O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti
Download 3.66 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAQRIZ
4 Navoiy davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Umumiy pedagogika” kafedrasi katta o’qituvchisi H.B.Aliqulova tomonidan barcha bakalavriat ta’lim yo`nalishi uchun “Ijtimoiy pedagogika” fani bo`yicha tayyorlangan o`quv- uslubiy majmuaga TAQRIZ O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta’lim tizimida ro`y berayotgan o`zgarishlar oliy ta’lim muassasalaridagi barcha o`quv predmetlarining o`qitilishini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu esa yangi tartibdagi o`quv-uslubiy majmualarni yaratishni ham talab etmoqda. “Ijtimoiy pedagogika” fanini o`tishda bo`lajak o`qituvchilarni jamiyatda orqada qolgan yordamga muhtoj bo`lgan shaxslar ongini o`rganish va nazariy yaqindan tanishtirish, ijimoiy pedagogga qo`yilgan talablari, tamoyillari, mazmuni va ijtimoiy tarbiyachining shakllantirishni pedagogik asoslarini o`rgatadi. Mazkur o`quv- uslubiy majmua barcha bakalavriat ta’lim yo`nalishining umumkasbiy fanlari blokidagi “Ijtimoiy pedagogika” fani bo`yicha tuzilgan bo`lib, unda fanning namunaviy dasturi, ishchi o`quv dasturlari, kalendar-tematik rejalari, amaliy mashg’ulot ishlanmalari, ma’ruza matnlari, baholash mezonlari, joriy, oraliq va yakuniy nazorat variant savollari, testlar, referat mavzulari va mashg’ulotlarda pedagogika va axborot texnologiyalarini qo’llash bo’yicha metodik tavsiyalarni o`z ichiga olgan. Majmuada mazkur fanning maqsadi, vazifasi, nazariy va amaliy ahamiyati yetarli darajada yoritilgan. Fanning ta’lim texnologiysidan namunalar keltirilgan, glossariy va foydali maslahatlar berilgan. O`quv uslubiy majmuadagi fanning ishchi o`quv dasturlari namunaviy fan dasturiga, kalendar-tematik rejalar esa ishchi o`quv fan dasturlariga mos keladi. Talabalarning mustaqil ishlari bo`yicha tuzilgan rejalar ham DTS bo`yicha talablariga moslashtirilgan, fanlar bo`yicha tuzilgan savolnomalarda barcha mavzular qamrab olingan. Ushbu o`quv-uslubiy majmuada rejalashtirilgan barcha ko`rsatmalar o`z ifodasini topgan hamda undan ta’lim jarayonida foydalanish mumkin. Navoiy davlat pedagogika instituti “Umumiy pedagogika” kafedrasi dotsenti: S.S.Saitov |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling