O„zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov asarlarida rivoyatlarning qollanilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMIY XULOSA
1 G‟aniyev I., Ibragimov R. Chingiz Aytmatov va XXI asr. Toshkent. Akademnashr. 2013 y, 199 b. 76
Ma‟lumki, muayyan bir xalqning milliy o„ziga xosligi, urf-odatlari, an‟analari va yetakchi fazilatlarini adabiyotda aks ettirishda folklorning o„rni beqiyosdir. Qolaversa, millatning ma‟naviyati uning adabiyotida ko„rinadi, yozma adabiyot esa xalq ijodidan oziqlanadi, bu jarayon folklorizmlar orqali namoyon bo„lar ekan, adabiyotda folklor an‟analarining davom etishini o„rganish hamisha dolzarblik kasb etadi. Har qanday ulkan ijodkorning buyukligi o„zining onabag‟ir folklorini puxta bilishi, uning barhayot an‟analarini ijodiy o„zlashtirish orqali o„lmas asarlar yaratishdagi mahorati bilan belgilanadi. Mana shu jihatdan qaralsa, o„z xalqining folklor xazinasini chuqur bilgan atoqli so„z san‟atkori Chingiz Aytmatov butun ijodi davomida folklor an‟analaridan bahramandlik nafasi bilan qalam tebratdi. Folklor Chingiz Aytmatov ijodining muhim qismi, voqelikning turli qirralarini o„rganishga imkon beruvchi o„ziga xos tayanchdir. Shu bois aytmatovshunoslikda mazkur yo„nalish alohida o„rganiladi. Tadqiqotchilar Ch.Aytmatov ijodida qirg‟iz folklorining barcha katta va kichik eposlari namoyon bo„lishini qayd etish bilan birga, adibning ularga ijodiy yondoshish mahoratini ham e‟tirof etganlar. Ishimizning birinchi bobi “Rivoyatlar talqinida folklorning estetik ahamiyati” deb nomlanib, ikki fasldan iborat. Birinchi fasl: “Rivoyatlarning o‟ziga xos xususiyatlari va asar kompozitsion qurilmasida tutgan o„rni” deb nomlanib, unda rivoyat janri va uning xalq og‟zaki ijodida tutgan o‟rni, boshqa janrlardan farq qiluvchi xususiyatlari, olimlarning bu janrlar tasnifidagi ayrim mulohazalari, shuningdek, folklor va yozma adabiyot munosabatlari, rivoyat va afsonalardan foydalanib yaratilgan bir qancha asarlar, bu boradagi ijodkorlarning mahorati haqida fikr bildirib o‟tdik. Birinchi bobning ikkinchi fasli “Chingiz Aytmatov asarlarida folklor an‟analarining qo‟llanilishi” deb nomlanib, unda yozuvchi Chingiz Aytmatovning ushbu xalqona uslubdan foydalanish prinsiplari, folklordan oziqlanib asar yaratishida asosiy manba bo‟lgan qirg‟iz xalq eposi “Manas”ning ijodiy ahamiyati, yozuvchi ijodida folklor va yozma adabiyot 77
munosabatlari, uni qo‟llash jarayonidagi asosiy manbalar va shu kabilar haqida to‟xtalib o‟tdik. Yozuvchining folklor an‟analaridan ijodiy foydalanishi boshqa ijodkorlardan ko„p jihatlari bilan farqlanib turadi. Adib xalq ijodining inson aql- zakovatini o„tkirlashtiradigan, o„tmish va kelajak o„rtasida ko„prik vazifasini ifodalaydigan rivoyat janriga tayanib jahon adabiyotida an‟anaga aylangan ushbu uslubni o„z asarlarida qo„lladi. U xalq eposi va rivoyatlarida tabiat va inson orasidagi mutanosiblikni ta‟minlash kabi zavol bilmas xislatlariga amal qildi, o„z qahramonlari faoliyatida ularni yetakchi ma‟naviy-ahloqiy mezonlar sifatida muvaffaqiyat bilan qo„lladi. Tadqiqotimizning ikkinchi bobi “Badiiy asar tuzilishida rivoyat va badiiy talqin (“Oq kema” misolida)” deb nomlanib, ushbu bobda adibning “Oq kema” qissasidagi rivoyatlarning qo‟llanilish uslubi, mavzu va mazmun ko‟lami, obrazlar silsilasi bilan munosabati, tarix va zamona aloqalari, barkamol avlod tarbiyasidagi ta‟lim-tarbiyaviy ahamiyati o‟rganildi. Birinchi faslda asarning markazida turuvchi Shoxdor ona bug‟u haqidagi rivoyatni tahlil va tasnif qilgan bo‟lsak, ikkinchi faslda esa qolgan kichik epik rivoyatlarni tadbiq etib o‟tdik. Adib “Oq kema” qissasida o‟zining an‟anaviy uslubidan keng ko‟lamda foydalangan holda rivoyatlarni asar tarkibiga shunday mahorat bilan singdirib yuboradiki, kitobxon rivoyatni asardan xoli ravishda tasavvur qila olmay qoladi. Rivoyatdagi qahramonlarni esa asar obrazlari bilan bir qatorda qabul qiladi. Asarning markazida turuvchi va kulminatsion nuqtasini tashkil etuvchi Ona Bug‟u haqidagi rivoyat tarixiy haqiqat asosida vujudga kelgan bo‟lib, unda qirgiz xalqining milliy qahramoni bo‟lmish Ona bug‟uning jasorati, qudrati, mehr- muhabbati haqidagi qarashlar rivoyatning bosh g‟oyasi sifatida tanlangan. Shuningdek, ushbu rivoyatning atrofida voqeilikni ifodalash vositasi va mantiqiy davomi sifatida “Boyning o‟limi”, bolaning tilidan aytilgan “Shamol”, “Cho„pon qo„shig‟i” va “Chipalak” haqidagi rivoyatlar ham asarga o‟zgacha joziba ta‟minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu rivoyatlar o‟zining badiiy qimmati
78
va didaktik ahamiyati bilan qissa mazmunini yoritib, tarix va zamonaviylik munosabatlarini anglash uchun bir vosita vazifasini o‟taydi. Ishimizning uchinchi bobi “Asrga tatigulik kun” romanining kompozitsiyasi va rivoyatlarning badiiy uyg‟unligi” deb nomlanib, adibning “Asrga tatigulik kun” romanidagi rivoyatlar tahliliga bag‟ishlandi. Birinchi faslda asarning gultoji hisoblangan “Nayman ona va uning manqurt o‟g‟li” haqidagi rivoyat haqida mulohaza qilgan bo‟lsak, ikkinchi faslda bevosita qari otin haqidagi “Raymali og‟a va Begimoy” rivoyatiga to‟xtalib o‟tdik. Chingiz Aytmatov ijodining ilk romani hisoblanmish “Asrga tatigulik kun”da rivoyatlarning badiiy uyg‟unligi va dolzarb ahamiyatga egaligi bilan kitobxon qalbidan abadiy o‟rin egallaydi. Ayniqsa, “Nayman ona va manqurt o‟g‟il” haqidagi rivoyat kishi qalbini junbushga soladi. Birgina manqurt atamasi Aytmatov nomini yana bir karra jahon adabiyotining yuqori cho‟qqisiga ko‟tarilishiga sabab bo‟ldi. Hazrat Alisher Navoiy, Mahmudxo„ja Behbudiy asarlarida tilga olingan “marquq” tushunchasi, ushbu romanda “manqurt” shaklida qo„llanilib, adabiy-badiiy hodisaga – ajdodlari, azaliy qadriyatlarini, demakki, o„zligini yo„qotgan, xotirasizlikka mahkum kimsalarning badiiy ramziga aylandi. Asardagi ikkinchi badiiy epik vosita vazifasini bajaruvchi “Raymali og‟a va Begimoy” haqidagi rivoyat ham Manqurt rivoyatidan badiiy qimmati jihatidan qolishmaydi. Rivoyatdan taraladigan asosiy g‟oya sevgi-muhabbat va uning umrboqiy mavzusidir. Tarixiy rivoyatlar turkumiga mansub ushbu rivoyatda qari otin Raymali og‟a va endigina o‟n to‟qqiz yoshni qoralagan Begimoyning ish- muhabbatlari, ularning fojeaviy sevgisi tarannum etiladi. Xulosa qilib aytganda,
Chingiz Aytmatov ijodida xalq rivoyatlari ulug‟vor falsafiy g‟oyalarni tarannum etish uchun asos bo„lib xizmat qilgan. Adib ijodida folklor an‟analarining qo‟llanilishini tadqiq qilish davomida qo‟yidagilar aniqlandi:
79
1. Chingiz Aytmatov asarlaridagi rivoyatlar yozuvchi ijodiy fantaziyasi mahsuli bo„lmasdan, xalq og‟zaki ijodi manbalari asosida yaratilgan poetic manbalar sirasiga kiradi. 2. Adib rivoyatlardan foydalanish jarayonida ularni aynan qo‟llamay, balki o‟z ijodiy laboratoriyasida qayta ishlab kitobxon xukmiga havola etadi. 3. Chingiz Aytmatov ijodida keltirilgan rivoyatlar asar badiiy tasvir ko„lamini kengaytirib, qahramonlar harakterini chuqurroq ifodalash uchun xizmat qiladi. 4. Yozuvchi folklor syujeti, motiv yoki obrazidan foydalanar ekan, uni yaratayotgan asar badiiy to„qimasiga mahorat bilan singdirib, hayot haqiqatini to„laqonli tasvirlashga harakat qilgani bilan xarakterlanadi. 5. Adib rivoyatlar mazmuni bilan asar voqealarini qiyoslab, yangi ijodiy izlanishlarga qo„l urdi.
Ma‟lumki, san‟at asarlarining kuchini, qimmatini belgilaydigan mezonlardan biri keng kitobxonlar ommasidir. “Agar sening asaring kitobxonlarni hayajonlantirsa, bu baxtdir” – deydi adib Chingiz Aytmatov. Buyuk iste‟dod sohibi o„zi shunday baxtga musharraf bo„ldi va jahon adabiyotining yirik siymosi bo„lib tanildi. Endilikda yigirmanchi asrning ikkinchi yarmi adabiyotida Aytmatov maktabida saboq olmagan, unga taassub qilmagan yosh yozuvchilar topilmasa kerak. Bugungi kunda Chingiz Aytmatovning asarlari kirib bormagan biron-bir xonadon yoki adibning asarlarini o„qimagan kitobxon bo„lmasa kerak. I.G‟ofurovning obrazli so„zlari bilan aytganda Chingiz Aytmatov “dunyoning hamma yog‟idan ko„rinib turgan tog‟. Bu cho„qqini hamma ko„radi, hamma biladi”.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling