O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika- matematika fakulteti


Download 1.62 Mb.
bet1/7
Sana20.08.2020
Hajmi1.62 Mb.
#126999
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qilichev Zafar UMUMIY FIZIKA kurs ishi (1.)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

FIZIKA- MATEMATIKA FAKULTETI

FIZIKA VA ASTRONOMIYA O‘QITISH METODIKASI” KAFEDRASI



Fizika- astronomiya o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi

3- “G” guruh talabasi Qilichev Zafarning

Umumiy fizika” fanidan





Mavzu: Yorug‘lik tezligini aniqlash

Ilmiy rahbar: Ochilov Sh.

Bajardi: Qilichev Z.

Navoiy-2020

Оглавление


KIRISH 2

II.ASOSIY QISM 4

1.Yorug‘lik tezligi va uning tabiati 4

2. Yorug‘lik tezligining aniqlash usullari. 6

3. Fizo va Fuko tajribasi. Maykelson tajribasi 17

III. XULOSA 22



IV. Foydalanilgan adabiyotlar 23



KIRISH


Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini takomillashtirish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ta’limga texnologik yondashuvni talab etadi. Bunda bevosita ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat qurilishiga joriy etish, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirishga zarurat mavjud. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan. Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida1”gi qarorida belgilangan vazifalarning samarali yechimini to‘liq ta’minlash maqsadida oliy ta’lim darajasini sifat jihatdan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida oliy ta’lim tizimini 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturga muvofiq, 2017-2021-yillarda 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami 180 ta o‘quv-ilmiy laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy muhandislik infratuzilmalari ob’ektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek 53ta oliy ta’lim muassasasida 400ta o‘quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasida barcha oliy ta’lim muassasalari o‘zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi. Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarini tadbiq etish orqali dars samaradorligini oshirish, eng maqbul pedagogik metodlardan foydalangan holda o‘quvchilarga fan asoslarni sodda va tushunarli, puxta o‘rgatish masalasi ta’lim tizimidagi eng dolzarb muammolardan biridir. Chunki, shiddat bilan rivojlanayatogan bu davrda ta’lim tizimiga ham yangicha yondoshuv zarur, shundagina yetuk malakali kadrlarni tayyorlash imoniyati yanada oshadi.

Ushbu kurs ishida “Muammoli o‘qitish” metodi va kompetentlik tanlab olinib, uning dars samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatilgan hamda undan fizikani o‘qitish jarayonida foydalanish “Yorug‘lik tezligini aniqlash” mavzusi misolida metodik jihatdan ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, bu mavzuni o‘qitishda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, turli ko‘rgazmali materiallardan foydalanish bo‘yicha bir qator namunalar keltirilgan.

Kurs ishini tayyorlash jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar va ularni fizika ta’limi jarayoniga qo‘llash bo‘yicha bir qancha adabiyotlar qiyosiy tahlil etildi va fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib amaliyotda qo‘llash olish ya’ni kompetentlikka alohida e’tibor berildi.

II.ASOSIY QISM

1.Yorug‘lik tezligi va uning tabiati


"Yorug‘lik tezligi" kabi tushunchaning mavjudligi haqida ko‘pchilik bolaligidanoq bilishgan. Ko‘p odamlar yorug‘lik juda tez harakat qilishini bilishadi. Ammo hamma ham bu hodisa haqida batafsil ma'lumotga ega emas.

XIX asrda bir qator ilmiy tajribalar bo‘lib o‘tdi, bu esa bir qator yangi hodisalarni kashf etishga olib keldi. Ushbu hodisalar orasida Hans Oersted tomonidan elektr toki bilan magnit indüksiyon avlodini kashf qilish kiradi. Keyinchalik Maykl Faraday teskari ta'sirni aniqladi, bu elektromagnit indüksiya deb nomlandi. Issak Nyutonning kundalikgidagi ba’zi atamalar bizni qiziqtirdi, masalan, “tabiiy, shaffof, mo‘rt, aql bovar qilmaydigan tosh, sariq rang”. Shu kabi ro‘yxatdan bir qancha umumiy xulosalar kelib chiqadi. Vakuum va boshqa biror muhit chegarasiga tushgan nur muhitda unga o‘tkazilgan normalga yaqinroq bo‘ladi. Gazlarga yorug‘lik nuri tushganda singan nur normalga yaqin bo‘ladi, agar gazning zichligini orttirsak, nur normaldan uzoqlashib boradi. Bir jinsli yoki aralashmali bo‘lgan suyuqliklarda nurning sinishi suyuqliklarning zichligiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Qattiq moddalarda singan nur har doim ham normalga yaqin bo‘lavermaydi.

Kuzatishlardan ma’lum bo‘lganki, yorug‘lik bir jinsli muhitda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqaladi. Yorug‘lik nuri deb, energiya oqimining tarqalish yo‘nalishiga aytiladi.

Yorug‘likning sinishiga global misol sifatida





Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling