligiga teng, ya`ni bo`yi 6 cm ga teng. 25 mm=2,5 cm 2+2+2+2,5=8,5 cm P=(6+8,5)x2=14,5x2=29 cm Javob: P=29 cm Berigan shakl perimetrini toping. 15 cm 27 cm 30 cm Yechish: Noma`lum tomonlarni aniqlab olinadi. 5-4=1 (cm) 10-8=2 (cm) P=5+10+4+2+1+8=30 (cm) Asli bu ham zinani eslataddigan shakl bo`lganligi va uni eni va bo`yi aniq bo`lganligi uchun perimetr topish formulasiga qo`yib topish qulay. P=(5+10)x2=15x2=30 cm Javob: 30 cm Olchamlari asosida perimetrini toping Yechish: Bu shakl ham zinani eslatadi. Bunday shakllarni eni va bo`yi aniq bo`lsa, formulaga solasiz. Bunda ham hech qanday hisoblash shart emas, chunki eni 880 m, bo`yi 160 m ligi aniq. Shuning uchun formulaga solsangiz kifoya. P=(a+b)x2 P=(160+880)x2=1040x2=2080 cm 2-usuli: Noma`lim tomon aniqlanadi. 160-80=80 (cm) P=160+880+80+420+80+460=2080 cm Javob: 2080 cm HAJM VA SIRTINI TOPISH HAQIDA To‘g‘ri burchakli parallelepiped va kubning sirtini va hajmini topishga oid ma‘lumotlar. Avvalo, parallelepipedni ko‘z oldingizga keltiring. U gugurt qutiga, shkafga o‘xshash shakldir. Parallelopipedning tomonlari to`g`ri to`rtburchakdan iborat bo`ladi. Siz ko‘rib turgan jism parallelepipeddir. Uning 8 ta uchi, 12 ta qirrasi, 6 ta yoqi bor. Kubning esa hamma qirralari teng bo‘ladi. S i r t i y u z a s i n i topish Masala: shu parallelepipedni o‘lchamlari asosida sirti yuzini toping. Yechish: perallelepipedning sirti yuzasini topish formulasidan foydalanamiz. S=2(ab+bc+ac) S=2(3×5+3×2+2×5)=2×31=62 (cm 2) javob:62 cm2 Hamma qirralari teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped kub deyiladi.Uning sirti va hajmini farqlab olaylik. Sirti ilmiy atamalardan emas, oddiy so‘zlar orqali aytadigan bo‘lsak, shkafni hamma tomonini to‘liq bo‘yab chiqsangiz, siz shkafni sirtini bo‘yagan bo‘lasiz. Hajm esa, ko‘z oldingizga to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi akvariumni keltiring. Shuni suv bilan to‘ldirishdir. Misollar yordamida yana ham mustshkamlaymiz. Agar bizga qirrasi 3 cm bo‘lgan kub berigan bo‘lsa, uning sirti yuzasini topish quyidagi formuladan foydalaniladi S=6 a2 6 ni 3 ning kvadratiga ko‘paytiramiz. 3 ning kvadrati 9 chiqadi. 6×9=54 (kv cm) Javob: kubning sirti 54 cm2 ga teng HAJMga oid masalani ko‘rib chiqamiz. Agar to‘g‘ri burchakli parallelepioed hajmini -V, bo‘yini a, enini b, balandligini c harflari bilan belgilasak, quyidagi formula kelib chiqadi: V=a×b×c Masala: parallelepipedning bo‘yi 3 cm, eni 4 cm, balandligi 5 cm bo‘lsa, uning hajmini toping. V=3×4×5=12×5=60 (cm3) javob: 60 cm3. Kubning hajmini topish undan ham oson. V=a3 Kubning qirrasi 3 cm bo‘lsa, uning hajmini toping. V=a3 V=3×3×3=27 cm3 1 ta kub 1 dm3 bo`lsa, shu shaklning hajmini toping 18 dm3 9 dm3 27 dm3 Yechish: V=3x2x2=12 12x1=12 dm3 Kubchalarni sanab chiqsangi ham 12 ta chiqadi Test savollarida it mushukni quvib yetishi kerak, it, quyonni quvib yetishi kerak kabi masalalar berilgan. Shunday masaladan birini ko‘rib chiqamiz. Masala: Bo‘ri bilan it oralig‘i 6 m. Bo‘rining tezligi minutiga 15 m, itning tezligi 13 m bo‘lsa, bo‘ri necha minutda yetib oladi? Yechish: Har doim tezligi kattadan kichigini ayirasiz. Oraliq masofani chiqqan songa bo‘lasiz. Tamom javob shu. 15-13=2m 6÷2=3 (minut) j:3 minut Isbot: 3×15=45 3×13=39 6+39=45 Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling