O„zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Navoiy davlat pedagogika instituti Magistratura bo`limi O`zbek tili va


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/21
Sana19.11.2021
Hajmi0.62 Mb.
#175752
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
chingiz aytmatov asarlarida rivoyatlarning qollanilishi

Navoiy davlat pedagogika instituti Magistratura bo`limi O`zbek tili va     

adabiyoti    mutaxassisligi   bitiruvchisi Bobomurodova Dilfuzaning  

„Chingiz Aytmatov asarlarida rivoyatlarning qo`llanilishi („Asrga 

tatigulik kun“ va „Oq kema“  misolida)“   mavzusidagi magistrlik 

dissertatsiyasiga Navoiy konchilik kolleji direktori f.f.n U.Sattorovning   

                                                  T A Q R I Z 

 

Ma‟lumki,  jahon  adabiyoti  namoyondalari  folklor  asarlaridan  ilhom  olib, 



ajdodlarimiz  dunyoqarashi,  jamiyat  va  tabiatga  munosabati,  kundalik  hayoti  va 

ruhiy kechinmalarini o‟z asarlarida aks ettirishga harakat qilganlar.  

 

Afsona  va  rivoyatlar  syujetidan  foydalangan  holda  badiiy  asar  yaratish 



qirg‟iz adibi Chingiz Aytmatovning asarlarida ko‟zga tashlanadi. 

 

Ushbu  magistrlik  dissertatsiyasi  “Chingiz  Aytmatovning  asarlarida 



rivoyatlarning  qo‟llanilishi”  deb  nomlanib,  ish  Kirish,  3  asosiy  bob,  xulosa  va 

foydalanilgan  adabiyotlar  ro‟yhatidan  iborat.  Kirishda  mavzuning  dolzarbligi, 

o‟rganilish darajasi, maqsad va vazifalari, ilmiy yangiligi kabi an‟anaviy masalalar 

yoritilgan.  

Ishning  I  bobi  “Rivoyatlar  talqinida  folklorning  estetik  ahamiyati”  deb 

nomlangan bo‟lib, bunda tadqiqotchi rivoyat janri, uning o‟ziga xos xususiyatlari, 

asar  kompozitsiyasida  tutgan  o‟rni,  folklor  an‟analarini  qo‟llashda  Chingiz 

Aytmatov mahorati kabi masalalar yoritilgan.  

 

Ishning  II  bobi  “Badiiy  asar  tuzilishida  rivoyat  va  badiiy  talqin”  deb 



nomlanib,  bunda  dissertant  “Oq  kema”  qissasidagi  voqealarni  rivoyatlar  bilan 

uzviy aloqadorligini ko‟rsatib berishga harakat qilgan. 

 

“Asrga  tatigulik  kun”  romanining  kompozitsiyasi  va  rivoyatlarning  badiiy 



uyg‟unligi,  “Nayman  ona  manqurt  o‟g‟il”  haqidagi  rivoyatning  badiiy  qimmati, 

“Raymali og‟a va Begimoy” rivoyatida sevgi-muhabbatning tarannum etilishi kabi 

masalalar ishning III bobi mazmunini tashkil qiladi.  



83 

 

Tadqiqotchi  mazkur  magistrlik  dissertatsiyasida  tadqiqotning  barcha 



talablariga  amal  qilgan.  Dissertatsiya  nazariy  fikrlar  bilan  boyitilgan.  Chuqur 

mulohaza va ilmiy qarashlar esa dissertantning qobiliyatidan darak beradi.  

 Mazkur  magistrlik dissertatsiyasi DAK talablariga to`liq  javob  beradi va  

uni himoya qilish uchun tavsiya qilish mumkin deb hisoblayman. 



 

 

Taqrizchi:   



 

             

f.f.n. U.Sattorov 

 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling