O„zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana19.11.2021
Hajmi0.62 Mb.
#175752
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
chingiz aytmatov asarlarida rivoyatlarning qollanilishi

 

 

 

 

                                                           

1

 G‟aniyev I., Ibragimov R. Chingiz Aytmatov va XXI asr.  Toshkent. Akademnashr. 2013 y, 199 b. 



 


76 

 

UMUMIY  XULOSA  

Ma‟lumki,  muayyan  bir  xalqning  milliy  o„ziga  xosligi,  urf-odatlari, 

an‟analari  va  yetakchi  fazilatlarini  adabiyotda  aks  ettirishda  folklorning  o„rni 

beqiyosdir. Qolaversa, millatning ma‟naviyati uning adabiyotida ko„rinadi, yozma 

adabiyot  esa  xalq  ijodidan  oziqlanadi,  bu  jarayon  folklorizmlar  orqali  namoyon 

bo„lar  ekan,  adabiyotda  folklor  an‟analarining  davom  etishini  o„rganish  hamisha 

dolzarblik kasb etadi. 

Har qanday ulkan ijodkorning buyukligi o„zining onabag‟ir folklorini puxta 

bilishi,  uning  barhayot    an‟analarini  ijodiy  o„zlashtirish  orqali  o„lmas  asarlar 

yaratishdagi mahorati bilan belgilanadi. Mana shu jihatdan qaralsa, o„z xalqining 

folklor xazinasini chuqur bilgan atoqli  so„z  san‟atkori Chingiz Aytmatov  butun 

ijodi  davomida  folklor  an‟analaridan  bahramandlik  nafasi  bilan  qalam  tebratdi. 

Folklor  Chingiz  Aytmatov  ijodining  muhim  qismi,  voqelikning  turli  qirralarini 

o„rganishga imkon beruvchi o„ziga xos tayanchdir.  Shu bois aytmatovshunoslikda 

mazkur yo„nalish alohida o„rganiladi. Tadqiqotchilar Ch.Aytmatov ijodida  qirg‟iz 

folklorining  barcha  katta  va  kichik  eposlari  namoyon  bo„lishini  qayd  etish  bilan 

birga, adibning ularga ijodiy yondoshish mahoratini ham e‟tirof etganlar. 

Ishimizning  birinchi  bobi  “Rivoyatlar      talqinida    folklorning  estetik 

ahamiyati”  deb  nomlanib,  ikki  fasldan  iborat.  Birinchi    fasl:  “Rivoyatlarning  

o‟ziga  xos  xususiyatlari  va  asar  kompozitsion  qurilmasida  tutgan  o„rni”  deb 

nomlanib,    unda    rivoyat  janri  va  uning  xalq  og‟zaki  ijodida  tutgan  o‟rni,  boshqa 

janrlardan  farq  qiluvchi  xususiyatlari,  olimlarning  bu  janrlar  tasnifidagi  ayrim 

mulohazalari,  shuningdek,  folklor  va  yozma  adabiyot  munosabatlari,  rivoyat  va 

afsonalardan  foydalanib  yaratilgan  bir  qancha  asarlar,  bu  boradagi  ijodkorlarning 

mahorati  haqida  fikr  bildirib  o‟tdik.  Birinchi  bobning    ikkinchi  fasli  “Chingiz 

Aytmatov  asarlarida    folklor  an‟analarining  qo‟llanilishi”  deb  nomlanib,  unda 

yozuvchi Chingiz Aytmatovning ushbu xalqona uslubdan foydalanish  prinsiplari, 

folklordan  oziqlanib  asar  yaratishida  asosiy  manba  bo‟lgan  qirg‟iz  xalq  eposi 

“Manas”ning  ijodiy  ahamiyati,  yozuvchi  ijodida  folklor  va  yozma  adabiyot 




77 

 

munosabatlari,  uni  qo‟llash  jarayonidagi  asosiy  manbalar    va  shu  kabilar  haqida 



to‟xtalib o‟tdik. 

Yozuvchining 

folklor  an‟analaridan  ijodiy  foydalanishi    boshqa 

ijodkorlardan ko„p jihatlari bilan farqlanib turadi.  Adib  xalq ijodining inson aql-

zakovatini  o„tkirlashtiradigan,  o„tmish  va  kelajak  o„rtasida  ko„prik  vazifasini 

ifodalaydigan  rivoyat  janriga  tayanib  jahon  adabiyotida  an‟anaga  aylangan  ushbu 

uslubni  o„z  asarlarida  qo„lladi.  U  xalq  eposi  va  rivoyatlarida  tabiat  va  inson 

orasidagi mutanosiblikni ta‟minlash  kabi zavol bilmas xislatlariga amal qildi, o„z 

qahramonlari    faoliyatida  ularni  yetakchi  ma‟naviy-ahloqiy  mezonlar  sifatida 

muvaffaqiyat  bilan qo„lladi.  

Tadqiqotimizning  ikkinchi  bobi  “Badiiy  asar  tuzilishida  rivoyat  va  badiiy 

talqin  (“Oq  kema”  misolida)”  deb  nomlanib,  ushbu  bobda  adibning    “Oq  kema” 

qissasidagi rivoyatlarning qo‟llanilish uslubi, mavzu va mazmun ko‟lami, obrazlar 

silsilasi bilan munosabati, tarix va zamona aloqalari, barkamol avlod tarbiyasidagi 

ta‟lim-tarbiyaviy  ahamiyati    o‟rganildi.  Birinchi  faslda  asarning    markazida 

turuvchi  Shoxdor  ona  bug‟u  haqidagi  rivoyatni  tahlil  va  tasnif  qilgan  bo‟lsak, 

ikkinchi faslda esa qolgan kichik epik rivoyatlarni tadbiq etib o‟tdik.  

Adib  “Oq  kema”  qissasida  o‟zining  an‟anaviy  uslubidan  keng  ko‟lamda 

foydalangan  holda  rivoyatlarni  asar  tarkibiga  shunday  mahorat  bilan  singdirib 

yuboradiki,  kitobxon  rivoyatni  asardan  xoli  ravishda  tasavvur  qila  olmay  qoladi. 

Rivoyatdagi  qahramonlarni  esa  asar  obrazlari  bilan  bir  qatorda  qabul  qiladi. 

Asarning markazida turuvchi va kulminatsion nuqtasini tashkil etuvchi  Ona Bug‟u 

haqidagi  rivoyat  tarixiy  haqiqat  asosida  vujudga  kelgan  bo‟lib,  unda    qirgiz 

xalqining  milliy  qahramoni  bo‟lmish  Ona  bug‟uning  jasorati,  qudrati,  mehr-

muhabbati  haqidagi  qarashlar  rivoyatning  bosh  g‟oyasi  sifatida  tanlangan. 

Shuningdek,  ushbu  rivoyatning  atrofida  voqeilikni  ifodalash  vositasi  va  mantiqiy 

davomi sifatida “Boyning o‟limi”, bolaning tilidan aytilgan   “Shamol”, “Cho„pon 

qo„shig‟i”  va    “Chipalak”    haqidagi  rivoyatlar  ham  asarga  o‟zgacha  joziba 

ta‟minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  Bu rivoyatlar o‟zining badiiy qimmati 



78 

 

va  didaktik  ahamiyati  bilan  qissa  mazmunini  yoritib,  tarix  va  zamonaviylik 



munosabatlarini anglash uchun bir vosita vazifasini o‟taydi.  

Ishimizning uchinchi bobi “Asrga tatigulik kun” romanining kompozitsiyasi 

va rivoyatlarning badiiy uyg‟unligi” deb nomlanib,  adibning “Asrga tatigulik kun” 

romanidagi  rivoyatlar  tahliliga    bag‟ishlandi.    Birinchi  faslda  asarning  gultoji 

hisoblangan  “Nayman  ona  va  uning  manqurt  o‟g‟li”  haqidagi  rivoyat  haqida 

mulohaza qilgan bo‟lsak, ikkinchi faslda bevosita qari otin haqidagi “Raymali og‟a 

va Begimoy” rivoyatiga  to‟xtalib o‟tdik.  Chingiz Aytmatov ijodining ilk romani 

hisoblanmish “Asrga tatigulik kun”da  rivoyatlarning badiiy uyg‟unligi va dolzarb 

ahamiyatga  egaligi  bilan  kitobxon  qalbidan  abadiy  o‟rin  egallaydi.  Ayniqsa, 

“Nayman ona va manqurt o‟g‟il” haqidagi rivoyat kishi qalbini junbushga soladi. 

Birgina  manqurt  atamasi  Aytmatov  nomini  yana  bir  karra      jahon  adabiyotining 

yuqori  cho‟qqisiga  ko‟tarilishiga  sabab  bo‟ldi.  Hazrat  Alisher  Navoiy, 

Mahmudxo„ja  Behbudiy  asarlarida  tilga  olingan    “marquq”  tushunchasi,  ushbu 

romanda “manqurt” shaklida qo„llanilib, adabiy-badiiy hodisaga – ajdodlari, azaliy 

qadriyatlarini,  demakki,  o„zligini  yo„qotgan,  xotirasizlikka  mahkum  kimsalarning 

badiiy ramziga aylandi. 

Asardagi ikkinchi badiiy epik vosita vazifasini bajaruvchi “Raymali og‟a va 

Begimoy”  haqidagi  rivoyat  ham  Manqurt  rivoyatidan  badiiy  qimmati  jihatidan 

qolishmaydi.    Rivoyatdan  taraladigan  asosiy  g‟oya  sevgi-muhabbat  va  uning 

umrboqiy    mavzusidir. Tarixiy  rivoyatlar turkumiga  mansub  ushbu rivoyatda qari  

otin  Raymali  og‟a  va  endigina  o‟n  to‟qqiz  yoshni  qoralagan  Begimoyning  ish-

muhabbatlari, ularning fojeaviy sevgisi  tarannum etiladi. 

Xulosa qilib aytganda,

 

Chingiz Aytmatov  ijodida xalq rivoyatlari  ulug‟vor  

falsafiy g‟oyalarni tarannum etish uchun asos  bo„lib xizmat qilgan. Adib ijodida 

folklor    an‟analarining  qo‟llanilishini  tadqiq  qilish  davomida  qo‟yidagilar 

aniqlandi:  



79 

 

1.  Chingiz  Aytmatov  asarlaridagi  rivoyatlar  yozuvchi  ijodiy  fantaziyasi 



mahsuli bo„lmasdan, xalq og‟zaki ijodi manbalari asosida yaratilgan poetic 

manbalar sirasiga kiradi. 

2.  Adib rivoyatlardan foydalanish jarayonida ularni aynan qo‟llamay, balki o‟z 

ijodiy laboratoriyasida qayta ishlab kitobxon xukmiga havola etadi.  

3.  Chingiz Aytmatov ijodida keltirilgan rivoyatlar  asar badiiy tasvir ko„lamini 

kengaytirib,  qahramonlar    harakterini  chuqurroq  ifodalash  uchun  xizmat 

qiladi.  

4.  Yozuvchi  folklor  syujeti,  motiv    yoki  obrazidan  foydalanar  ekan,  uni 

yaratayotgan    asar  badiiy  to„qimasiga  mahorat  bilan  singdirib,  hayot 

haqiqatini to„laqonli tasvirlashga harakat qilgani bilan xarakterlanadi.  

5.  Adib  rivoyatlar  mazmuni  bilan  asar  voqealarini  qiyoslab,  yangi  ijodiy 

izlanishlarga qo„l urdi.  

 

Ma‟lumki,  san‟at  asarlarining    kuchini,  qimmatini  belgilaydigan 



mezonlardan biri keng kitobxonlar ommasidir. “Agar  sening asaring kitobxonlarni 

hayajonlantirsa, bu baxtdir” – deydi adib Chingiz Aytmatov. Buyuk iste‟dod sohibi 

o„zi  shunday  baxtga  musharraf    bo„ldi  va    jahon  adabiyotining    yirik    siymosi 

bo„lib tanildi. Endilikda yigirmanchi asrning ikkinchi yarmi adabiyotida  Aytmatov 

maktabida  saboq  olmagan,  unga  taassub  qilmagan  yosh    yozuvchilar  topilmasa 

kerak.  Bugungi  kunda  Chingiz  Aytmatovning  asarlari  kirib  bormagan  biron-bir 

xonadon  yoki  adibning  asarlarini  o„qimagan  kitobxon  bo„lmasa  kerak. 

I.G‟ofurovning  obrazli  so„zlari  bilan  aytganda  Chingiz  Aytmatov  “dunyoning 

hamma  yog‟idan  ko„rinib  turgan  tog‟.  Bu  cho„qqini  hamma  ko„radi,  hamma 

biladi”.  

 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling