O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Oilada ijtimoiy pedagogik yordam shakllari


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Oilada ijtimoiy pedagogik yordam shakllari 
Oilada ijtimoiy pedagogik yordam shakllari muhtojlarga ijtimoiy pedagogik 
yordam uzoq muddatli va qisqa muddatli ish shakllaridan iborat bo’ladi.
Qisqa shakllar ichidan olimlar o’zaro munosabatlarning intervent va muammoli 
modellarini ajratishadi. 
Oila bilan ish yuritishning intervent modeli inqirozli holatda bevosita yordam 
ko’rsatishni ko’zda tutadi. Bu inqirozlar oila hayotidagi o’zgarishlar yoki tasodifiy 
noxush holatlarga bog’liq bo’lishi mumkin. 
Inqirozli holatga qaysi muammolar sabab bo’lganidan qat’iy nazar ijtimoiy 
pedagogning vazifasi bevosita emotsional yordam ko’rsatish orqali stress holatining 
ta’sirini yumshatish va oila kuchlarining inqirozini bartaraf etishga qaratishdir.
Bu holatdagi yordam psixologik, axborot va vositachilik xarakteriga ega bo’lishi 
mumkin.
Muammoli model ham qisqa muddatli ish shakliga tegishli bo’lib, uning muddati
to’rtoydan oshmaydi. Muammoli model oiladagi amaliy vazifalarni yechishga qaratiladi, 
ya’ni model markazida shunday talab turadiki, yordam ko’rsatuvchi mutaxassis shaxslar 
o’z harakatlarini oiladagi muammolarini yechishga yo’naltirishlari kerak. Bu model 
muayyan holatlarda aksar muammolarni odamlarni o’zlari xal qilishlariga asoslanadi.
Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifasi aynan shunday holatlarni yaratishdir, muammoli 
modelning yetakchi metodi yordam ko’rsatuvchi ijtimoiy pedagog va oila o’rtasida 


229 
shartnoma tuzilishidir. SHartnoma tuzilayotganda oilaning vazifasi oldinda turgan 
faoliyatning maqsad va vazifalarini aniqlashdir. Ijtimoiy pedagogning vazifasi esa bu 
maqsad va vazifalarning amalga oshishi uchun yetarli bo’lgan muddatni belgilash. 
SHuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy pedagog va oila o’rtasidagi shartnoma biznes yoki 
nikoh shartnomasiga o’xshamaydi. Bu holatda tomonlar moddiy emas, balki axloqiy 
majburiyatlarga ega bo’lishadi va bu rasmiy hujjat bilan tasdiqlanadi. SHartnoma 
bo’yicha hamkorlik oilani shartnoma shartlarini ishlab chiqishda, qarorlar qabul qilishda 
faol ishtirok etishini ta’minlaydi. O’smirlar va o’spirinlar bilan ishlashda shartnomaning 
tuzilishi ularning mutaxassis bilan munosabatlariga jiddiy xarakter berishi bilan ijobiy 
jihatlarga ega.
Asosan xorij amaliyotida qo’llaniladigan uzoq muddatli ish shakllari psixoijtimoiy 
yondoshuvga asoslanishadi va to’rtoydan ortiq vaqtni talab qiladi.
Psixoijtimoiy yondashuvning asosiy vazifalari biror bir vazifani bajarishga 
odatlantirish qilish orqali oilaviy tizimni o’zgartirish, oilaga ta’sir qiluvchi boshqa 
ijtimoiy tizimlardagi holatlarni o’zgartirishdan iborat. Aynan ijtimoiy pedagogik yordam 
sharoitida patronajning qo’llanilishi maqsadga muvofiq. Patronaj- ijtimoiy pedagogik ish 
shakllaridan bo’lib, unda ijtimoiy pedagog tashhiz, nazorat va reabilitatsiya 
maqsadlarida oilaga tashrif buyuradi. Bu esa oila bilan uzoq muddatli aloqalarni ushlab 
qolishga zamin yaratadi. Patronaj oilani uning tabiiy sharoitlarida kuzatishga imkon 
beradi. Patronajning o’tkazilishi bir qancha tamoyillarga amal qilishni talab qiladi. Bular: 
yordamni ixtiyoriy qabul qilish, konfidensiallik va boshqalar. SHuning uchun oilani 
avvaldan tashrif to’g’risida xabardor qilish lozim.
Patronajlar tanlangan ish strategiyasiga qarab doimiy va bir martalik bo’ladi. 
Doimiy patronajlar avvalambor g’ayri ijtimoiy oilalarga nisbatan qo’llanilishi lozim. 
CHunki ularni doimiy nazorat qilish intizomga chaqiradi. SHu bilan birga vujudga 
kelayotgan inqirozli holatlarni aniqlash imkonini beradi.
Patronaj bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogik faoliyatda oila bilan ish olib 
borishning muhim shakllaridan biri–bu konsultativ suhbat o’tkazishdir. Konsultatsiya 
asosan hayotiy masalalarni hal qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan sog’ odamlarga 
mo’ljallangan. YAkka tarzdagi konsultatsion suhbatlar bilan bir qatorda oila bilan 
ishlashning jamoaviy shakllari-treninglar ham o’tkazilishi mumkin. 
Ijtimoiy pedagogik trening amaliy psixologiyaning jamoaviy psixologik ish olib 
borishni faol metodlaridan foydalanishga asoslangan sohasi sifatida ta’riflanadi.
SHuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda o’tkazilayotgan trening dasturlarining 
maqsadlari kengaydi va trening faqatgina amaliy psixologiya sohasi bo’libgina qolmay,
ijtimoiy pedagogika, ta’lim tizimida ham o’z o’rniga ega bo’ldi. Trening bir qancha 
indevidual va jamoaviy ish olib borish usullarining uyg’unlashuvi bo’lib, ota-onalarning 
psixologik, pedagogik savodxonligini oshirish muammosini xal qilishning eng istiqbolli 
usullaridan biriga aylandi. Bu muammo so’ngi o’n yilliklar davomida o’z global 
ahamiyatini yo’qotmayapti. Ayniqsa ruhiy va jismoniy nuqsonli farzandli oilalarda bu 
muammo nihoyatda keskindir.
Jamoaviy usullar ota-onalarga bir-birlari bilan tajriba almashishi, savollar berishi va 
guruhda qo’llab-quvvatlanish imkonini beradi. Bundan tashqari axborot almashinuvida 
yetakchilik rolini bajarish faollikni oshiradi. YUqoridagi ususllar-konsultativ suhbat
trening ommabop hisoblanib ham qisqa muddatli ham uzoq muddatli shakllarda 
qo’llaniladi.
Oiladagi ijtimoiy pedagogik faoliyat tizimli yondashuvga asoslangan taqdirdagina 
samarali bo’lishi mumkin. U demografiya, ijtimoiyogiya, ijtimoiy psixologiya


230 
pedagogika (oilaning tarbiya funksiyasi), huquq, iqtisod (oila byudjeti), etnografiya, tarix 
va falsafa ma’lumotlarini o’rganishni va ulardan foydalanishni ko’zda tutadi. 
SHunday qilib, zamonaviy sharoitlarda oila turli bilim sohalari: ijtimoiy 
pedagogika, ijtimoiy ish, sog’liqni saqlash va boshqalarning markaziy ob’ektlaridan 
biriga aylanmoqda. CHunki har bir jamiyatning kelajagi o’sha jamiyatdagi oilalardagi 
muammolarni xal qilishga bog’liq.

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling