O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Konformlik va deviant xulq 
Oldingi boblarda odamninng ijtimoiy hayoti me'yor va qoidalar bilan
tartibga solinishi bayon qilingan edi . Odamlar vaziyatga qarab qoidalarga
amal qilmaganda ularning faoliyati xaosga aylanib ketardi, Aytaylik, haydovchilar 
muayyan qoidalarga amal qilishmasa, yqlda mashinalar harakatlanishi mumkin bqlmay 
qolardi. Biz qz hatti-harakatlarimizda amal qiladigan qoidalar ijtimoiy dunyoga 
muntazamlik va tartib baxsh etadi. Lekin odamlarning hamma harakatlari har doim ham
kutilgan ijtimoiy natijalarni beravraydi. Ba'zan haydovchilar yql harakati qoidalariga
yetarli e'tibor bermaydilar, garchi bu hol boshqa odamlarning hayotini xavf ostiga quysa 
ham. Shoshilayotgan paytda yoki alkogolli ichimlik iste'mol qilgan paytda avtomobilni
ehtiyotsizlik va ma'suliyatsizlik bilan boshqarib, qoidani buzishlari mumkin.
Odamlar qzlari amal qilishlari lozim bo`lgan qoidalardan kqpincha chetga 
chiqadilar.
Xulq «og`ishi»ni qrganish- sotsiologiyaning eng qiziq vazifalaridan biridir.
Bu sohani tahlil qilish juda murakkab, chunki ijtimoiy me'yor va qadriyatlar 
qanchalik ko`p bo`lsa, qoidalarni buzish tiplari ham shunchalik ko`p bqladi. Turli 
madaniyatlar me'yorlari bitta jamiyat ichida ham ancha farq qiladi. Shuning uchun bir 
jamiyat uchun oddiy hol hisoblangan narsa boshqasida me'yordan ogish sifatida 
baholanishi mumkin. Masalan, marixuanna chekish- Britaniya madaniyatida og`ish
hisoblanadi, alkogollik ichimlik ichish esa «og`ish» hisoblanmaydi. Yaqin arq
mamlakatlpridp buning mutloqa aksi kuzatiladi. 
 
Og`ish nima? 
Deviatsiya (og`ish)ni guruh yoki jamiyatda ko`pchilik odamlar tomonidan qabul 
qilingan me'yor va me'yorlar yig`indisiga mos kelmaslik deyish mumkin. Xulq-atvorning 
umumiy qoidalarini ko`pchiligimiz buzganmiz. Ko`pchilik kichik o`g`irliklar, masalan, 
do`kondan biror narsaga haq to`lamay olish yoki ishxonadan pochta qog`ozi kabi 
mayda-chuyda narsalarni shaxsiy manfaatlari yqlida foydalanish kabilarga yo`l 
qo`yganmiz.
«Deviant xulq» ga quyidagi misolni keltirish mumkin. Amerikalik milliorder 
Govard Xyuz juda omadli beznesmen edi. U mehnatsevarligi, original fikr yuritishi va 
kutilmagan qarorlar qabul qilgani uchun muvaffaqiyatga erishdi. Uning faoliyati g`arb 
madaniyatining asosiy qadriyatlariga mos edi. Biroq uning xulq-atvoridagi bazi sifatlar 
umum tomonidan qabul qilingan me'yorlarga mos kelmas edi. Hayotining so`ngi yillarini 
u tashqi olmadan ajralib, o`zining lyuks xonasini tark etmay, soch qstirib, paxmoq soqol 
quyib, Injildagi payg`ambarlarga o`xshab o`tkazdi.
X'yuz ayni bir paytning o`zida ishi juda yurishgan biznesmen va xulqi juda 
«og`ib» ketgan odam edi. Ted Bandining «xizmat parvozi» esa buning teskarisi edi.


212 
Sirtdan Ted Bandining turmush tarzi xurmatli fuqaro xulq-atvorining barcha 
me'yorlariga mos kelar edi. Sirtdan qaraganda u shunchaki emas, juda oliy maqtovga 
sazovor turmush kechiraradi. Masalan u sutka davomida stress xolati dagi va o`z joniga 
suiqasd qilish oldida turgan odamlar bilan telefon aloqasini tashkil qilgan samaritiylar 
jamiyatining faol a'zosi edi. Biroq, bu uning bir qator vahshiylarcha qotillik qilishiga 
halaqit bermadi. O`lim xakidagi hukmni e'lon qilishdan avval sudya Bandini katta 
qobiliyatlari uchun maqtadi va u umrini qanday noxush sarf qilganini ta'kidladi.
Bandining taqdiri sirtdan me'yordagi ayot ayni paytda maxfiy og`adigan xatti-harakatlar 
bilan kechishi mumkinligini kqrsatdi. 
Og`ishlar faqat individual xulqda bo`lmay guruh xulqida ham bo`lishi mumkin. 
Misol tariqasida e'tiqodi va turmush tarzi Birlashgan qirollikda istiqomat
qiladiganlarning kiligidan farq qiladigan guruh tomonidan kqplab turiladigan Krishna 
dinini olish mumkin. Bu din 1956 yilda Nyu-Yorkda, Shri Prapxupada Hindistondan 
G`arbda Krishna Ongi tqg`risidagi ta'limotni tarqatish uchun kelganda vujudga keldi.
Uning nomalari asosan giyohvand moddalar iste'mol qiladigan yoshlarga yqllanar va shu 
ta'limotga amal qilinsa, «mudom kqtarinkilik holatida bqlish va adabiy lazzat manbaini 
topish» mumkinligini ovoza qilar edi. Kqchalarda krishnaviylarning raqsga tushish va 
ashula aytishlariga kqnikib qolishdi. Aholi ularga, garchi o`zlarini tutishlari ekstsentrik 
tuyulsa-da, chidam bilan mtsunosabatda bg`ladi.
Krishnalar deviatsiyali submadaniyatga misol bo`ladilar. Bu tashkilot boy bg`lib, 
u qz a'zolarining va unga xayrixoh bo`lganlarning hadyalari hisobiga kun kechiradi.
Me'yorlar va sanktsiyalar Sanktsiya boshqalar tomonidan individ yoki guruh 
xulqiga bildirilgan reaktsiya bqlib, uning maqsadi- mazkur ijtimoiy me'yorning 
bajarilishini kafolatlash. Sanksiyalar pozitiv (konformlik uchun rag`batlantirish) 
yoki negativ (nokonform xulq uchun jazo) bqlishi mumkin. Sanktsiyalar formal yoki 
normal bo`ladi. Formal sanktsiya normalarga rioya qilishni kafolatlaydigan tashkilot 
yoki guruh bqlgan joyda mavjud bo`ladi. Formal sanktsiyalar- nokonformlikka nisbatan 
kamroq uyushgan va ko`pincha o`z-o`zidan kelib chiqadigan reaktsiya. 
Rasmiy sanktsiyalar tiplarining kqpchiligi hozirgi jamiyatda sud va
qamoqxonalar misolidagi jazo tizimlari bilan bog`liq. Politsiya ham jinoyatchilarni 
sudga tortish, ehtimol keyin qamoqxonaga qamash bilan bog`liq tashkilotdir. Yo`l 
qoidalarini buzishning ko`pchiligi jarima yoki haydovchilik huquqidan mahrum qilish 
bilan jazolanadi va bu jazolar haydovchilarning yql qoidalarini buzishi va ayni paytda
politsiyachilarning kqziga ko`rinmasliklari uchun kifoya qiladi. Formal negativ 
sanktsiyalarga jarimalar, qamoqxonalarga qamash va qatl etish kiradi. Pozitiv formal 
sanktsiyalar esa unchalik ko`p emas. Haydovchining avtomobilni namunali haydashini 
rag`batlantirish maqsadida (a'lo haydovchilik uchun yoki bilog`on haydovchi kabi 
unvonlar mukofat sifatida beriladi). Formal pozitiv sanktsiyalar ijtimoiy hayotning 
boshqa sohalarida ham uchraydi: jangdagi jasurligi uchun medall bilan mukofatlash
akademik sohadagi yutuqlar uchun beriladigan daraja va diplomlar, sportdagi ishtiroki 
uchun mukofatlar va boshqalar. Pozitiv va negativ formal sanktsiyalar ijtimoiy hayotda
barcha sohalarning ajralmas qismi hisoblanadi. Pozitiv noformal sanktsiyalar maqtov, 
ma'qullash mazmunidagi jilmayish, yelkaga urib quyish kabi shallarda ifodalanishi 
mumkin.
Negativ noformal sanktsiyalar esa odatda haqorat ohangi, so`kish yoki hayfsan, 
individni namoyishkorona nazarga ilmaslik ko`rinishlarida ifodalanadi. Formal 
sanktsiyalar ancha samarali bo`lsa ham, noformal sanktsiyalar konformlik va me'yorni 
saqlashda fundamental ahamiyatga ega. Dqstlar, oila, hamkasblarining yaxshi 


213 
munosabatini saqlab qolish ehtiyoji, kulgi bo`lish, uyalib qolish, rad etishdan qochish 
odamlarning xulqini kqpincha formal mukofotlar yoki jazolashdan ko`ra ko`proq belgilab 
beradi.
Qonunlar, jinoyatlar va jazolar 
Qonunlar- bu hokimiyat tomonidan fuqarolar amal qilishi uchun belgilab 
qo`yiladigan tamoyil shaklidagi me'yorlar Konformlik namoyish yetmaydigan odamlarga 
qarshi qullanadigan formal sanktsiyalar ham mavjud. qonun bor joyda jinoyat ham 
topiladi, chunki jinoyatni qonunni buzuvchi har qanday xulq deb ta'riflash mumkin.
Sanoatlashtirishgacha bo`lgan yevropada diniy jinoyatlar, hukmdor va 
zodogonlarning mulkiga qarshi jinoyatlar eng og`ir jinoyatlar hisoblangan. Oddiy fuqaro
ikkinchi bir fuqaroni o`ldirishi yuqoridagiday og`ir jinoyat hisoblanmasdi. Bunda 
jabrlanganning qarindoshlariga pul tqlab gunohini yuvgan. Ba'zan esa qurbon 
bo`lganning oilasi aybdorni o`ldirgan.
Qamoqxonalar va jazolar 
Qamoqxonaga qamash uzoq vaqt kriminal xulqni korrektsiya qilish bilan, 
jinoyatchilarni reabilitatsiya qilish va ularni qonunni hurmat qiluvchi fuqarolarga 
aylantirish bilan bog`liq. qamoqxonaga qamash huquqbuzarlarni jazolash va fuqarolarni 
ulardan himoya qilish usulidir. Biroq baribir qamoqxonaga qamash tizimining e'lon 
qilingan tamoyili- kelajakda jamiyatda o`z o`rnini topa olishi uchun individni 
«tuzatish» hisoblanadi. Lekin qamoqxonalar shunday samara beradi deb hisoblab 
bo`lmaydi. Qamoqda jinoyatchilar faqat ozodlikdan emas, daromaddan, jamiyatdan,
oiladan, sobiq do`stlardan, va boshqa shaxsiy buyumlardan ham maxrum bo`ladilar.
Ko`pincha ular liq to`lib ketgan binolarda yashaydilar va talablarni qatiy 
bajarishga majbur bo`ladilar.
Bunday sharoitlarda yashash qamoqxonalardagi mahbuslarni jamiyatdagi xulq-
atvor me'yorlariga ko`niktirish o`rniga ular bilan jamiyat o`rtasiga to`siq qo`yadi.
Ular qamoqxonada o`zlashtiradigan odatlar va xulq-atvor usullari jamiyat ulardan 
umid qilayotganidan mutloqa aksinchadir. Barcha ozod bqlganlarning 60% dan ortig`i 
qayta jinoyatga qul urishi statistik ma'lumotlarga kqra aniqlangan. Jinoiy jazo sifatida 
o`lim jazosi ham qo`llaniladi. qamoqxonalar qayta tarbiyalash uchun tashkil qilinar ekan 
jinoyatchini qldirish bilan uning xulq-atvorini o`zgartirish mumkin emas. O`lim jazosiga 
turlicha qarashlar, munosabatlar mavjud.
Jinoyatchilik darajasi ayollar orasida erkaklar orasidagiga qaraganda ancha past. 
Buning sabablari ijtimoiylashuv sharoitlarining turlichaligi va erkaklarning ko`proq 
uydan tashqaridagi faoliyatga jalb etilganidir.

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling