O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Bolalar uylarida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Bolalar uylarida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish 
Bolalar uylari yosh alomatlariga ko’ra maktabgacha yoshdagi bolalar uylari
maktab o’quvchilari bolalar uylari va turli yoshdagi bolalar uchun bolalar uylariga 
bo’linishi mumkin. 
Bolalar uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. Bolaning normal rivojlanishini ta’minlab beruvchi qulay sharoitlar yaratib berish; 
2. Bolalar sog’ligini saqlash; 
3. Bolaning ijtimoiy himoyasini tibbiy pedagogik va ijtimoiy adaptatsiyasini ta’minlash; 
6. Tarbiyachilar huquq va manfaatlarini himoya qilish; 
7. Bolalarning ta’lim dasturlarini o’zlashtirishi hamda shaxs, jamiyat, davlat manfaati 
yo’lida yetarli ta’lim olish; 
8. Tarbiyalanuvchilarning umumiy madaniyati, hayotga adaptatsiyasini shakllantirish: 
9. Tarbiyalanuvchilarning o’z-o’zini rivojlantirish va belgilab olishehtiyojlarini 
shakllantirish. 
Yetim bolalarni qaramoqqa olish uchun maxsus muassasalar, yyetimxonalar 
mavjud. yyetimxona faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari shundaki, bu muassasa ota-ona 
qaramog’isiz qolgan bolalarning vaqtinchalik yashash joyidir. Ushbu muassasaning 


240 
maqsadi qiyin hayotiy vaziyatlarda qolib ketgan bolalarni vaqtinchalik yashash joyi bilan 
ta’minlash va keyinchalik ularni ijtimoiy institularga joylashtirish.
Mamlakatda ijtimoiy iqtisoiy vaziyatning o’zgarishi bu muassasalarning ko’pgina 
muammolari-bolalar ta’lim-tarbiyasi, adaptiv reabilitatsion muammolarni hal qilishga 
yangi yondoshuvlar ishlab chiqishni talab qiladi.
Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar tarbiyalanayotgan davlat qaramog’i 
muassasalari faoliyatining asosiy maqsadi bu muassasalardagi bolalarning ijtimoiy 
himoyasini ta’minlash, tibbiy reabilitatsion xarakterdagi chora-tadbirlarni amalga 
oshirish, bolalarga ta’lim berishni tashkillashtirishdir.
Bolalar uyi davlat qaramog’idagi bolalarning eng tipik muassasasi hisoblanadi. 
Tarbiyalanuvchilarda 
keng 
qamrovli 
ijtimoiy, 
tibbiy, 
psixologik, 
pedagogik 
muammolarning borligi tufayli bolalar uyida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish 
zaruriyati tug’iladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun kattalar tomonidan e’tibor qaratilmasligi 
jiddiy muammo hisoblanadi. Ularda kattalar bilan hamkorlik qililshga intilish yetarli 
rivojlanmagan. Bolalarnikattalar bilan muloqatga kirishishiga undovchi sabab shuki 
ularni katta odamning o’zi jalb qiladi, bolalar kattalar takliflarini bajonidil qabul 
qilishadi. Bu aloqalarning barchasi kattalrning e’tiborini tortishga qaratilgan bo’ladi. 
Oilalarda yashovchi bolalar va bolalar uylari tarbiyalanuvchilari orasida ayniqsa 
shaxsiy muloqat borasida katta farqlarni kuzatsak bo’ladi. Buning sababi-bolalar uyida 
bola bilan kattalarning muloqot qilishi oiladagidan kamroqdir. Bolalar uyida bolaga 
kattalar kamroq e’tibor qaratishadi, aniqrog’i ularning e’tiborlari bir guruh bolalarga 
qaratilgan bo’ladi. Bolalar uyidagi kattalar o’zgarib turishadi, oilada esa buning aksi 
kuzatiladi. Va nihoyat bolalar uyidagi bolalar va kattalar muloqatining emotsional boyligi 
darajasi oilanikidan pastdir. 
Kichik maktab yoshidagi bolalar tarbiyachilari uchun bolalar uyidagi kundalik 
faoliyati, u yerda yashash rejimini bajarish bilan bevosita bog’liq sabablar yorqin 
namoyon bo’lishi xosdir. Bu yoshdagi bolalarning oiladagi sabablari esa ancha 
sermahsuldir. 
Mativatsion sahaning bunday cheklanganligi bolalar uyida bolalarning yashash sharoitlari 
va ularning kattalar bilan yetarli muloqat qilmasliklariga bog’liq. Bu jihat turli nizoli 
vaziyatlarda ayniqsa yorqin ifodasini topadi: kattalar va bolalar manfaatlarining 
to’qnashuvi, tengdoshlari tomonidan ayblanishi, bolani kattalar va tengdoshlari 
tomonidan tushunilmasligi va hokazo. 
Bu holatda tarbiyalanuvchining xarakteri o’z agressivligi bilan ajralishi mumkin. 
SHunday qilib olimlar bolalar uylari tarbiyalanuvchi shaxsiyatining aqliy, xulq-atvor va 
ehtiyoj sohasini aniqlashdi. 
O’smirlik yoshida bu sabablar o’smirning tengdoshlari orasida o’rnini topishga, 
o’z “men”ining rivojlanishiga muayyan qiyinchiliklar tug’diradi. 
Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining aqliy, xulq-atvor va mativatsion tavsiflariga 
bola sog’ligi bilan bog’liq muammolar ham qo’shiladi. Aslida bolalar uylarida to’liq 
sog’-salomat bolaning o’zi yo’q-aksar bolalar yuqumli kasalliklarga ega. Ular orasida 
nogironlar ham uchrab turadi. Bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga taksikomaniya, 
narkomaniya kabi holatlar xosdir. 
Bolalar uylarida ijtimoiy pedagog boshqa mutaxassislar-tarbiyachilar, psixologlar, 
shifokorlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi. ijtimoiy pedagog faoliyatining 
maqsadi-bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvidir. Bu maqsad quyidagi 
faoliyat turlarida amalga oshiriladi: 


241 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling