O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti
Download 3.66 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAQRIZ
- : F.R.Ro`ziqulov
Kafedra yig`ilishi qaror qiladi:
1. Kafedra mudiri v.b. dots.D.A.Axatova axboroti ma'lumot uchun qabul qilinsin. 2. Umumiy pedagogika kafedrasi professor- o'qituvchilari tomonidan yaratilgan o'quv-uslubiy majmualarni tasdiqlash fakultet o'quv - uslubiy kengashidan so`ralsin tasdiqlansin. Kafedra mudiri: dots.D.A.Axatova. Kotiba: S.Sanayeva 3 Navoiy davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Umumiy pedagogika” kafedrasi katta o’qituvchisi H.B.Aliqulova tomonidan barcha bakalavriat ta’lim yo`nalishi uchun “Iltimoiy pedagogika” fani bo`yicha tayyorlangan o`quv- uslubiy majmuaga TAQRIZ Respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg’unlashtirilgan, jahon andozalari darajasiga mos «milliy modelni» hayotga tadbiq qilishga, ma’naviyatimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan. Bu esa o’z navbatida o’quvchi va talabalarning darsga nisbatan qiziqishlarini orttirishga, mustaqilligi va faolligini rivojlantirishga, tanqidiy tafakkurini o’stirishga qaratilgan interaktiv ta’lim olishlariga ko’mak beruvchi innovatsion usullardan, guruhli ta’lim shakllaridan keng foydalanishimizni talab qiladi. Shu talabdan kelib chiqib oliy ta’lim muassasalaridagi barcha o`quv predmetlarining o`qitilishini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu esa yangi tartibdagi o`quv-uslubiy majmualarni yaratishni ham talab etmoqda. “Iltimoiy pedagogika” fanini o`tishda bo`lajak o`qituvchilarni ta'lim-tarbiya jarayonida shaxs va ijtimoiy ongning o`zaro ta`sirini ijtimoiy pedagogik jihatdan asoslash, ijimoiy muhit va ijtimoiy munosabatlarni ilmiy pedagogik asoslarini o`rgatadi. Mazkur o`quv- uslubiy majmua barcha ta’lim yo`nalishining umumkasbiy fanlari blokidagi “Ijtimoiy pedagogika” fani bo`yicha tuzilgan bo`lib, unda fanning namunaviy dasturi, ishchi o`quv dasturlari, kalendar-tematik rejalari, amaliy mashg’ulot ishlanmalari, ma’ruza matnlari, baholash mezonlari, joriy, oraliq va yakuniy nazorat variant savollari, testlar, referat mavzulari va mashg’ulotlarda pedagogika va axborot texnologiyalarini qo’llash bo’yicha metodik tavsiyalarni o`z ichiga olgan. Majmuada mazkur fanning maqsadi, vazifasi, nazariy va amaliy ahamiyati yetarli darajada yoritilgan. Fanning ta’lim texnologiysidan namunalar keltirilgan, glossariy va foydali maslahatlar berilgan. O`quv uslubiy majmuadagi fanning ishchi o`quv dasturlari namunaviy fan dasturiga, kalendar-tematik rejalar esa ishchi o`quv fan dasturlariga mos keladi. Talabalrning mustaqil ishlari bo`yicha tuzilgan rejalar ham DTS bo`yicha talablariga moslashtirilgan, fanlar bo`yicha tuzilgan savolnomalarda barcha mavzular qamrab olingan. Ushbu o`quv-uslubiy majmuada rejalashtirilgan barcha ko`rsatmalar o`z ifodasini topgan hamda undan ta’lim jarayonida foydalanish mumkin. Navoiy viloyat PKQTMOI rektori p.f.n., dots: F.R.Ro`ziqulov Download 3.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling