O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


 – mavzu:  OILADA OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY-PЕDAGOGIK FAOLIYAT


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

8 – mavzu: 
OILADA OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY-PЕDAGOGIK FAOLIYAT. 
VASIYLIK VA HOMIYLIK. 
 
Tayanch tushunchalar: tashxis, ijtimoiy pedagogik tashxis, mikromuhit, 
psixologik tavsif, oila tarbiyasi, pedagogik jarayonlar, shaxsning individual-psixologik 
tavsifi, ijtimoiy pedagogik tekshiruv, oila tashxisi, oila tarbiyasi,marifiy axborotli 
yondoshuv. 
REJA: 
1. 
Jamiyatda oila bajaradigan vazifalar. 
2. 
O’zbekistonda ko’pbolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari, oilaning 
ijtimoiy maqomi 
3. 
Ijtimoiy pedagogning oila bilan ish yuritishi, oilada ijtimoiy pedagogik 
yordam shakllari 
4. 
Ota-ona qaramog’ida bo’lmagan bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish yuritish, 
vasiylik va homiylik 
Jamiyatda oila bajaradigan vazifalar. 
 
Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan taqqoslaganda birinchi 
darajali rolni bajaradi. CHunki, aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy 
qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili insonga butun unum davomida ta’sir 
etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy rollarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. 
Oila insonning o’z-o’zini belgilab olishga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshishiga 
yordam beradi. 
Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda 
O’zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o’z mavqe’ini 
xozirgacha ushlab turibdi. Biroq bu holatdagi oila inqirozi ko’pgina oilalar, shu 
jumladan, o’zbek oilalariga ham ta’sir qiladi. Ko’pbolali o’zbek oilalarida patriarxal
tartibning saqlanishi oiladagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlagan, chunki 
o’zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko’nikmalar avloddan-avlodga o’tib keladi. 
Oila a’zolari sonining qisqarishi, avlodlarning uzoqlashuvi muammosining kuchayishi 
munosabati bilan oilaviy munosabatlarni shakllantirish masalasi borgan sari muhim 
ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Oila bugungi kunda yuksak malakali psixolog,
ijtimoiy pedagog, ijtimoiy ishchilar yordamiga nihoyatda muhtoj bo’lib qolgan. 


223 
Oila ikki yo’nalishda mavjud bo’ladi: kichik ijtimoiy guruh sifatida va ijtimoiy 
institut sifatida. Birinchi holatda u qarindoshlik asosida tuzilgan va birga yashash bilan 
birlashtirilgan hamjamiyatdir. Ikkinchisida esa insonlarning kundalik hayoti kechadigan
ijtimoiy institutdir. 
Inson jamiyatida oila bir nechta vazifalarni bajaradi: 
reproduktiv-homilani davom ettirish bilan bog’liq O’zbekistonda ko’p bolali 
oilalarning mavjudligi bilan bir qatorda oila a’zolari sonining qisqarishi ham 
kuzatilmoqda. Bu hodisalar asosan moddiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, ma’naviy inqiroz, 
yosh oilalarning ota-ona uyidan ajralib chiqishi, tibbiy xizmatning past darajasi, noqulay 
ekologik holat bilan izohlanadi. 
Iqtisodiy-oilaning bir a’zosi tomonidan boshqalar uchun moddiy mablag’lar 
topilishi, voyaga yetmaganlar va qariyalarni moddiy ta’minlash, pul mablag’larini 
to’plash. Zamonaviy bozor munosabatlari mulk to’plash, mulkka ega bo’lish, meros 
masalalarida oilaning iqtisodiy vazifasini faollashuvini talab qiladi. 
Ijtimoiylashuv vazifasi-oila bola shakllanishiga ta’sir qiluvchi birinchi va asosiy
ijtimoiy guruh hisoblanadi. Oilada ota-onalar va bolalarning tabiiy-biologik va ijtimoiy 
aloqalari uzviy bog’lanib keladi. Oila mikromuhit sifatida bolaning ruhiy, jismoniy va 
ijtimoiy rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Oilaning vazifasi bolani asta-sekinlik bilan 
jamiyatga tayyorlashdir. Oilada insonga ta’lim va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy 
qobiliyatlarining rivoji sodir bo’ladi. Aynan oilada bola mehnat va mustaqillikka 
o’rganadi. 
Xo’jalik-maishiy-oila jamiyatning asosiy va doimiy xo’jalik negizidir. Unda oila 
a’zolarining jismoniy holatini bir maromda ushlab turish, kasallar va qariyalarga 
g’amxo’rlik qilish amalga oshiriladi. 
Tarbiyaviy vazifa. Biz bu funksiyani alohida ajratib ko’rsatamiz, chunki u 
bolaning ilk ijtimoiylashuvi jarayonida muhim rol o’ynaydi. Bola shakllanishiga 
shuningdek, atmosfera va iqlimning ta’siri ham bor. Tarbiyaning eng muhim 
vositalaridan biri shaxsiy namunadir. 
Rekreatsion va psixoterapevt funksiyasi. Bu funksiya shunda namoyon bo’ladiki, 
oilada hamma o’zini qulay sezishi lozim. Ruhshunoslar, sotsiologlar, pedagoglarning 
kuzatishlariga ko’ra inson kuchlari oila sharoitida jadal tiklanadi. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling