O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


) Ijtimoiylashuv jarayoni, ijtimoiylashuv vositalari, ijtimoiylashuv agentlari


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

4) Ijtimoiylashuv jarayoni, ijtimoiylashuv vositalari, ijtimoiylashuv agentlari, 
ijtimoiylashuv mexanizmlari, ijtimoiylashuv omillari. 
Ijtimoiy pedagogika tushunchasining mohiyati 
Sotsiologiya fani jamiyatning o`zini-o`zi anglashida qudratli vositadir. qaysi 
jamiyatda sotsiologiya kuchliroq rivojlansa, bu mana shu jamiyatning o`zini to`laroq 
anglayotgani alomatidir. Sotsiologiya fani inson xulq-atvorini tushunishning aniq va 
favqulodda yorqin istiqbolini ochadi. Sotsioloyani o`rganar ekanmiz, dunyoga o`zimiz 
berayotgan talqindan hayotimizni shakllantirayotgan ijtimoiy ta'sirlarga nazar tashlash 
uchun yuqoriroq o`qtariladi.
Sotsiologiya fani jamiyat va undagi insonlararo, insonlar va ijtimoiy institutlararo 
munosabatlar haqidagi fan sifatida pedagogika faniga juda katta material tayyorlab 
beradi. 
Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan 
esa ijtimoiy pedagogika (lat. Socium-jamiyat) shug`ullanadi. Sotsiologiya- insonning 
ijtimoiy turmushini o`rganish, guruh va jamiyatni o`rganishdir.


173 
Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori- uning predmetidir.
Sotsiologiyaning faoliyat maydoni keng bo`lib, u ko`chada individlarning tasodifiy 
to`qnashuvlaridan to global ijtimoiy jarayonlarni tadqiq qilishgacha bo`lgan sohalarni 
qamrab oladi.
Sotsiologiya bizga o`zimiz haqimizda, o`zimiz yashayotgan jamiyat haqida, 
shuningdek makon va zamonda bizdan uzoq bo`lgan jamiyatlar haqida bilim olish 
imkonini beradi.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga sabab 
bo’lmoqda. YAxshi ma’lumki, har qanday fan inson bilimi sohasi sifatida nazariya va 
amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-birini to’ldirib 
kelishadi va voqelikning mukammallashuviga o’z ta’sirini ko’rsatishadi. Demak, biz
ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida o’rganishimiz lozim. 
Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko’pgina boshqa fanlar (falsafa, matematika, 
biologiya) kabi o’quv fani bo’lib ham xizmat qilishi mumkin. 
O’zbekiston qadimiy tarix va pedagogik an’analarga ega davlat bo’lgani uchun 
qadimdan ijtimoiy pedagogika fanining SHarq mutafakkirlari va diniy arboblar 
asarlarida rivojlanishi asoslari mavjuddir. XIX asrda o’zbek ma’rifatparvarlari, XX 
asrdagi novator pedagoglarning ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy bilimlar 
uchun boy materialni tashkil qiladi. Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy pedagogikaning 
MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to’xtatib qo’shildi. bu ish avvaliga inqilobgacha 
bo’lgan davrda pedagogikadan voz kechish, so’ngra ijtimoiy muammolarni ma’lum 
qilmaslik siyosati bilan amalga oshirilgan bo’lsa, ana shu asosdan kelib chiqib, aytish 
mumkinki, ijtimoiy pedagogika ilmiy nazariy bilimlar va ijtimoiy –pedagogik faoliyatini 
o’rganadi, keyinchalik unga burjuaziya fani sifatida qaralgan. Ijtimoiy pedagogikaning 
tiklanishi faqatgina XX asrning 90-yillarida ro’y berdi. Uning qayta “tug’ulishi” 
ijtimoiy pedagoglarning zamonaviy sharoitlardagi faoliyatlarida, amaliyotda ijtimoiy 
pedagogika fanining yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug’ilgani bilan izohlanadi. Bu 
yerda davlat va jamiyatning faoliyat yuritishining yangi tamoyillari-bozor iqtisodiyoti
raqobat, byudjetdan pul ajratishni kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy 
holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda. SHu bilan birga ijtimoiy hayotni 
demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining kam ta’minlangan 
qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq bundan avvalgi davrning 
nazariya va amaliyotining tizimlashtirilmog’ini bu ikki soha bir-biridan alohida ravishda 
rivojlanishiga sabab bo’ldi va ijtimoiy pedagogika fan sifatida shakllanishiga ta’sirini 
ko’rsatdi. Natijada bugunda ilmning bu sohasini to’liq qamrab oluvchi ta’rif mavjud 
emas. 
Masalan, YU.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs va guruhni tarbiyalash va o’qitish 
nazariya va amaliyoti” deb ta’kidlaydi.
A.V.Mudrikning fikricha ijtimoiy pedagogika-“barcha yosh guruhlar va ijtimoiy 
toifalarni ijtimoiy tarbiyasini o’rganuvchi pedagogikasi”dir. 
V.D.Semenov ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasi fan yutuqlarini 
birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy-tarbiya amaliyotida amalga oshiradi, deb hisoblaydi. 
I.Podlasiyning “Pedagogika” darsligida quyidagicha ta’rif mavjud: “ ijtimoiy 
pedagogika-ijtimoiy 
muhitning 
shaxsni 
shakllantirishga 
va 
ijtimoiy 
tarbiya 
muammolariga ta’siri qonuniyatlarini o’rnatuvchi fan”. 
YU.N.Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning ob’ekti va predmetini aniqlash orqali 
ta’rif bermoqchi bo’lgan. 


174 
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan” 
tushunchasining o’zi inson faoliyatining ob’ektiv bilimlarni tizimlashtirish va ishlab 
chiqishga qaratilgan faoliyati ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy 
mazmuniy jihatini o’rganish “ ijtimoiy pedagogika” atamasining o’ziga e’tibor qaratishni 
talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo’lib, ularni bitta sohaga birlashtirib turadi. Bu 
birlashuv tasodifiy emas va fanda tabaqalashuv va ixtisoslashuvning zamonaviy 
jarayonlariga bog’liq. Pedagogika fanida tabaqalashuv va ixtisoslashuv jarayoni so’nggi 
paytlarda ancha kuchaydi. Ba’zi bir ixtisoslashtirilgan sohalar-maktabgacha pedagogika, 
maktab pedagogikasi, maxsus pedagogikasi, kasb-xunar pedagogikasi, tarix pedagogikasi 
mustaqil ilmiy sohalarga aylanib bo’lishdi. Ularning qatoriga ijtimoiy pedagogikani ham 
kiritsak bo’ladi. 
Ijtimoiy pedagogika pedagogika singari ta’lim-tarbiya jarayoni va hodisalarini 
o’rganadii. Biroq ularni muayyan o’ziga xos yo’nalishlarda o’rganadi. Bu fanning o’ziga 
xos xususiyati “ ijtimoiy” so’zida mujassamlashtiilgan. 
“ Ijtimoiy” (lotinchada sotsialis-umumiy, ijtimoiy) tushunchasi ostida odamlarning 
shakllari, ular o’zaro munosabatlarining turli shakllari bilan bog’liq barcha narsa 
tushuniladi. Bu degani, agar pedagogika o’sib kelayotgan avlodlarning ta’lim tarbiyasi 
haqidagi fan bo’lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning 
jamiyatdagi hayotga qo’shilishiga bog’liq xodisalarni aloxida ajratadi. Bolaning 
jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo’lga kiritishi (bilim, 
qadriyat, yurish-turish qoidalari) ijtimoiylashuv deyiladi. 
SHunday qilib agar biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini bu fanning ob’ekt va 
predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo’lsak quyidagi holat kelib chiqadi. 
Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o’rganish 
predmetlari turlicha. Pedagogikaning o’rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari 
hisoblanadi, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari 
hisoblanadi. SHuni ta’kidlash lozimki, bu ikki fanlarning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay 
natijada ularning o’ziga xos vazifalari tufayli uzoqlashishi ro’y berdi. Umumiy 
pedagogikaning spetsifik vazifasi ta’lim-tarbiyadir. Bola va bolalikni himoya qilish
ijtimoiy pedagogning asosiy kasbi hisoblanadi. 
SHu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o’rganadi, 
insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini ,nimaga bir guruhga 
birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi.
Ijtimoiy pedagogika bu muammolarni biroz boshqacha tarzda, uning ilmiy vazifalariga 
mos ravishda o’rganadi. SHu bilan birga o’z rivojlanishida umumiy pedagogikadan 
ajralib chiqib, u kompleks xarakterga ega bo’ldi. Hozirda uning nazariy va amaliy 
faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari muassasalarda tarbiya va qayta tarbiya, 
bolalar uylari, qariyalar uylarida yashovchilarga g’amxo’rlik, huquqbuzarlar bilan 
ishlash, kabilar kiradi. Ijtimoiy pedagoglar faoliyatning turli sohalari: ekologiya, badiiy 
ijod, sog’lomlashtirish sohalarida ixtisoslashishadi.
SHunday qilib ijtimoiy pedagogika ilmiy tadqiqotlarning intizomiy sohasi 
hisoblanadi. Uning asosi pedagogika, pedagogika tarixi, pedagogik usullar va vositalar 
hisoblanadi. SHu bilan birga ijtimoiylashuv muammolari ijtimoiyogiya tomonidan 
o’rganilganligi sababli ijtimoiy pedagogika ba’zi ijtimoiyogik nazariya, usul va 
vositalardan ham foydalanadi. SHu bilan birga ijtimoiy pedagogika o’zining nazariya, 
uslub, vosita va texnologiyalarini ham ishlab chiqadi. 
YUqorida bayon etilgan isbot dalillar asosida YU.N.Galaguzovaning ta’rifiga juda 
yaqin turuvchi ijtimoiy pedagogikaning eng aniq ta’rifi quyidagicha: 


175 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling