O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

ham mavjud, unda ota-onalar bola bilan qancha vaqt va qanday o’tkazishadi, ularning 
umumiy ishlari nimalardan iboratligi, vaqtni ota-onalar o’z farzandlari haqida nimalar 
bilishlari haqidagi ma’lumotlar o’z aksini topadi. Masalan-bola nimaga qiziqadi, 
nimalarni o’qiydi, kimlar bilan do’stlashgan, uning sog’ligi qanaqa va sh.k. SHuningdek, 
bu jarayonda bolalarning ham ota-onalari haqida nima bilishlarini aniqlash juda 
muhimdir.
Bundan tashqari, ijtimoiy pedagog oiladagi barcha munosabatlar-kattalarning 
o’zaro munosabati, kattalar va bolalar o’rtasidagi munosabatlarni inobatga olishi muhim 
hisoblanadi. Oilada hamkorlik mavjudmi yoki barcha munosabatlar kattalarning buyrug’i 
asosida quriladimi. Agar bola birinchi sinfga qatnay boshlasa, ijtimoiy pedagog bolaning 
holatini, kim bilan sizlashishi, unga nima yoqishi-yoqmasligini aniqlashi lozim. 
Ijtimoiy pedagog birinchi navbatda, muvaffaqiyatsiz oilalar bilan to’qnash keladi. 
Bularga bola doimiy ota-onalar janjallarida yashaydigan, ota-onasi giyohvand bo’lgan 
oilalar kiradi. Zamonaviy sharoitlar bularga ishsiz oilalarni ham kiritib qo’ydi. 
Ijtimoiy pedagog oilaning turli muammolari bilan duch keladi. Bular: 
-kasal bolalar, nogiron bolalar, 
-nogironlar, nafaqaxo’rlar, qariyalar, 
-foxishabozlik, 
-giyohvandlik, 
-daydi bolalar, 
-ota-onalarning ajralishlari. 
SHubhasiz, ijtimoiy pedagogning oiladagi birinchi vazifasi bu inqirozli 
vaziyatlarni hal qilishdir. Ijtimoiy pedagog oila bilan ish yuritishda uch asosiy rolni 
o’ynaydi: 
Maslahatchi-oilani ota-onalar va bolalarning o’zaro ta’sirining muhimligi haqida 
gapirib beradi, bola tarbiyasi bo’yicha pedagogik maslahatlar beradi. 
Konsultant-oila qonunchiligi masalasi bo’yicha maslahat beradi, mavjud tarbiya 
metodlarini ma’lum qiladi, oilada bolaning me’yorida rivojlanishi va rivojlanishi uchun 
zarur sharoitlarni yaratish usullarini tushuntirib beradi. 
Himoyachi-bola ota-onalari shaxsiyati (giyohvand, aroqxo’r, bolalarga yomon 
munosabat)ning to’liq degratatsiyasiga duch kelganda bolani himoya qiladi. 


227 
Ijtimoiy pedagogning oiladagi faoliyati uch asosiy ijtimoiy pedagogik yordam-
ta’lim, psixologik, vositachilik yordamlaridan iborat. 
Pedagogik yordam o’z ichiga ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ikki yo’nalishini 
oladi: ta’lim olishda va tarbiya olishda yordam. 
Ta’lim olishda yordam oilada vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va 
ota-onalarning pedagogik-madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. 
Ijtimoiy pedagog faoliyati quyidagi masalalar bo’yicha ota-onalarning keng 
yoritishni ko’zda tutadi: 
-ota-onalarning bo’lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik va ijtimoiy-
biologik tayyorgarligi; 
-bolalarda tengdoshlariga nisbatan adekvant munosabatni shakllantirishda ota-onaning 
o’rni; 
-bola tarbiyasida shaxsiy namuna va ota-ona obro’ e’tiborining ahamiyati, 
-oilada turli avlodlarning o’zaro munosabati, bolalarga pedagogik ta’sir usullari, bolalar 
va kattalar orasida ijobiy munosabat shakllantirish. 
Tarbiyada yordamlashish ijtimoiy pedagog tomonidan avvalo, ota-onalar bilan 
ularga maslahat berish orqali, shuningdek esa bola bilan maxsus tarbiyaviy holatlar 
yaratish orqali o’tkaziladi. 
Ijtimoiy pedagogik yordamning psixologik yo’nalishi 2 komponentdan iborat: 
ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash va korreksiya (to’g’rilash).
Qo’llab-quvvatlash qisqa muddatli inqiroz davrida oilada yaxshi muhitni yaratishga 
qaratilgan turli shakldagi stress holatlarini boshdan kechirayotgan oilalarni psixologik 
qo’llab-quvvatlashni ijtimoiy pedagogning qo’shimcha psixologik ma’lumot bo’lganda 
amalga oshiriladi. Bundan tashqari bu ishni psixolog va psixoterapevtlar ham bajarishlari 
mumkin. Agar qo’llab-quvvatlash kompleks tarzida amalga oshirilsa nihoyatda foydali 
bo’ladi. Ijtimoiy pedagog oiladagi shaxslararo munosabatlarni, oilada bolaning tutgan 
o’rnini, oilaning jamiyat bilan aloqasini tahlil qilib muammoni o’rganadi, psixolog esa 
psixologik testlar va boshqa metodlar vositasida oila a’zolarining nizoga olib keluvchi 
ruhiy holatlarini aniqlaydi, psixiatr esa davolash bilan band bo’ladi.
Социал педагогик ёрдам 
Ta'lim
Psixologik
Vositachilik
O`qitish
Tarbiya
Qo`llab-
quvvatlash
Korrеksiya
Tashkil qilish 
Tartibga 
solish 
Axborot bеrish 


228 
SHaxslararo munosabatlarning korreksiyasi asosan oilada bolaga nisbatan ruhiy 
zo’rlik bo’lganda qo’llanadi. Ruhiy zo’rlik bola asab-ruhiy va jismoniy holatining 
buzilishiga olib keladi. YAqin-yaqingacha bu hodisaga yetarli e’tibor berilmagan. 
Bunaqa zo’rlikka bolani qo’rqitish, uni haqorat qilish, g’ururini poymol qilish, ishonchini 
oqlamaslik kiradi. 
Ijtimoiy pedagog oiladagi munosabatlarni shunday korreksiyalashi lozimki, oilada 
tartib va intizomni ta’minlashga qaratilgan barcha choralar bola huquqlari to’g’risidagi 
Konvensiya talablariga asoslanishi lozim. 
Psixoterapiyadan farqli o’laroq korreksiya 
oila ichidagi nizolarni ochib ko’rsatadi. Uning maqsadi oila a’zolariga ular o’rtasidagi 
munosabatlarni bilishga ko’maklashishdir. 
Ijtimoiy pedagogik yordamning vositachilik yo’nalishi uch komponentdan iborat: 
tashkil qilishga yordam, tartibga solishga yordam va axborot berishga yordam.
Tashkil qilishga yordam oilaviy dam olishni tashkil qilishga qaratilgan. Oilaviy dam 
olish o’z ichiga xayriya auksionlari o’tkazish, oilaviy bayramlar, tanlovlar, uy xo’jaligini
yuritish bo’yicha kurslar tashkil qilishdan iborat. 
Tartibga solishga yordam berish muayyan oilaning muammosini hal qilish 
bo’yicha turli muassasa va xizmatlarni faollashtirishdir. Bunday muammolarga: 
1. 
Bolani tarbiyalash uchun boshqa oilaga topshirish, 
2. 
Bolalikka olish, 
3. 
Bolalarni bolalar uylariga joylashtirish kiradi. 
Axborot berishga yordam oilani ijtimoiy himoya masalalari bo’yicha axborot 
bilan ta’minlashga qaratilgan va konsultatitsiya shaklida o’tkaziladi. Masalalar maishiy, 
oilaviy, mehnat, fuqorolik, nafaqa qonunchiligi, bolalar, ayollar, nogironlar huquqlari, 
shuningdek oilaviy nizolarga tegishli bo’lishi mumkin. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling