O„zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana19.11.2021
Hajmi0.62 Mb.
#175752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
chingiz aytmatov asarlarida rivoyatlarning qollanilishi

  

 

I fasl. “Nayman ona va manqurt o„g‟il” haqidagi rivoyatning badiiy qimmati 



II  fasl.  “Raymali  og‟a  va  Begimoy”  rivoyatida    sevgi-muhabbatning  tarannum 

etilishi 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 



KIRISH 

 

MAVZUNING  DOLZARBLIGI.  Ma‟lumki,  istiqlol  yillarida  xalqimiz 

ijtimoiy  hayotining  hamma  sohalarida  tub  burilishlar  jarayoni  boshlandi.  Bu 

davrda  milliy-ma‟naviy  qadriyatlar  tiklanib,  barkamol  avlodni  tarbiyalash, 

mustaqillik mafkurasini yoshlar shuuriga singdirish  kabi masalalar davlat siyosati 

darajasiga  ko„tarildi.  Bu  o„z  navbatida  ilm-fanning  boshqa  sohalari  qatori 

adabiyotshunosligimiz  oldiga  ham  ulkan  va  mas‟uliyatli  vazifalar  qo„ydi.  

Hayotimizning  barcha  sohalari  qatori  milliy  adabiyotimiz  tom  ma‟noda 

yangilanish  va  yuksalish  jarayonlarini    boshdan  kechirdi.  Prezidentimiz  Islom 

Karimov  tomonidan  olib  borilayotgan  davlat  siyosatida  ham  adabiyot  va 

ma‟naviyat  masalasiga  alohida    e‟tibor  qaratilayotgani  barchamizga  ayon. 

“Bugungi  murakkab  va  tahlikali  zamonda  yozuvchining  bashariyatning  ertangi 

kunini o„ylab, odamlarni ezgulikka, insof-diyonat, mehr-oqibat va bag‟rikenglikka 

da‟vat  etishga  qaratilgan  haroratli  so„zi  har  qachongidan  ham  muhim  ahamiyat 

kasb  etmoqda”

1

  deb  yozadi    Prezidentimiz  Islom  Karimov.  Darhaqiqat, 



adabiyotimizning  oldiga  qo„yilgan  asosiy  maqsad    ham  so„z  sehri  ila  insonlarni 

ezgulikka  chorlashdir.  Ayniqsa,  badiiy  adabiyotda  xalqning  ijtimoiy  hayoti, 

ma‟naviy-ahloqiy  turmushini  tasvirlashda,  hozirgi  kunda  yosh  avlodni  ruhan 

sog‟lom,  ajdodlar  merosini  qadrlaydigan  qilib  tarbiyalashda  folklorning  o„rni 

nihoyatda  ahamiyatlidir.  Xalqimizning  turmush  tarzi,  betakror  milliy  an‟analari, 

urf-odatlari,  tabiat  va  jamiyatga  bo„lgan  munosabati  folklor  asarlarida  o„z  aksini 

topgan.  Mamlakatimiz    hududida  asrlar  davomida  yaratilgan  xalq  og‟zaki  ijodi 

durdonalari  har  bir  avlod  ijodkorlari  tomonidan  yangilanib,  boyitilib,  badiiy 

jihatdan  yanada  takomillashtirilib  kelingan.  Hozirgi  davrda  yozma  adabiyot  va 

xalq og‟zaki ijodining o„zaro munosabatlarini o„rganish adabiyotshunoslikning eng 

muhim yo„nalishlaridan biri hisoblanadi. 

Jahon  adabiyoti  namoyondalari  folklor    asarlaridan  bahra  olib,  ulardagi 

yuksak umuminsoniy g‟oyalardan ta‟sirlanib, badiiy barkamol asarlar yaratishgan. 

                                                           

1

 Karimov I. Adabiyotga e‟tibor – ma‟naviyatga, kelajakka e‟tibor. Toshkent: O‟zbekiston, 2009. 12-b.



 


 

Har bir yozuvchi yoki shoir xalq og‟zaki ijodining rang-barang janrlariga murojaat 



qilib, badiiy obraz va xarakter yaratishga  harakat qiladi. Shu bois, biror-bir shoir 

yoki  yozuvchi  ijodi  o„rganilganda,  folklorga  xos  uslub,  syujet,  obraz  va  tasviriy 

vositalar  yaqqol  ko„zga  tashlanadi.  Muayyan  yozuvchi  ijodi  misolida  folklor 

an‟analari  muammosini  tadqiq  etish  –  o„sha  davr  adabiy  jarayonini,  muallifning 

individual uslubi va mahoratini oydinlashtirishga imkon beradi. Qolaversa, har bir 

shoir yoki yozuvchi xalq og‟zaki ijodi namunalarini  yangicha talqin qilib, o„ziga 

xos  badiiy-estetik  dunyosini  shakllantiradi

1

.  Shu  sababli  yozuvchi  ijodini  folklor 



bilan  uzviy  aloqadorlikda  o„rganish  masalaning  naqadar  muhim  va  dolzarbligini 

ko„rsatadi.  

O„ziga  xos  poetic  uslubga  ega  bo„lgan  adibimiz  Chingiz  Aytmatov  ijodi 

butun dunyo ahlini o„zining haroratli so„zi ila  hayratga soldi. Yozuvchi ijodining 

originalligi  u  xalq  og‟zaki  ijodining  badiiy  unsurlaridan  unumli  foydalanib, 

insonlarni ezgulikka, bashariyatni esa ogohlikka da‟vat etishi bilan xarakterlanadi. 

Prezidentimiz  I.Karimov  ta‟biri  bilan  aytganda:  “Chingiz    Aytmatov 

voqelikni 

badiiy 

obrazlarda 

yorqin 

aks 


ettirib, 

his-tuyg‟ularimiz 

va 

kechinmalarimizga  teran  ta‟sir  o„tkazib,  o„z  asarlari  bilan  jahon  adabiyoti 



xazinasiga  ulkan  hissa  qo„shgan  adibdir.  U  o„zining  butun  hayoti  va  ijodi  bilan 

xalqlar  do„stligi  va  hamjihatligi,  madaniyatlarning    bir-birini  o„zaro  boyitishi 

hamda  ma‟naviy  qadriyatlarning    rivojlanishi  uchun  kurashib    keldi.  Chingiz 

Aytmatov o„zbek xalqiga hamisha do„st-u qadrdon edi va shunday bo„lib qoladi. U 

o„z  vatanida  sadoqat  hamda  fidoyilik  bilan  xizmat  qilish  timsoli  sifatida 

xotiramizda mangu yashaydi”

2




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling