O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

 Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy sub’ektga aylanishi
uning ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir bo’ladi. Bu jarayon 
shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, ijtimoiy 
norma, xulq-atvor namunasi orqali amalga oshadi. 
Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko’p qirrali jarayondir. 
U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. CHunki aynan 
bolalikda asosiy ijtimoiy me’yorlar o’zlashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola 
asta-sekinlik bilan o’zlashtiradi. Agar bola tug’ilgandan keyin asosan oilada rivojlansa
uning keyingi rivojlanishi yangi va yangi muhitlar-maktabgacha ta’lim muassasalari, 
maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko’ngilochar maskanlarda 
kechadi. YOsh ulg’aygan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik 
ko’p muhitlarni o’zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. 
Bola doimo o’zi uchun qulay bo’lgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan 


185 
munosabatda bo’ladigan muhitni izlashga urinadi. SHuning uchun u bir muhitdan boshqa 
muhitga ko’chib yuradi. Muhit bolaning shakllantirishida, uning ijtimoiy tajriba 
to’plashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega.
Muhit tushunchasi turli fan vakillari-sotsiologlar, psixologlar, pedagoglarning 
o’rganish ob’ekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola 
shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini o’rgandilar.
 Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o’rni 
Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit avvalambor bolaning yangi 
muhitlarga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o’rganiladi. SHu nuqtai nazardan inson 
va unga ta’sir qiluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o’zaro munosabati hamkorlik 
xarakteriga ega ekanligi muhimdir. Muhit-inson kirishishi, o’zini qulay sezishi uchun
joylashuvinigina yetarli bilishi lozim bo’lgan ko’cha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, 
muhit bu alohida o’zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan xarakterlanadigan inson 
jamoalari hamdir. SHuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada 
ta’sir qiladi hamda o’zgartiradi va o’z o’rnida muhit ham inson oldiga o’z talablarini 
qo’yadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham 
mumkin. Muhitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga 
qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa bo’ladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda 
tutgan o’rni bilan belgilanadi.
Inson jamiyatda bir vaqtning o’zida bir qancha mavqe’larni egallashi mumkin. 
Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqe’larini egallashi mumkin. Har bir 
mavqe’ insonga muayyan talablarni qo’yadi va shu bilan birga unga bir qancha 
huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlar bilan 
xarakterlanadigan mavqe’i ijtimoiy maqom deyiladi. Insonda tug’ma maqomlar bo’lishi 
mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tug’ilgan joyi, familiyasi va boshqa 
omillar ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday maqomlarga odatda tug’ma maqom deyiladi. 
Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustaqil erishganligiga qarab belgilanadi. 
Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi o’quv 
muassasasida ta’lim olgan va bu soha bo’yicha diplomga ega bo’lgan shaxs erishishi 
mumkin. YUqoridagi maqomni qo’lga kiritilgan maqom desak adashmagan bo’lamiz.
Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda o’zini shu 
maqomdagilar holatiga ko’ra belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam 
muximdir. SHuning uchun inson maqomi bilan belgilanadigan xulq-atvor ijtimoiy rol 
deyiladi. Turli ijtimoiy rollarni o’zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas 
qismi hisoblanadi. Uning murakkabligi jihati shundaki, jamiyatda faqat jamiyat 
tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo’lmasdan ijtimoiy norma va qadriyatlarga mos 
kelmaydigan maqomlar ham mavjud. SHuning uchun bola shakllanishi va rivojlanishi 
jarayonida ham ijobiy ham salbiy rollarni o’zlashtirishi mumkin.
Pozitiv rollarga avvalo oila a’zosining rolini kiritsak bo’ladi. Oilada bola bunday 
rollarning bir nechtasini o’zlashtiradi: o’g’il yoki qiz, aka yoki opa, jiyan, nabira, 
shuningdek bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin.
Bola o’z rivojlanishi davomida o’zlashtiradigan yana bir muhim roli bu jamoa a’zosi 
rolidir. Bolalar bog’chasi va maktabda sport to’garagida tengqurlari bilan muomala 
qilganda bola jamoa a’zosi, o’rtoq, do’st, o’quvchi, yetakchi kabi rollarni o’zlashtiradi. 
Har bir inson iste’molchi rolini bajaradi. CHunki u hayoti mobaynida zarur bo’lgan 
narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim-kechak, kitob va boshqalar. Jamiyat 
insonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola yoshligidayoq 
o’zlashtirishi lozim. 


186 
YAna bir muhim ijtimoiy rol-o’z vatani fuqarosi bo’lish, uni sevish, u bilan 
fahrlanish, vatanparvar bo’lish bilan bog’liqdir. SHu bilan birga bola o’zlashtirishi 
mumkin bo’lgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, litsey 
yoki boshlang’ich kasbiy bilim yurtlarida o’zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi rolini misol 
qilsak bo’ladi. Katta shaharlar ko’chalarida, magazin, bozor, jamoa transportlarida 
tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga ko’nikishgan. O’tgan-
qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida o’g’irlik bilan 
shug’ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi hollarda bo’lsa, ularni bu ishga kattalar 
undashadi.
Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o’zlashtirishi unga ijtimoiy munosabatlarga 
muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. ijtimoiy moslashuv deganda shaxsning
ijtimoiy muhit sharoitlariga ko’nikishi tushuniladi.
Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi 
hisoblanadi. Bu asosan uch yo’nalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va anglash. 
Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va 
vositalarini qo’lga kiritishi, muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, uning 
mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini 
o’zlashtirish sodir bo’ladi. Anglash sohasida o’z “men”i obrazini shakllantirish, o’zining 
ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o’rnini anglash ro’y beradi. Bu jarayonlarning barchasini 
tarbiya tartibga soladi.

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling