O„zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana19.11.2021
Hajmi0.62 Mb.
#175752
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
chingiz aytmatov asarlarida rivoyatlarning qollanilishi

Tadqiqot  ishining  tuzilishi.  Dissertatsiya  kirish,  uch  bob,  xulosa  va 

foydalanilgan adabiyotlar ro„yhatidan iborat. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

I BOB. 



RIVOYATLAR   TALQINIDA  FOLKLORNING                      

ESTETIK AHAMIYATI 

 

I FASL. 

Rivoyatlarning  o‟ziga xos xususiyatlari va asar kompozitsion 

qurilmasida tutgan o„rni

 

Uzoq  o„tmish  tarixga  ega  bo„lgan  xalqimiz  o„zining    boy  adabiy  merosi, 

bitmas  tuganmas  xalq  og‟zaki  ijodiga  ega.  Ana  shu  badiiy  merosning    bevosita 

shuhrat  qozonishida  yuksak    umuminsoniy      g‟oyalar  bilan  sug‟orilgan    folklor 

an‟analarining  o„rni  beqiyosdir.  Ma‟lumki,  folklor  asarlarida  xalqning  milliy 

o„tmishi,  ma‟naviy-axloqiy  dunyosi,  estetik  qarashlari,  marosim  va  urf-odatlari, 

e‟tiqodiy  qarashlari  o„zining    to„laqonli    ifodasini  topadi.  Xalqimizning  o„tmish 

tarixi,  ulug‟  siymolarning  hayot  yo„li  va  ezgu  ishlari,  ajdodlarimiz    taqdirida 

muhim ahamiyat kasb etgan tarixiy voqea-hodisalar,  joy nomlarining kelib chiqish 

tarixi haqidagi ma‟lumotlar folklorning epik janrlaridan biri bo„lmish rivoyatlarda 

o„z aksini topgan. 

Rivoyatlar - xalqning o`zi haqidagi badiiy xotirasi bo„lib, folklorshunoslikka 

oid  keng  qamrovli  janrlardan  biri  hisoblanadi.  Rivoyat  janri  xalqimizning  

ma‟naviy  dunyoqarashi,  voqelikni  badiiy  estetik  anglashi  va  uni  poetic  tafakkur 

vositasida  badiiy  ifoda  etish  an‟anasining  ming  yillar  davomida  uzluksiz 

rivojlanishi natijasida vujudga kelgan.  Folklorshunos olim K.Imomov rivoyat janri 

xususida: “Rivoyat – muayyan fakt, tarixan ishonchli voqealarni  hikoya qiluvchi 

alohida  janr.  Uning  epik  voqealari  mukammal,  tugallangan.  Biroq,  kompozitsiya, 

stilistik  formulalar  barqaror,  qat‟iy  o„zgarmas  xususiyatga  ega  emas.  Ular  real, 

ob‟ektiv  narsa,  hodisalarni  kelib  chiqish  sababini  bayon  etadi”

1

  -  degan  fikrlarni 



bildiradi.  Darhaqiqat,  rivoyat  tarix  haqida  xabar  beruvchi  eng  asosiy  adabiy 

manbadir.    Rivoyatlarda  tarixiy  voqealar,  tarixiy  shaxs  obrazlari  ideallashtirilgan 

bo„lib,  tinglovchida  ishonch  uyg‟ota  olish  xarakteriga  ega  bo„ladi.    Rivoyatlar 

poetic  shakl  hamda  funksiyalari  bilan  afsonalarga  juda  yaqin  turuvchi    epik  

                                                           

1

 Imomov K.  O‟zbek xalq prozasi. Toshkent: Fan, 2008.  75-bet.



 


10 

 

janrlardan  biridir.  Ularda  xalq  hayoti  va  uzoq  o„tmishda  yuz  bergan  voqealar, 



qachonlardir  yashab  o„tgan  shaxslar  faoliyati  haqida  hikoya  qilinadi.  Garchi, 

voqealar  rivoyatda  tasvirlanganidek  shaklda yuz bermagan bo„lsa-da, ular u yoki 

bu  darajada  real  hayotda  yuz  bergan  voqealardan    iborat

1

.  Yuqoridagi  fikrlardan 



kelib chiqib rivoyat va afsona o„rtasidagi bir qancha farqlarni ajratib o„tish lozim. 

Afsona  forscha  so„z  bo„lib,  hayoliyot,  sehr-jodu  degan  ma‟nolarni  anglatadi. 

Afsonalar  hayotiy  haqiqatni  uydirma  va  karomatlarga  bog‟lab  mo„jizakor 

mazmunni  aks  ettiruvchi  kichik  hajmdagi  nasriy  hikoyalar  hisoblanadi.Aslida 

afsona  janri  rivoyat  janrining  vujudga  kelishida  asosiy  manba  vazifasini  o„tagan. 

Shundan kelib chiqib aytadigan bo„lsak, afsona janri rivoyat janridan bir muncha 

ilgari vujudga kelib, unda inson aqli bovar qilmaydigan noreal  hodisalar mo„jiza 

yordamida  hal  etilishi,  ko„proq  xayoliy  uydirma  asosida    yaratilishi  bilan 

farqlanadi.  Demak,  voqelikni  xayoliy  uydirma  asosida  tasvirlash,  g‟ayritabiiylik, 

mifologik  tasavvurlar  bilan  aloqadorlik  va  fantastikaning  ustuvorligi  afsona 

janrining  yetakchi  belgilaridan  biridir.    Shuningdek,  folklorshunos  olim 

K.Imomovning    yozishicha:  “Afsona  to„qima  voqea,  tarixiy  shaxs  va  hodisalarni 

uydirma qobig‟ida hikoya qiluvchi xalq nasri janridir”

2

.    Rivoyatlarda  esa  tarixiy 



hodisalar,  tarixiy  haqiqatlar  ifodalanishi  bilan  bir  qatorda  ta‟lim-tarbiyaviy 

jihatlarga  ham  alohida  e‟tibor  qaratiladi.  O„zbek  xalq  nasrining  yana  bir 

tadqiqotchisi  U.Jumanazarov  tadqiqotlarida  afsona  va  rivoyatlarning  o„xshash  va 

farqli  tomonlari,  rivoyat  va  afsonalarning  tasnifi,    janr  xususiyatlari,  rivoyat  va 

diniy  qarashlar    masalasi  keng  ko„lamda  o„rganilgan

3

.  Afsona  va  rivoyatlarda 



tarixiy  shaxs  va  voqealar  bilan  bir  qatorda,  odamlar  hayolida  yaratilgan 

qahramonlar  haqida,    jangu  jadallar  va  bunyodkorlik  to„g‟risida,  shu  jarayonda 

ayrim  kishilar  tomonidan  namoyish  etilgan  oliy  fazilatlar  xususida  ma‟lumot 

beriladi


4

.  Bundan  xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  afsonalarda  xayoliy  uydirma 

                                                           

1

 O‟zbek folklori ocherklari. 1-tom. Toshkent: Fan,  1988, 72-73-betlar



 

2

  Imomov K. O‟zbek xalq prozasi. Toshkent: Fan , 2008, 17-bet.



 

3

 Jumanazarov U. Jasorat va sadoqat talqini. Toshkent: Adabiyot va san‟at nashriyoti, 1989, 13-16 betlar.



 

4

 Omon Suvonov. Xalq qo‟shiqlari, afsona va rivoyatlar. Tarbiya jurnali, 2013 y. 1-son. 9-bet.



 


11 

 

yetakchilik  qilsa,  rivoyatlar  hayotiy  uydirma  asosida  yaratilib,  og‟izdan-og‟izga 



o„tib,  jonli an‟anada saqlanib kelinadi.  

Shuningdek,  olim  K.Imomov  ham  afsona  va  rivoyat  janri  o„rtasidagi 

xususiyatlarni    o„zining  “O„zbek  xalq  nasri  poetikasi”  nomli  kitobida  taqqoslab 

o„tadi.  Afsona  va  rivoyat  janrining  xususiy  xossalariga  ko„ra  farqlari 

quyidagilardan iborat: 

Birinchidan, afsonada tasvirlash xayoliy  uydirmalarga asoslanadi. Bu belgi 

real  voqea  va  hodisalarni  g‟ayritabiiy  shakllarda  ifoda  etishni  ta‟minlaydi. 

Fantastika  mazkur  janrda  hal  qiluvchi  rol  o„ynaydi.  Syujet    voqealariga  asos 

bo„lgan tarixiy haqiqat ana shu uydirmalar soyasida qolib ketadi. 

Rivoyatlardagi  voqea  va  hodisalarni  tasvirlash  hayotiy  uydirmalarga 

asoslanadi.  Janr  voqealari  real  voqelikni  aynan  bayon  qilib,  tinglovchiga  tabiiy 

holda,  hayotiy  shakllarda  yetkazar  ekan,  ma‟lum  bir  davr  nuqtai  nazaridan  kelib 

chiqib baholashni ta‟minlagan.  

Ikkinchidan,  afsona  voqealari  asosan  tinglovchiga    diniy  ta‟sir  ko„rsatishga 

qaratilgan.  Rivoyat  esa  haqiqatni  yoritish,  ma‟rifiy  ta‟sir  ko„rsatishga 

yo„naltirilgan.  

Uchinchidan, afsonalarda voqea va hodisalar  ko„proq xayoliy joy, yer usti, 

yer  osti  yoki  osmonda,    tog‟  orasida  sodir  bo„lsa,  rivoyatlarda  esa  aniq  makon, 

shahar, qishloqda yuz beradi. 

To„rtinchidan,  ko„pchilik  afsona  syujetlarining  xotima  qismlari  etiologic 

xarakterda bo„lsa, rivoyat syujetlari bu xususiyatga ega emas.  

Beshinchidan,  afsona  janri  asosan  mifologik  hodisa,  diniy  e‟tiqod, 

payg‟ambarlar  haqida,  rivoyat  esa  ijtimoiy  hayotda  yuz  bergan  tarixiy  voqea, 

allomalar, davlat arboblari, geografik o„rin-joy, urug‟-aymoqlarning paydo bo„lish, 

nomlanish tarixi haqida hikoya qiladilar.  



12 

 

Oltinchidan,  afsonalarda  dastlab  yuz  bergan  tarixiy    voqealarga  aniqlik 



kiritgan  tafsillar  tushib  qolgan  bo„lsa,  rivoyatlarda,  aksincha,  hatto  haqiqat  bilan 

bog‟liq ayrim detallar aynan  saqlanadi.  

Yettinchidan,  afsonada  tavsiflangan  tarixiy  shaxs,  payg‟ambar  va  ilohlar 

g‟ayritabiiy  xususiyati  bilan,  yaratuvchi  homiy  qiyofasida  namoyon  bo„ladilar.  

Rivoyat  qahramonlari  bunday  xususiyatga  ega  emas,  aksincha,  ular  dono, 

tadbirkor, adolatparvar sifatida faoliyat ko„rsatadilar. 

Sakkizinchidan,  afsona  konflikti  ko„proq  diniy-maishiy  ma‟no  anglatsa, 

rivoyatlarda u ijtimoiy-siyosiy ma‟no kasb etadi. 

To„qqizinchidan,  afsonalarda  yuz  bergan  to„qnashuvlar  yechimi  tangri 

mo„jizasi,  marhamati  bilan  bog‟lanadi.  Rivoyat  janrida  paydo  bo„lgan  ziddiyat 

yechimi  tarixiy  shaxsning  aqliy  tortishuvi,  jismoniy  munosabatlari  zamirida 

kechadi


1

.  


Rivoyat  janriga  mansub  asarlar  uni aytuvchidan muayyan ijrochilik san‟ati 

va  ma‟lum  tayyorgarlikni talab qilmaydi. Rivoyatlar roviylar tomonidan hikoya 

qilinib, avloddan-avlodda yetkazilgan. Roviylar ko„proq tarixiy shaxslar va tarixiy 

voqealar bilan bog‟liq rivoyatlarni hikoya qilib tarixiy haqiqatni aks ettirishda o„z 

hissalarini  qo„shganlar.  “Roviy”  so„zi  tarixiy  haqiqatga    asoslangan    holda    o„zi  

shaxsan  ko„rgan, bilgan voqealarini hikoya qiluvchi ma‟nosini anglatadi. Shuning 

uchun  rivoyat  tashiydigan  ma‟lumot  real  tushuncha  deb  qaraladi. 

Folklorshunoslikning  epik  janrlari  silsilasida  alohida  o„rinni  egallaydigan 

rivoyatlarda  xalqimizning  qadimiy  epik  an‟analari,  voqelikni  badiiy  aks  ettirish 

borasidagi  ko„p  asrlik  ijodiy  tajribalari    hamda    tarixiy    taraqqiyotimizning  turli 

bosqichlariga  doir  muhim  ma‟lumotlar  o„z  ifodasini  topgan.  Bunday    folklor  

asarlari  u  yoki  bu  tarixiy  hodisani yodga olish,  ta‟riflash  yoki  biror  tarixiy 

shaxs haqida ma‟lumot berish zarurati tug‟ilgan paytda hikoya qilinaveradi. Bu esa 

                                                           

1

 Imomov K. O‟zbek xalq nasri poetikasi. Toshkent:  Fan, 2008 y, 11-12 betlar.



 


13 

 

rivoyat  janrining  o„ziga  xos  xususiyatlaridan  birini  tashkil  qiladi



1

.    Folklorning  

muhim    janrlaridan    bo„lgan  rivoyatlar  tarixiy  o„tmishda  sodir    bo„lgan  real  

voqealar    yoki    real  shaxslar  bilan  bog‟liq    jihatlarning    turli    badiiy  shaklda 

hikoyalanishidir.  Rivoyatlar  kompozitsion  jihatdan  sodda  syujet  tuzilishiga  ega. 

Rivoyatlarning  yaratilishi    va  ommalashishi  real  hayotiy  voqelik,  ya‟ni  tarixiy 

haqiqatni  epik  bayon  qilish  an‟anasi  bilan  chambarchas    bog‟liq  bo„lgan    ijodiy 

jarayondir. U yoki bu tarixiy shaxs hayoti yoki biror joy tarixi yoritilayotgan fakt 

asosiga    qurilgan  rivoyat  hikoya  qilinayotganda    tarixiy  haqiqatni tashish birinchi 

o„rinda  turadi.  Chunki,  “rivoyatning  tarixiy  faktga  munosabati  real  voqelikni 

ta‟kidlash,  eslash, qayta  sharhlashdan, nihoyat,  bilishga intilish  maqsadidan  kelib 

chiqadi”


2

. Darhaqiqat, rivoyat janri asosan tarixiy o„tmishda bo„lib o„tgan voqea-

hodisalar haqidagi faktik materiallar va og‟zaki hikoyalar asosida paydo bo„lishi, 

voqelik  talqinining    zamonaviy  ifodasi  o„tmish  voqealariga  asoslanishi,  real 

shaxslar obrazi ko„p tasvirlanishi va boshqa belgilariga ko„ra tarixiylik kasb etadi. 

Rivoyatlarning  ko„plari  hali  odamlar  o„qishni  va  yozishni  bilmagan 

davrlarda  paydo  bo„lgan.  Shundan  kelib  chiqib  aytadigan  bo„lsak,  ularning 

o„tmishi  bir  necha  ming  yilliklarga  borib  taqaladi.  Bu  bilan  hamma  rivoyatlar 

qadimgi davr mahsuli degan fikrni keltirib chiqarish noto„g‟ri. Rivoyatlar davrlar 

o„tishi bilan, zamonlar almashinishi bilan ham yangilanib turadi. Har bir davrning 

tarixiy  shaxslari,  tarixiy  voqealari,  joy  nomlari,  yoki  o„sha  davr  ko„ylarining 

yaratilishi  haqida  rivoyatlar  yaratilib,  ular  og‟izdan  og‟izga  o„tib,  yosh  avlodni 

tarbiyalashda samarali qo„llanilib kelingan.   

O„zbek  xalq  rivoyatlari  voqelikni  ifodalash  xususiyatlari  va  mavzu 

yo„nalishiga  ko„ra  ikki  katta  guruhga  bo„linadi.  Ulardan  biri    muayyan  joy 

nomining  yuzaga  kelish  sabablarini  tushuntirish,  izohlash  maqsadida  hikoya 

qilingan  toponimik  rivoyatlar  bo„lsa,  ikkinchi  turi  tarixiy  va  o„tmishda  bo„lib 

o„tgan real voqea-hodisalar asosiga qurilgan rivoyatlardir.  

                                                           

1

 Jumayev Z. O‟zbek xalq tarixiy rivoyatlari. F.f.n. dissertasiyasi. Toshkent 2005. 38-bet.



 

2

 Imomov K. O‟zbek xalq prozasi janrlarining tarixiylik prinsiplari // O‟zbek tili va adabiyoti, 1984, №5. – 34-



38betlar




14 

 

Folklorshunos  olim  B.Sarimsoqov  rivoyatlarni  mavzuiga  ko„ra  tasnif  qilar 



ekan,    uni  asosan  uch  guruhga  bo„ladi:  a)  toponimik,  gidronimik  rivoyatlar;  b) 

etnonimik rivoyatlar;  v) tarixiy rivoyatlar

1



Hayotiy  voqelikni  real  aks  ettirish,  obrazlar  tarkibining  tarixiy  shaxs  yoki  



real  epik talqinga ega bo„lgan uydirma personajlardan tashkil  topishi, syujetning 

ixcham  va  sodda  tuzilishga  ega  bo„lishi,  tinglovchiga  axborot  berish  vazifasini 

bajarishi,  ma‟lum  bir  syujetning  turli  xil    variantlar  tarzda  ommalashishi,  hikoya 

qilinayotgan vaqtga nisbatan o„tmishda ro„y bergan voqelik  epik bayon qilinishi  

kabi  bu ikki tip rivoyatlar o„zaro mushtaraklik kasb etadi. Shu bilan birga bu ikki 

tip rivoyatlar  muayyan epik xususiyatlari voqelikni aks ettirish tarzi  va maqsadiga 

ko„ra bir-biridan farqlanadigan jihatlarga ham ega. Toponimik rivoyatlarda u yoki 

bu  joy  nomining  ma‟nosi,  toponimning  kelib  chiqishi,  makonning  jo„g‟rofik 

tuzilishi, o„rin-joy atamalarining  mohiyati  haqidagi  xalq epik talqinlari xususida 

so„z  yuritiladi.    Bunday  rivoyatlarning  yaratilishi  va  aytilishidan  asosiy  maqsad 

ma‟lum bir joy nomining paydo bo„lishiga asos bo„lgan  hayotiy voqelikni bayon 

qilishdir. Tarixiy rivoyatlarda xalqning ozodligi uchun jonini fido qilib kurashgan 

mardu  maydon  farzandlar  jasorati  yoki  o„zining  manfaati  yo„lida  butun 

yurtdoshlarini dushman qo„liga tutib bergan xoinlarning xiyonati hikoya qilinadi. 

Bu  bilan  xalq  mardning    jasorati  ham,  xoinning  xiyonati  ham  unutilmasligini 

ta'kidlgandek bo„ladi.  Bu shaxslar o„z vatanlarini ichki va tashqi dushmanlardan 

himoya qilishda biz uchun haqiqiy ibrat bo„la oladilar.  Rivoyatlarni yaratishdan, 

avlodlarga  meros  qilib    qoldirishdan  nazarda  tutilgan  maqsad  ham  shunday  niyat 

bilan belgilanadi.  

Ijodkor  xalqimizning  uzoq  tarixiy  turmush  tajribalarini  ifodalagan  rivoyat, 

afsona va miflarda ajdodlarimizning dunyoqarashi, tabiat va jamiyatga munosabati, 

rang-barang  hayoti  va  kechinmalari  o„z  aksini  topgan.  Rivoyatlar  syujeti    va 

mifologik  ramzlardan  ijodiy  foydalangan  holda  badiiy  asar  yaratish  tajribasi 

adabiyotning  ilk  kurtaklaridan  ko„zga  tashlanadi.  Narshaxiyning  “Buxoro  tarixi”,  

                                                           

1

 Imomov K. O‟zbek xalq nasri poetikasi. Toshkent:  Fan, 2008, 80- bet 




15 

 

Mahmud  Qoshg‟ariyning  “Devonu  lug‟otit  turk”,  Nosiruddin  Rabg‟uziyning 



“Qissasi  Rabg‟uziy”,  Alisher  Navoiyning  “Tarixi  anbiyo  va  hukamo”, 

Kaykovusning  “Qobusnoma”,  Ahmad  Yassaviyning  “Hikmatlar”,  Husayn  Voiz 

Koshifiyning “Axloqiy Muhsiniy”, Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud 

axloq”  asarlaridagi  rivoyatlar  fikrimiz  dalilidir.  Ana  shu  manbalarga  suyangan 

holda  rivoyatlarning  ildizi  juda  qadim  zamonlarga  borib  taqalishini  aytishimiz 

mumkin.   

Hozirgi  adabiy  jarayonda  ham  folklor    an‟analariga  qiziqish,  uning  keng 

badiiy  imkoniyatlaridan  ijodiy  foydalanish  zarracha  susaygan  emas.  Aksincha, 

hozirgi adabiy jarayonda folklor an‟analarining umrboqiy imkoniyatlaridan, go„zal 

badiiy  usul va  vositalaridan ijodkorlar unumli  foydalanishga harakat qilmoqdalar. 

Mana  shu  tomondan  kelib  chiqib,  adabiyotshunoslar  turli  milliy  adabiyot 

vakillarining folklorga keng murojaat etishlarini hozirgi adabiyotni rivojlantiruvchi 

yetakchi tamoyillardan biri sifatida baholamoqdalar

1



     Ijodkor folklor an‟analariga o„zining g‟oyaviy niyati va maqsadiga qarab 

turlicha  munosabatda  bo„ladi.  Chunki  u  bir  o„rinda  folklor  materialini  shaklan 

o„zgartirmay  aynan  qo„llasa,  boshqa  bir  o„rinda  uni  shu  darajada  qayta  ishlab, 

asarning  ruhiga  shu  darajada  singdirib  yuboradiki,  ko„p  hollarda,  bunday 

folklorizmni alohidalab olish ham mumkin bo„lmay qoladi.  

O„zbek  adabiyotini  olib  qaraymizmi,  yoki  jahon  adabiyotiga  nazar 

solamizmi,  xalq   og‟zaki  ijodi   bilan sug‟orilgan  asarlar  falsafiy  mushohadalarga 

boyligi bilan, badiiy estetik mohiyati bilan kitobxonni ichki qalb tug‟yoniga ta‟sir 

etmasdan qolmaydi.  Zero, “folklor  a‟nanalari va elementlarini san‟atkor o„z ijodiy 

labaratoriyasida  qay  darajada  ishlab,  xalq  uchun  ahamiyatli,  xalqchil  asarlar 

yaratib,  kishilarni  ezgu  insoniy  tuyg‟ular  bilan  tarbiyalashga  xissa  qo„shishini 

ko„rsatib  berish  –  adabiyot  va  folklor  aloqalarini  o„rganishning  asosini  tashkil 

etmog‟i lozim ”

2

.                      



                                                           

1

 



www.adabiyot.uz

 

 



2

 Hakimov M. Alisher Navoiy lirikasi va xalq og‟zaki ijodi. Toshkent: Fan, 1979. – B.8

 



16 

 

Bugungi  kunda  umumjahon  adabiyotida  xalq  og‟zaki  ijodi  janri  bilan 



boyitilgan  asarlar  ko„plab  yaratilgani  barchamizga  ayon.  Jahon  adabiyotida  bu 

ana‟anaga  G.Markes,  A.V.L‟esa,  Yu.  Ritxeu  qo„l  o„rgan  bo„lsalar,  bu  an‟anani 

hozirgi  o„zbek  adabiyotida  O„.Umarbekov,  O„Hoshimov,  X.To„xtaboyev, 

O.Yoqubov, B. Boyqobilov, A.Muxtor singari yozuvchilarimiz prozada, A.Oripov, 

E.Vohidov,    Omon  Matjon,  Usmon  Azim,  Ramz  Bobojon  singari  shoirlar 

poeziyada shakllantirib, rivoyatlar bilan boyitilgan  barkamol asarlar yaratganlar. 

Yozuvchi  asar  yaratishda  uning  kompozitsiyasiga  maqol,  matal,  rivoyat, 

afsona  va  mif    kabi    folklor    janrlarini  syujet    to„qimasiga  mahorat  bilan 

joylashtirar  ekan,  u  albatta  syujet  va  kompozitsion  to„qimadagi  mantiqni  ham 

e‟tiborga  olishi,  rivoyat  va  syujet  orasidagi  mutanosiblikni  saqlashga  harakat 

qilishi, adabiy qonun mezonlaridan chetga chiqib ketmasligi lozim.  

Asar  kompozitsion  qurilmasidan  joy  olgan  afsona    va  rivoyatlar 

yozuvchining  ijtimoiy-axloqiy  va  g‟oyaviy  estetik  qarashlarini    ifodalash 

vositasiga  aylansalarda,  asrlar  bo„yi  xalq  orasidagi  falsafiy  qarashlarining  badiiy 

talqini sifatida an‟anaviylashgan  bu tafakkur durdonalari syujet elementlarini bir-

biriga  bog‟lovchi  muhim  kompozitsion  tugun  vazifasini  ham  bajaradi. 

L.I.Emelyanov  bu  xususda:  “Yozuvchining  folklorga  munosabati  xuddi 

energiyaning aylanish qonuniyati  kabi bir hol yuz  berganday  tuyuladi: folklorni 

energiyaning  turlaridan  biri  sifatida  o„zlashtirib,  uni  shu  energiyaning  ko„plab 

jihatdan  farq  qiladigan  shunday  shakllariga  kiritadiki,  bular  o„sha  dastlabki 

shakllarning    o„ziga  xos  belgilari  yo„qolib  ketadi,  shunga  qaramasdan  ular  ham 

kelib chiqishi nuqtai nazardan o„sha birlamchi badiiy shakllarga daxldordir”

1



Asar  kompozitsiyasida  afsona  va  rivoyatlarning  keltirilishida  ikki  xil  holat 



ko„zga tashlanadi:  

 Ayrim  asarlar  bevosita  afsona  va  rivoyat    teksti  syujetini  ijodiy  qayta 

ishlash  asosida  yaratiladi.  Bu  an‟ana  yozma  adabiyotda  keng  tarqalgan  bo„lib, 

nisbatan  kechroq  shakllangan  milliy  adabiyotlarda,  xususan    Sibir  va  Uzoq 

Sharqda yashovchi elatlar adabiyotida mavjuddir.  

                                                           




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling