O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


-1940 yillardagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy yo’nalishlari


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

1917-1940 yillardagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy yo’nalishlari 
Hamza faoliyati ikki davr-inqilobgacha va inqilobdan keyingi davrlar to’qnashuvida 
o’tgan. 1917 yilgi oktyabr inqilobi natijasida bolsheviklarning yangi hokimiyati 
tomonidan xayriya faoliyatiga chek qo’yilgan va uning manbalarini yo’q qilgan-moddiy 
(shaxsiy mulk) va ma’naviy (din). Katta hajmdagi ijtimoiy muammolarni yechishni esa 
davlat o’z zimmasiga oldi. 
Bu vaqtda barcha joylarda, jumladan O’zbekistonda ijtimoiy tarbiya bo’limlari 
tuzila boshlandi. Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy huquqiy himoyasi bo’yicha muassasalar 
tuzildi, Moskva va Leningrad oliy o’quv yurtlarida ijtimoiy tarbiya tizimi uchun kadrlar 


160 
tayyorlash boshlandi. XX asrning 20-yillarda maktabga moddiy yordam beruvchi 
“komsod” (yordam qo’mitasi) nomli tashkilotlar faoliyat yuritgan. SHuningdek, kam 
ta’minlangan oilalarni moddiy ta’minlovchi “kambag’alik fondlari” ham mavjud bo’lgan. 
V.F.Lubensov tomonidan boshqariladigan K.Libxknet nomli mehnat maktabining 
tuzulishi respublika hayotida muhim voqea bo’ldi. Maktab faoliyatida ijtimoiy 
pedagogik tamoyillar yorqin joy oldi. Karl Libxnet nomidagi tajriba maktab-kommunasi 
Toshkent yaqinidagi 600 ta yetim bolalar tarbiya topgan ilk maktablardandir. Turkiston 
ASR hukumati 1918 yilda maktabga Nikolskoye qishlog’i yonidagi yangi binoni berdi. 
1919/20 yil qish fasli juda og’ir keldi. Isitilmagan xonalarda yashashdi, na chiroq, na 
kerosin bor edi. qiyinchiliklarga qaramay maktab pedagogik jamoasi ijod bilan mashg’ul 
bo’lishni davom ettirdi.. Maktab bayramlarida yosh iqtidorli bolalar chiqish qilishardi. 
O’quvchilar aksariyat vaqtlarini toza havoda, sport bilan shug’ullanish, turli rasmlar 
chizish bilan o’tkazishardi. O’quvchilar kontingentining o’ziga xos xususiyatlarini 
inobatga olibmaktab pedagoglari tarbiya ishini qattiqqo’llik tamoyillari asosida olib 
borishardi. Maktabning o’quv va mehnat faoliyati yorqin ijtimoiy yo’nalishga ega 
bo’lgan. Masalan, “Nihol” to’garagi eng kambag’al aholiga 6000 dona nihol hadya etdi, 
30 dehqonga qishloq xo’jaligi ko’rgazmasida ishtirok etishga ko’maklashdi. “Tozalik” 
to’garagi oziq-ovqatlanishni nazorat qilardi. Suvdan foydalanish, maishiy va qishloqdagi 
sanitar-gigenik sharoitlar. O’quvchilar o’zlari turli fanlardan o’quv qo’llanmalari 
tuzishdi. Jismoniy mehnat o’quv va fakultativ mashg’ulotlar bilan bir vaqtda o’tkazilardi. 
Bahor, yoz va kuzda asosiy tarbiya ishi dala, bog’larda o’tardi. Ular bug’doy, paxta, 
guruch, jo’xori, olma, sabzavotlar yetishtirishardi. Ipakchilik, asalarichilik bilan ham 
shug’ullanishardi. Bunaqa turli xil mashg’ulotlar o’quvchilarda agrotexnik va zootexnik 
ko’nikmalar paydo bo’lishiga olib keldi.
Bolalarning mustaqilligi va mas’uliyatliligini rivojlantirishning yana bir metodi o’z 
o’zini boshqarish tizimi bo’lib, u jamoada muomala qilish ko’nikmalarini to’ldirardi. 
1924 yil maktabda Volga bo’yidagi och bolalar uchun Go’daklar uyi tashkil qilindi. 
Maktab jamoasi barcha moddiy qiyinchiliklarni bartaraf etdi va 1971 yil maktab tajriba 
maktabiga aylandi. Qisqa vaqt mobaynida iqtidorli va qiziquvchan pedagoglar jamoasi 
xizmatlari bilan maktab o’qituvchi kadrlar malakasini oshirish bilan shug’ullanuvchi, 
shahar va qishloq maktablari uchun metodik qo’llanmalar, dasturlar chiqaruvchi 
respublika ilmiy-metodika markaziga aylandi. 
Maktab jamoasi ilk marta “qishloq o’qituvchisining kutubxonasi” nomli metodik 
darsliklar yaratdi. SHuningdek, 1925 yilda V.Lubensovning “Boshlang’ich maktabda 
dars berish metodlari” (o’zbek tilida) nomli kitobi, 1928 yilda V.F.Lubensov va 
N.P.Arxongelov taxriri ostida “Bilim” nomli o’zbek maktabi boshlang’ich sinflari uchun 
ilk xrestomatiya chop etildi. 
1924 yilda O’zSSR tashkil topishi munosabati bilan maktab qoshida o’zbek bolalari 
uchun boshlang’ich maktablar tuzildi. Unda Inoyatov, Mansurov, Usmonov, Rustamov, 
Safarov kabi ajoyib o’qituvchilar dasr berishgan. 
Bu maktab tajribasi nihoyatda qiziqarli bo’lgan va xozirgi ijtimoiy holatda ham 
qo’llash uchun o’rganilishini talab qiladi. 20-30 yillarda ijtimoiy pedagogik tarbiyaning 
asosiy yo’nalishlari quyidagilar bo’lgan: 

savodsizlikni bartaraf etish (ayniqsa ayollarda); 

mehnat tarbiyasi va ta’limni yo’lga qo’yish; 

maktab-internatlarni yaratish; 

ta’limni ishlab chiqarish mehnati bilan birlashtirish. 


161 
O’rganilayotgan davrda nafaqat o’quv yilida balki ta’tillarda ham “yozgi maktab” 
nomi ostida o’tkaziladigan darsdan tashqari o’qish ham rivojlana boshladi. Ilk maktabdan 
tashqari bolalar muassasalari-kutubxona-qiroatxonalar, maktab-teatr jamoalari paydo 
bo’la boshladi. XX asrning 30-yillarda maktabdan tashqari bolalar texnik va qishloq 
xo’jaligi stansiyalari, klublari, kutubxona va teatrlari faoliyat yuritdi. Turli maktab 
to’garaklari yoshlarning ijodini rivojlantirish vositasi sifatida bo’sh vaqtlarini maroqli 
o’tkazishi uchun tashkil qilindi. Aynan shu davrda pedagogik faoliyatini boshlagan 
o’zbek shoiri G`.G`ulomni (1903-1966) tilga olmay iloj yo’q. 1918 yildan G`.G`ulom ilk 
o’zbek maktab-internatlarining ochilishida faol ishtirok etgan va 1943 yilgacha bu 
maktablarda dars bergan. Uning faoliyati bir qator ijtimoiy pedagogik vazifalardan-
savodsizlikka qarshi kurash, kattalar uchun kechki kurslarni tashkil qilish, ta’lim 
berishning ilg’or usullarining qo’llanishi, o’quvchilarning mustaqil badiiy faoliyatiga 
rahbarlik, o’quvchilarda kasb, mehnatga qiziqish uyg’otishdan iborat edi. G`.G`ulom 
oilaviy tarbiyaga katta e’tibor bergan va bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy yuksalishi ota-
onaga bog’liq ekanligini dalillar bilanasoslangan.. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling